Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son “Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 2000-yil 11-fevraldagi 4-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si toʻgʻrisida
namunaviy nizom (roʻyxat raqami 898, 2000-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 4-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2008-yil 9-apreldagi 8-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK)si toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 898-1, 2008-yil 23-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 141-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2010-yil 16-iyuldagi 44-son “Vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, yuridik shaxslar birlashmasining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 898-2, 2010-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 265-modda).