1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
“Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi chegarasini belgilash va tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-maydagi PQ-5128-son qaroriga muvofiq “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi chegarasini belgilash va tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-maydagi PQ-5128-son qaroriga muvofiq Andijon viloyati, Andijon tumanida “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi hamda Andijon viloyati hokimligi muassisligida “Andijon sanoat xabi” MChJ tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” (keyingi oʻrinlarda — Sanoat xabi) maxsus sanoat zonasini boshqarish “Andijon sanoat xabi” MChJga yuklansin.
3. Quyidagilar:
“Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi chegarasining tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
“Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashning manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
a) tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini qurish ishlari uchun talab etiladigan mablagʻlar “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan;
Sanoat xabi maxsus sanoat zonasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash uchun joriy yilda talab etiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PQ-5101-son qarori bilan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish loyihalarini infratuzilma bilan taʼminlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltiriladi;
b) elektr qurilmalari va tarmoqlarini qurish ishlariga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Andijon hududiy filiali tomonidan tegishli litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega tizim tashkilotlari jalb qilinadi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-sentabr,
582-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 582-son qaroriga 1-ILOVA
“Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi chegarasining tavsifi
Chegara chizigʻining boshlangʻich 1-nuqtasidan (40°42'59.20''S, 72°18'11.16''V) chap tomoni Andijon-Asaka yoʻnalishidagi katta avtomobil yoʻli, oʻng tomonida “logistika markazi” uchun ajratilgan yer maydonida joylashgan.
1-nuqtadan (40°42'59.20''S, 72°18'11.16''V) chegara chizigʻi Andijon-Asaka yoʻnalishidagi avtomobil yoʻli yoʻnalishida 2320 metr masofada 2-nuqtasiga qadar choʻzilgan.
2-nuqtadan (40°41'51.63''S, 72°17'17.31''V) chegara chizigʻi fermer xoʻjaligi yerlari va “Axtachi sanoat” kichik sanoat xonasi hududidan 3800 metr masofada 3-nuqtasiga qadar choʻzilgan.
3-nuqtadan (40°42'39.71''S, 72°17'18.76''V) chegara chizigʻi 1200 metr masofada “Axtachi sanoat” kichik sanoat zonasi hududi va temir yoʻli 4-nuqtasiga qadar choʻzilgan.
4-nuqtadan (40°43'10.73''S, 72°17'41.33''V) chegara chizigʻi 763 metr masofada “logistika markazi” uchun ajratilgan yer maydoniga qadar qizil chiziq bilan belgilangan 1-nuqtasiga qadar choʻzilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 582-son qaroriga 2-ILOVA
“Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashning
Elektr energiyasi 25 MVt kichik stansiya qurish va tarmoq tortish
dona
1
80 000
2021-yil dekabr
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashqi infratuzilma tarmoqlarini qurish ishlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Andijon viloyati hokimligi
km
28
2.
Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish
km
5,5
2 200
2021-yil dekabr
“Oʻztransgaz” AJ,
“Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari
“Oʻztransgaz” AJ,
“Hududgaztaʼminot” AJ
3.
Ichimlik suv inshootini qurish va tarmoqlarini tortish
dona
1
11 000
2022-yil dekabr
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Andijon viloyati hokimligi
km
2,0
4.
Oqova suv inshootini qurish va tarmoqlarini tortish
dona
1
7 000
2022-yil dekabr
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Andijon viloyati hokimligi
km
12,0
5.
Aloqa tarmoqlarini qurish
km
6,5
200
2021-yil dekabr
“Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari
“Oʻzbektelekom” AK
* Loyiha qiymati va qurilish-taʼmirlash ishlari hajmiga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng aniqlik kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/582/0890-son)