

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;21.09.2004
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-324461" id="onLBC-324461">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18906"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6648"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;</span></div><div id="LBC6690"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-324461" id="onLS-324461">[<b>TSZ:</b><div id="LS3726"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;</span></div><div id="LS3750"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;</span></div><div id="LS3751"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-324463" id="-324463">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-324464" id="-324464">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-324465" id="-324465">BANKLAR AKSIYALARINING DAVLATGA TEGIShLI PAKETLARINI POTENSIAL INVESTORLARGA SOTISh BOʻYIChA DAVLAT TENDER KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-566678" id="-566678">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-sentabrdagi 433-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-564278?ONDATE=21.09.2004 00#-564386">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-324467" id="-324467"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324468" id="-324468">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 19-fevraldagi 82-son <a href="/mact/-388726">qaroriga</a> muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324469" id="-324469">1. Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-324461?ONDATE=03.05.2001 00#-324475">nizom</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324470" id="-324470">2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-324471" id="-324471">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-324472" id="-324472">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-324473" id="-324473">2001-yil 3-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-324474" id="-324474">205-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-324475" id="-324475"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-324476" id="-324476">Vazirlar Mahkamasining<br />2001-yil 3-maydagi 205-son <a href="/mact/-324461?ONDATE=03.05.2001 00#-324463">qaroriga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-324477" id="-324477">Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-324478" id="-324478">NI3OM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-324479" id="-324479"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-324480" id="-324480">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324481" id="-324481">1. Ushbu Nizom banklarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish masalalarini hal qilishda asoslanganlikni va tezkorlikni oshirish hamda xorijiy sarmoyani jalb etishni faollashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324482" id="-324482">2. Nizom Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi)ning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324483" id="-324483">3. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xususiylashtirilayotgan banklar tomonidan bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324484" id="-324484">4. Savdolar Komissiya tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-324485" id="-324485">II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324486" id="-324486">5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324487" id="-324487">vakolatli davlat organlari va xususiylashtirilayotgan banklarning, shuningdek jalb etilgan texnik moliyaviy va boshqa konsultantlarning aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini (keyingi oʻrinlarda tender obyekti deb ataladi) sotishdan oldin tayyorlash va potensial investorlarga sotish masalalari boʻyicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324488" id="-324488">texnik moliyaviy va boshqa konsultantlarni tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun jalb etish shartlarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324489" id="-324489">talabgorlarning tender obyektini sotib olish boʻyicha eng foydali takliflarini ekspertizadan oʻtkazish va tanlab olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324490" id="-324490">baholashning oshkoraligi, obyektivligi va talablarning yagonaligi asosida tender (qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlari yaratish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324491" id="-324491">6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324492" id="-324492">tender hujjatlarini, toʻlovlar tartibini, tender obyektining sotilish bahosini, tenderni oʻtkazish usullarini, tenderda qatnashish uchun garov va toʻlov miqdorini, takliflarni baholash tartibini koʻrib chiqish va tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324493" id="-324493">potensial investorlarni va tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun jalb etiladigan moliyaviy konsultantlar (ekspertlar)ni tanlash shartlari va mezonlarini belgilash hamda ularning roʻyxatini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324494" id="-324494">tushgan tender takliflarini ochish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324495" id="-324495">baholash guruhining tushgan tender takliflari boʻyicha xulosalarini koʻrib chiqish va tender gʻoliblarini aniqlash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-324496" id="-324496">III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324497" id="-324497">7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324498" id="-324498">oʻzining ish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324499" id="-324499">tender qatnashchilarini malakali tanlash va tender takliflarini baholash uchun baholash guruhlari tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324500" id="-324500">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tender obyektining boshlangʻich bahosini talab konʼyunkturasiga koʻra va aniq portfelli va strategik investorlar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzgartirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324501" id="-324501">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga potensial investorlarga sotiladigan davlat ulushi miqdorini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324502" id="-324502">tenderni tayyorlash va oʻtkazish uchun tanlov asosida ekspertlarni taklif etish, ularning faoliyatiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining moliya sektorini institutsional rivojlantirishga bergan qarz mablagʻlari, banklarni xususiylashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun boshqa qarzlar va grantlar, shuningdek banklarni xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar hisobidan haq toʻlash, keyinchalik xarajatlarni tender obyektini sotishdan tushgan mablagʻ hisobidan qoplash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324503" id="-324503">davlat boshqaruvi organlaridan, joylardagi davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek xususiylashtirilayotgan banklardan oʻziga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324504" id="-324504">8. Komissiya quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324505" id="-324505">tenderlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va banklarni xususiylashtirish uchun qarz beradigan xalqaro moliya tashkilotlari tartibotlariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324506" id="-324506">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tender obyektlarini sotishni tashkil etish boʻyicha qarorlarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324507" id="-324507">tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun jalb etiladigan ekspertlarni, shuningdeq tender obyektini sotib olishga potensial investorlarni tanlash boʻyicha tenderlarning samarali oʻtkazilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324508" id="-324508">Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlar oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-324509" id="-324509">IV. Komissiya ishini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324510" id="-324510">9. Tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga <a href="/mact/-563515#-618759">3-ilova </a>bilan belgilangan tartibda mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324511" id="-324511">10. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab uning aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirokida vaqti-vaqti bilan oʻtkaziladi. Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib hisoblangan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324512" id="-324512">Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini ifodalashga haqlidirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324513" id="-324513">11. Komissiya potensial investorni tanlash boʻyicha oʻtkazilgan tender natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qilish uchun takliflar kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324514" id="-324514">12. Tender takliflarini koʻrib chiqish va baholashning borishi toʻgʻrisidagi axborot baholash tartibotiga rasman aloqasi boʻlmagan shaxslarga maʼlum qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324515" id="-324515">Komissiya aʼzolari koʻrsatib oʻtilgan axborot oshkor qilinganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324516" id="-324516">13. Tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek tender asosida ekspertlarni tanlash xarajatlari hamda ularga mukofotlar toʻlash:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324517" id="-324517">xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirishga bergan qarzi boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324518" id="-324518">Jahon bankining boshqa qarzlari va grantlardan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324519" id="-324519">tender obyektini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324520" id="-324520">14. Tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun tender asosida ekspertlar taklif etilgan taqdirda, Komissiya Banklarni xususiylashtirish byurosi va ekspert oʻrtasida tuziladigan shartnoma loyihasini koʻrib chiqadi, quyidagilar shartnoma loyihasining asosiy mazmuni hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324521" id="-324521">texnik topshiriq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324522" id="-324522">mukofotlash summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324523" id="-324523">tomonlarning majburiyatlari va shartnomaning amal qilishini toʻxtatish shartlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324524" id="-324524">Shartnoma Komissiya tomonidan maʼqullangandan keyin tuzilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-324525" id="-324525">V. Baholovchi guruh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324526" id="-324526">15. Baholovchi guruhlar alohida banklar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosining masʼul xodimlari, xususiylashtirilayotgan banklar vakillari, shuningdeq zaruriyat boʻlganda mustaqil ekspertlar, shu jumladan xorijiy ekspertlar tarkibida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324527" id="-324527">Baholovchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Baholovchi guruh ish rejasi baholovchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324528" id="-324528">16. Quyidagilar baholovchi guruhning asosiy funksiyalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324529" id="-324529">tender takliflarini olish uchun moliyaviy maslahatchilar (ekspertlar)ning va potensial investorlarning dastlabki roʻyxatini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324530" id="-324530">tender takliflarining tender hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324531" id="-324531">ekspert baholash va tushgan tender takliflari boʻyicha xulosalar tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324532" id="-324532">17. Baholovchi guruh rahbari tender obyektini sotishdan oldin tayyorlash uchun jalb qilinadigan ekspertlarning, shuningdek tender obyektini sotib olishga potensial investorlarning takliflarini koʻrib chiqishda tender komissiyasi majlislarida qatnashishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324533" id="-324533">18. Baholovchi guruhlar majlislari qarorlari majlisda qatnashgan baholovchi guruh barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va baholovchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324534" id="-324534">Qaror guruhning majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda rahbarning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-324535" id="-324535">VI. Komissiyaning ishchi organi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324536" id="-324536">19. Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosi Komissiyaning tender savdolari tayyorlanishi va oʻtkazilishini (tender hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish, shuningdek ularni tarqatish, reklama ishi, ish yuritish va Komissiya hujjatlarini rasmiylashtirish) amalda tashkil etuvchi ishchi organi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324537" id="-324537">20. Komissiyaning ishchi organi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324538" id="-324538">a) Komissiyaga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324539" id="-324539">texnikaviy, moliyaviy va boshqa xil maslahatchilarni, shuningdek potensial investorlarni taklif etish yuzasidan, ularning tender obyektini sotish oldidan tayyorlashda va sotib olishda qatnashishlari shartlari boʻyicha taklif kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324540" id="-324540">tender savdolarini tayyorlash va oʻtkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, gʻolibni tanlash mezonlari, savdolarni oʻtkazish usuli, toʻlovlar tartibi va shartlari yuzasidan takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324541" id="-324541">b) tender oʻtkazilishi munosabati bilan ayrim masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish maqsadida tender oldidan muzokaralar va konferensiyalar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324542" id="-324542">v) davlat boshqaruvi organlaridan, joylardagi davlat hokimiyati organlaridan, shuningdeq xususiylashtirilayotgan banklardan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324543" id="-324543">g) ommaviy axborot vositalarida tender savdolari oʻtkazish va ularning yakunlari toʻgʻrisida eʼlonlar berish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324544" id="-324544">21. Komissiyaning ishchi organi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324545" id="-324545">Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324546" id="-324546">tender obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash, tartibga solish va qayta ishlashni amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324547" id="-324547">bevosita yoxud tender obyektini sotish oldidan tayyorlash uchun jalb qilingan ekspertlar bilan birgalikda Komissiya tasdiqlashi uchun kiritiladigan texnik topshiriq, kontrakt va boshqa tender hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish hamda rasmiylashtirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324548" id="-324548">ekspertlarga va potensial investorlarga tender va tender obyekti toʻgʻrisidagi umumiy majburiy axborotlar, shuningdek ularning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha axborotlar oʻz vaqtida tarqatilishini taʼminlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324549" id="-324549">tenderlar oʻtkazish yuzasidan reklama-maʼrifiy ishlarni tashkil etishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324550" id="-324550">Komissiya majlislarini chaqirishning barcha tashkiliy masalalarini hal etishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-324551" id="-324551">Komissiya ish hujjatlarini aniq va toʻliq yuritishga, Komissiya xat-xabarlari hisobini olib borish va tasniflashga, Komissiyaning barcha majlislari protokollarini oʻz vaqtida va toʻliq rasmiylashtirishga majburdir.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-324466" id="-324466">(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 9-son, 46-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
