1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN ASOSIY OZIQ-OVQAT TURLARINI XARID QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Davlat taʼminoti muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasi uchun oziq-ovqat xarid qilish tizimini yanada takomillashtirish, shu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblab aniqlangan ehtiyoj (miqdor bazasi, isteʼmol normasi va bozorning oʻrtacha maqbul narxi)dan kelib chiqqan holda navbatdagi yilga davlat ehtiyojlari uchun har bir oziq-ovqat turini xarid qilishni moliyalashning chegaralab qoʻyilgan limitlarini belgilaydi hamda ularni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligiga, Milliy xavfsizlik xizmatiga “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazadi. Valyuta mablagʻlari faqat yetishmaydigan yoki respublikada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni import boʻyicha xarid qilish uchun koʻzda tutiladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 10-son, 118-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi]
davlat ehtiyojlari uchun davlat taʼminoti muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasi uchun asosiy oziq-ovqat turlarini xarid qilish, qoida tariqasida, tanlov asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.04 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga oid davlat kontrakti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
mazkur mahsulotlarni xarid qilish eng avvalo, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita shartnomalar boʻyicha, shuningdek ularning mahsulotini “Oʻzulgurjibirjasavdo” tizimining yarmarka va birja savdolarida sotib olish yoʻli bilan taʼminlanadi. Bunda kontraktlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (narx masalalari boʻyicha) yoki uning joylardagi organlari bilan kelishilgan holda tuziladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.02.00 Import va eksportni chegaralash]
import mahsulot xarid qilish davlat ehtiyojlari uchun import boʻyicha chetdan oziq-ovqat olib kelishni bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutgan holda, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning resurslar bilan taʼminlanmagan qismigina tender asosida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yilning 1-sentabriga qadar, ushbu qarorning 1-bandi (ikkinchi xatboshi)ga muvofiq, davlat taʼminoti muassasalarining, maxsus isteʼmolchilar va davlat zaxirasining buyurtmalarini koʻrib chiqsin hamda davlat ehtiyojlari uchun 1998-yilga oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishni moliyalashning chegaralab qoʻyilgan limitlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari shu yilning 25-avgustigacha boʻlgan muddatda amaldagi ulgurji va mayda ulgurji taʼminot-savdo tashkilotlari negizida xoʻjalik hisobidagi maxsus savdo firmalarini tashkil qilib, ular zimmasiga davlat taʼminoti muassasalari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish masalalarini yuklasinlar.
5. “Oʻzulgurjibirjasavdo”:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi va uning joylardagi filiallari tarkibida xoʻjalik hisobidagi maxsus boʻlinmalarni tashkil qilib, ularning zimmasiga davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha birja va yarmarka savdolarini tashkil etish vazifalarini yuklasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha ularga qarashli boʻlgan hamda davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishni taʼminlaydigan boʻlinmalar va firmalarga Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida va uning filiallarida brokerlik oʻrinlarini bepul bersin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 10-son, 118-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
davlat taʼminotida boʻlgan muassasalarning ehtiyojlarini mumkin qadar toʻliq taʼminlash uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yarmarka va birja savdolariga keng koʻlamda jalb etish sharoitlarini yaratib bersin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati joriy yilning 1-oktabriga qadar muddatda ichki bozordan 1998-yilga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar.
7. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
shu yilning 20-avgustigacha boʻlgan muddatda vazirlik huzurida tender oʻtkazishni tashkil qiluvchi xoʻjalik hisobidagi maxsus boʻlinma sifatida tenderlar oʻtkazuvchi Agentlik (“Oʻzbektenderkonsalting”) tashkil qilsin va tenderlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
1998-yilga davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish boʻyicha tender oʻtkazishga zarur shart-sharoitlarni taʼminlab, bunda mahsulot yetkazib beruvchilarni oldindan malakali tanlab olish, kelib tushayotgan takliflarni ekspert yordamida baholash, xonalar va yordamchi xodimlar berish, reklama ishini tashkil qilish, tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi komissiya hujjatlarini rasmiylashtirish kabi va boshqa ishlar oʻtkazilishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
8. Tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzdavzaxira”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, shu yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda, tasdiqlangan tartibga binoan, budjetdan ajratilgan limitlarga muvofiq 1998-yilga davlat ehtiyojlari uchun ichki bozorda xarid qilinmay qolgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini import boʻyicha xarid qilishga tender oʻtkazilishini tashkil etsin.
9. Xizmat koʻrsatilayotgan majmua tarkiblarining oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlanishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi rahbarlarining zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Tovarlar, ishlar va xizmatlarni davlat tomonidan xarid qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini 1997-yil 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. Hamidov va M. Usmonov zimmasiga yuklansin.