1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN ASOSIY OZIQ-OVQAT TURLARINI XARID QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Davlat ta’minoti muassasalari, maxsus iste’molchilar va davlat zaxirasi uchun oziq-ovqat xarid qilish tizimini yanada takomillashtirish, shu maqsadlarga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblab aniqlangan ehtiyoj (miqdor bazasi, iste’mol normasi va bozorning o‘rtacha maqbul narxi)dan kelib chiqqan holda navbatdagi yilga davlat ehtiyojlari uchun har bir oziq-ovqat turini xarid qilishni moliyalashning chegaralab qo‘yilgan limitlarini belgilaydi hamda ularni bevosita O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat xavfsizlik xizmatiga “O‘zdavzaxira” qo‘mitasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazadi. Valyuta mablag‘lari faqat yetishmaydigan yoki respublikada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni import bo‘yicha xarid qilish uchun ko‘zda tutiladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi]
davlat ehtiyojlari uchun davlat ta’minoti muassasalari, maxsus iste’molchilar va davlat zaxirasi uchun asosiy oziq-ovqat turlarini xarid qilish, qoida tariqasida, tanlov asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.04 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga oid davlat kontrakti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
mazkur mahsulotlarni xarid qilish eng avvalo, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita shartnomalar bo‘yicha, shuningdek ularning mahsulotini “O‘zulgurjibirjasavdo” tizimining yarmarka va birja savdolarida sotib olish yo‘li bilan ta’minlanadi. Bunda kontraktlar faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (narx masalalari bo‘yicha) yoki uning joylardagi organlari bilan kelishilgan holda tuziladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.03.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.02.00 Import va eksportni chegaralash]
import mahsulot xarid qilish davlat ehtiyojlari uchun import bo‘yicha chetdan oziq-ovqat olib kelishni bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutgan holda, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning resurslar bilan ta’minlanmagan qismigina tender asosida amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yilning 1-sentabriga qadar, ushbu qarorning 1-bandi (ikkinchi xatboshi)ga muvofiq, davlat ta’minoti muassasalarining, maxsus iste’molchilar va davlat zaxirasining buyurtmalarini ko‘rib chiqsin hamda davlat ehtiyojlari uchun 1998-yilga oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishni moliyalashning chegaralab qo‘yilgan limitlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari shu yilning 25-avgustigacha bo‘lgan muddatda amaldagi ulgurji va mayda ulgurji ta’minot-savdo tashkilotlari negizida xo‘jalik hisobidagi maxsus savdo firmalarini tashkil qilib, ular zimmasiga davlat ta’minoti muassasalari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish masalalarini yuklasinlar.
5. “O‘zulgurjibirjasavdo”:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi va uning joylardagi filiallari tarkibida xo‘jalik hisobidagi maxsus bo‘linmalarni tashkil qilib, ularning zimmasiga davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha birja va yarmarka savdolarini tashkil etish vazifalarini yuklasin;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Ko‘rgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi bo‘yicha ularga qarashli bo‘lgan hamda davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishni ta’minlaydigan bo‘linmalar va firmalarga O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida va uning filiallarida brokerlik o‘rinlarini bepul bersin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Ko‘rgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
davlat ta’minotida bo‘lgan muassasalarning ehtiyojlarini mumkin qadar to‘liq ta’minlash uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yarmarka va birja savdolariga keng ko‘lamda jalb etish sharoitlarini yaratib bersin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati joriy yilning 1-oktabriga qadar muddatda ichki bozordan 1998-yilga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini ta’minlasinlar.
7. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
shu yilning 20-avgustigacha bo‘lgan muddatda vazirlik huzurida tender o‘tkazishni tashkil qiluvchi xo‘jalik hisobidagi maxsus bo‘linma sifatida tenderlar o‘tkazuvchi Agentlik (“O‘zbektenderkonsalting”) tashkil qilsin va tenderlar o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
1998-yilga davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazishga zarur shart-sharoitlarni ta’minlab, bunda mahsulot yetkazib beruvchilarni oldindan malakali tanlab olish, kelib tushayotgan takliflarni ekspert yordamida baholash, xonalar va yordamchi xodimlar berish, reklama ishini tashkil qilish, tenderlar o‘tkazishni muvofiqlashtiruvchi komissiya hujjatlarini rasmiylashtirish kabi va boshqa ishlar o‘tkazilishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini ro‘yxatga va hisobga olish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
8. Tenderlar o‘tkazishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “O‘zdavzaxira”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, shu yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda, tasdiqlangan tartibga binoan, budjetdan ajratilgan limitlarga muvofiq 1998-yilga davlat ehtiyojlari uchun ichki bozorda xarid qilinmay qolgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini import bo‘yicha xarid qilishga tender o‘tkazilishini tashkil etsin.
9. Xizmat ko‘rsatilayotgan majmua tarkiblarining oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi rahbarlarining zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Tovarlar, ishlar va xizmatlarni davlat tomonidan xarid qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini 1997-yil 15-sentabrgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B. Hamidov va M. Usmonov zimmasiga yuklansin.