1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARINI XUSUSIYLAShTIRISh BYuROSINING FAOLIYATINI TO‘XTATISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasini amalga oshirish Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan kelishuv bo‘yicha 2004-yil 31-martda tugallanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi huzuridagi Banklarni xususiylashtirish byurosini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Banklarni xususiylashtirish byurosini tugatishga doir zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
2. Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish bo‘yicha davlat tender komissiyasi tugatilsin, uning funksiyalari Davlat mulkini sotishda tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasiga yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 19-fevraldagi 82-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish bo‘yicha davlat tender komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 3-maydagi 205-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-sentabr,
433-son
(O‘zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 93-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)