1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKSIYALAR PAKETLARINI JOYLAShTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA DAVLAT MULKI NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI BOShQARIShDA AKSIYADORLAR ROLINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmonini bajarish yuzasidan, mulkning davlat ulushini boshqarish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar bilan birgalikda:
davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan har bir aksiyadorlik jamiyati boʻyicha aksiyalarni joylashtirish (sotish)ning joriy ahvolini shu yilning 31-dekabrigacha qayta roʻyxatdan oʻtkazsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoni 1-bandi qoidalariga muvofiq xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari paketining zarur hollarda qayta taqsimlanishini taʼminlasin;
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda (emissiya prospekti roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida) xususiylashtirilgan korxonalarning joylashtirilmagan aksiyalarini, davlat mulki sifatida qoldirilgan aksiyalardan tashqari, yuridik va jismoniy, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokidagi erkin bozorda sotishga qoʻysin;
1998-yil va keyingi yillarga moʻljallangan xususiylashtirish dasturini shakllantirishda tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari emissiya prospektlarida aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida koʻrsatilgan Farmoniga qatʼiy muvofiq ravishda joylashtirilishini nazarda tutsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ustav jamgʻarmasida 25 foizdan ortiq aksiyalar paketi davlat ixtiyorida saqlab qolinadigan tarmoqlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tasdiqlash uchun ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda 25 foizdan ortiq aksiyalar paketini ulush sifatida davlat ixtiyorida saqlab qolishga faqat mamlakatning kelajakdagi ilmiy-texnika imkoniyatlarini belgilovchi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlovchi tarmoqlar va korxonalar boʻyicha yoʻl qoʻyilishi nazarda tutilsin.
(3 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-y. 18-son, 206-modda)
4. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandi uchinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar paketini qayta taqsimlash qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan ularning ustav jamgʻarmasini belgilangan tartibda koʻpaytirish asosida amalga oshiriladi.
Bunda aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasidan davlat ulushini koʻpaytirish:
aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatishining butun davrida qoʻshilgan va uning ixtiyorida qoldirilgan, ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish paytigacha indeksatsiya qilingan dividendlar summasi;
aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatishining butun davrida moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yoki oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun davlat tomonidan berilgan, ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish paytigacha indeksatsiya qilingan mablagʻlar;
aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatishining butun davrida uni rekonstruksiya qilish uchun va texnik qayta jihozlash uchun Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan berilgan, ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish paytigacha qaytarilmagan maqsadli kreditlar;
ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻnaltiriladigan xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati ustav jamgʻarmasiga ilgari kiritilmagan, Vazirlar Mahkamasining “Idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga bosqichma-bosqich oʻtkazish toʻgʻrisida” 1997-yil 26-sentabrdagi 453-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berilmaydigan uning balansidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari qiymati;
korxona tomonidan aylanma mablagʻlar hisobiga xarid qilingan va haqi toʻlangan, lekin qonun hujjatlarida belgilangan muddatda joylashtirilmagan uning aksiyalari (shu jumladan mehnat jamoasi aksiyalari)ni qayta taqsimlash.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 96-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga sezilarli iqtisodiy imkoniyatga ega boʻlmagan, asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi 50 foizdan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarini zarur hollarda, belgilangan tartibda xususiy korxonalarga aylantirish tavsiya etilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-y. 18-son, 206-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tarkibida Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mulkning davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish boshqarmasi, shuningdek hududiy moliya organlari tarkibida tegishli boʻlimlar tashkil etilsin, Ular xodimlarining umumiy cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq 63 nafar, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni 11 nafar etib belgilansin.
Belgilansinki, yangi tashkil etilayotgan Boshqarma va boʻlimlar xarajatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari xarajatlari uchun belgilangan budjet mablagʻlarini tegishli summaga qisqartirgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat mulki ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi davlat ulushi boʻyicha dividendlar tarzidagi barcha daromadlarni hisobga olish va ularning monitoringi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
xoʻjalik jamiyatlari tomonidan davlat aksiyalari (ulushlari) paketi boʻyicha dividendlar (daromadlar)ning toʻgʻri va toʻliq hisoblanishi, ularning oʻz vaqtida toʻlanishi va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushishi yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda amalga oshirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
LexUZ sharhi
7-bandning uchinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Ushbu xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
davlat badali (ulushi) mavjud boʻlgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
LexUZ sharhi
7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan. Ushbu bandning rus tilidagi matniga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bilan birgalikda Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat mulki ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish boshqarmasiga va uning hududiy boʻlimlariga ularning oʻzlariga yuklangan funksiyalar bajarilishini taʼminlashlari uchun ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi axborotlar taqdim etilishini taʼminlasinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini trast asosida boshqarish, shu jumladan ularning ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun xoʻjalik uyushmalariga berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatining muhim masalalarini hal qilishda aksiyadorlar huquqlarini, uning ijro etuvchi apparati rahbariyatining aksiyadorlarga hisob berishini taʼminlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va joriy etsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar qoʻyish, shuningdek sarmoyani va qimmatli qogʻozlarga qoʻyilgan investitsiyalardan olingan dividendlarni olib chiqib ketish tartibi toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya tashkilotlari sifatidagi faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom” hamda “Investitsiya tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy normativlari toʻgʻrisida Nizomlarni ikki hafta muddatda tayyorlasin va tasdiqlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi aksiyadorlik jamiyatlarida mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish boʻyicha tavsiyanomalarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va eʼlon qilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 1997-1998 oʻquv yilidan boshlab korxonalar va ularning xoʻjalik birlashmalari rahbarlari uchun aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv asoslari toʻgʻrisida maxsus kurslar tashkil etsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B. Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-avgust,
404-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xoʻjalik yurituvchi tomonidan mulkning davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va ulardan foydalanishini nazorat qilish boshqarmasining
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)