1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKSIYALAR PAKETLARINI JOYLAShTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA DAVLAT MULKI NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI BOShQARIShDA AKSIYADORLAR ROLINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmonini bajarish yuzasidan, mulkning davlat ulushini boshqarish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar bilan birgalikda:
davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan har bir aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha aksiyalarni joylashtirish (sotish)ning joriy ahvolini shu yilning 31-dekabrigacha qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoni 1-bandi qoidalariga muvofiq xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari paketining zarur hollarda qayta taqsimlanishini ta’minlasin;
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda (emissiya prospekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida) xususiylashtirilgan korxonalarning joylashtirilmagan aksiyalarini, davlat mulki sifatida qoldirilgan aksiyalardan tashqari, yuridik va jismoniy, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokidagi erkin bozorda sotishga qo‘ysin;
1998-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturini shakllantirishda tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari emissiya prospektlarida aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko‘rsatilgan Farmoniga qat’iy muvofiq ravishda joylashtirilishini nazarda tutsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ustav jamg‘armasida 25 foizdan ortiq aksiyalar paketi davlat ixtiyorida saqlab qolinadigan tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda 25 foizdan ortiq aksiyalar paketini ulush sifatida davlat ixtiyorida saqlab qolishga faqat mamlakatning kelajakdagi ilmiy-texnika imkoniyatlarini belgilovchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlovchi tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilsin.
(3 band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-y. 18-son, 206-modda)
4. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar paketini qayta taqsimlash qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ularning ustav jamg‘armasini belgilangan tartibda ko‘paytirish asosida amalga oshiriladi.
Bunda aksiyadorlik jamiyatining ustav jamg‘armasidan davlat ulushini ko‘paytirish:
aksiyadorlik jamiyati faoliyat ko‘rsatishining butun davrida qo‘shilgan va uning ixtiyorida qoldirilgan, ustav jamg‘armasini ko‘paytirish paytigacha indeksatsiya qilingan dividendlar summasi;
aksiyadorlik jamiyati faoliyat ko‘rsatishining butun davrida moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yoki o‘z aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun davlat tomonidan berilgan, ustav jamg‘armasini ko‘paytirish paytigacha indeksatsiya qilingan mablag‘lar;
aksiyadorlik jamiyati faoliyat ko‘rsatishining butun davrida uni rekonstruksiya qilish uchun va texnik qayta jihozlash uchun Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan berilgan, ustav jamg‘armasini ko‘paytirish paytigacha qaytarilmagan maqsadli kreditlar;
ustav jamg‘armasini ko‘paytirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda yo‘naltiriladigan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi;
davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati ustav jamg‘armasiga ilgari kiritilmagan, Vazirlar Mahkamasining “Idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga bosqichma-bosqich o‘tkazish to‘g‘risida” 1997-yil 26-sentabrdagi 453-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berilmaydigan uning balansidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari qiymati;
korxona tomonidan aylanma mablag‘lar hisobiga xarid qilingan va haqi to‘langan, lekin qonun hujjatlarida belgilangan muddatda joylashtirilmagan uning aksiyalari (shu jumladan mehnat jamoasi aksiyalari)ni qayta taqsimlash.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 96-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga sezilarli iqtisodiy imkoniyatga ega bo‘lmagan, asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi 50 foizdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini zarur hollarda, belgilangan tartibda xususiy korxonalarga aylantirish tavsiya etilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-y. 18-son, 206-modda)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini trast asosida boshqarish, shu jumladan ularning ustav jamg‘armasini shakllantirish uchun xo‘jalik uyushmalariga berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatining muhim masalalarini hal qilishda aksiyadorlar huquqlarini, uning ijro etuvchi apparati rahbariyatining aksiyadorlarga hisob berishini ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va joriy etsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan qimmatli qog‘ozlarga mablag‘lar qo‘yish, shuningdek sarmoyani va qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalardan olingan dividendlarni olib chiqib ketish tartibi to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya tashkilotlari sifatidagi faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom” hamda “Investitsiya tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy normativlari to‘g‘risida Nizomlarni ikki hafta muddatda tayyorlasin va tasdiqlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi aksiyadorlik jamiyatlarida mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va e’lon qilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda 1997-1998 o‘quv yilidan boshlab korxonalar va ularning xo‘jalik birlashmalari rahbarlari uchun aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv asoslari to‘g‘risida maxsus kurslar tashkil etsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B. Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)