1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6005-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishda ilgʻor raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona organlarining umumiy cheklangan shtatlar soni doirasida toifadan tashqari maqomga ega boʻlgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarini:
2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari boʻyicha boshqarmalarida;
2022-yil 1-apreldan boshlab Davlat bojxona qoʻmitasining boshqa hududiy boshqarmalarida bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va ogʻir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab:
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi oʻrinlarda — TIF) ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyalarining masofaviy bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi;
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashkil etilgan hududlardagi TIF bojxona postlarining faoliyati bojxona nazorati shakllarini amalga oshirishga ixtisoslashtiriladi;
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash”, TIF va chegara bojxona postlari faoliyatini tashkil etish tartibi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi;
chegara bojxona postlaridagi inspeksion koʻrik majmualari (rentgen) bilan ishlash guruhlari xodimlariga zararli mehnat sharoitlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 40 foizi miqdorida har oylik ustama beriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.08.00 Soliqlar va bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.03.00 Transport vositalarini olib kirish va olib chiqish]
b) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida:
veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni roʻyxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;
toʻlanadigan barcha yigʻimlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan toʻlash amaliyoti joriy etiladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.08.00 Soliqlar va bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi]
v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarini bojxona organlari tomonidan qaytarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng ushbu mablagʻlar TIF ishtirokchisiga uch ish kuni davomida qaytariladi;
bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi va ushbu muddatda foizlar undirilmaydi, bunda kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning eng kam muddatidan ortganda toʻliq davr uchun foizlar hisoblanadi;
qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlarining undirilmaydigan va qaytarilmaydigan miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizigacha etib belgilanadi;
tovarlarning TIF tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodini aniqlash yuzasidan bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash orqali shartli chiqarib yuborish amaliyoti joriy etiladi;
TIF ishtirokchisining bir nechta bojxona operatsiyalari doirasidagi majburiyatlarini taʼminlash uchun yagona taʼminot taqdim etish imkoniyati yaratiladi, bunday taʼminot bojxona toʻlovlari boʻyicha barcha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlishi lozim;
bojxona organlari tovarlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash uchun TIF qatnashchisining arizasiga asosan dastlabki qarorni qabul qiladi.
3. Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona organlarining umumiy cheklangan shtatlar soni doirasida Davlat bojxona qoʻmitasi tizimida alohida yuridik shaxs maqomiga ega Markaziy bojxona laboratoriyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Davlat bojxona qoʻmitasi (M.B. Azimov) ikki oy muddatda Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish, shu jumladan Jahon bojxona tashkilotining “Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi” maqomini olish, u tomonidan nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash, tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatsiyalash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xizmatlarni koʻrsatish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa turdagi kriminalistik sud ekspertizalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
4. Belgilansinki, mazkur Farmon bilan bojxona organlarining tashkiliy tuzilmalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari faoliyatini tashkil etishda xodimlarning ish haqini toʻlash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar 2022-yil 1-yanvarga qadar Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Davlat bojxona qoʻmitasining faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Davlat bojxona qoʻmitasi:
a) bir oy muddatda “Masofaviy elektron deklaratsiyalash”, TIF va chegara bojxona postlari faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqsin va qabul qilsin;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlaridagi nazorat organlariga yagona hisobvaraq asosida toʻlanadigan yigʻimlar hamda kirish va tranzit yigʻimlarini transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar oldindan toʻlash tizimini joriy qilsin;
tovarlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini aniqlashda bojxona organlari tomonidan dastlabki qaror berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-sentabr,
PF-6310-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son Farmoniga 1-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasining faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari
ROʻYXATI
T/r
Bojxona postlarining nomi
Shtat birligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
“Naymankoʻl” temir yoʻl chegara bojxona posti
5
Qashqadaryo viloyati
2.
“Qarshi tola” TIF bojxona posti
4
3.
“Qarshi” temir yoʻl chegara bojxona posti
14
Surxondaryo viloyati
4.
“Amuzang” temir yoʻl chegara bojxona posti
18
Fargʻona viloyati
5.
“Beshariq” temir yoʻl chegara bojxona posti
12
6.
“Oʻqchi” chegara bojxona posti
10
Jami
63
Izoh. Tugatilayotgan postlar boshqa bojxona postlariga punkt etib biriktiriladi, shuningdek, boʻshayotgan shtat birliklari ish hajmi koʻp boʻlgan boshqa postlarga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5414-son Farmonida:
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Bojxona maʼmuriyatchiligining ilgʻor va innovatsion usullarini joriy etish” soʻzlari “Raqamli bojxonani rivojlantirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v) Daromadlar va bojxona statistikasi bosh boshqarmasi, uning qoʻshimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdosini rivojlantirish tendensiyalari, shuningdek, mamlakatning savdo hamkorlari boʻlgan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
tovarlarning tashqi savdosi boʻyicha bojxona statistikasini yuritish, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida haqqoniylikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tashqi savdo sohasida statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlash va huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash maqsadida xorijiy davlatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish”;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5582-son Farmonida:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining logistika uchun qulay chegara oʻtkazish punktlarida xoʻjalik subyektlarini jalb etgan holda bojxona terminallarini qurish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”;
“4. Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripovga — “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimovga — “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin”;
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda (shu jumladan, pensiyani hisoblashda) tarif koeffitsiyentlari 1,7 karra miqdorda qoʻllaniladi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Maxsus jamgʻarma” soʻzlari “Davlat budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6005-son Farmoni 6-bandi “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Bojxona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi boshqarmasi etib qayta tashkil etilsin va unga” soʻzlari “Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish bosh boshqarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 10-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1595-son Farmoni rus tilidagi matnining 2-bandi uchinchi xatboshisi “vsex vidov transportnix sredstv” soʻzlaridan keyin “, a takje tamojennie posti distansionnogo elektronnogo deklarirovaniya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3665-son qarorida:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining
TASHKILIY TUZILMASI
Umumiy cheklangan shtat birligi — 4 223 ta.
Umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan mazkur qarorga oʻzgartirishlar kiritilmagan holda amalga oshiriladi.
Izoh:
1) Markaziy bojxona laboratoriyasining boshligʻi maqomi, mehnatga haq toʻlash va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati bosh boshqarma boshligʻiga, boshliq oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
2) Markaziy bojxona laboratoriyasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati
TUZILMASI
Rais
Rais yordamchisi
Raisning birinchi oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Raisning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish bosh boshqarmasi
23
Raqamli bojxonani rivojlantirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi
10
Daromadlar va bojxona statistikasi bosh boshqarmasi
28
Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi
37
Moddiy-texnika taʼminoti va kapital qurilish boshqarmasi
21
Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash boshqarmasi
11
Tibbiy-sogʻlomlashtirish xizmati
2
Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi
9
Bojxona qiymatini monitoring qilish boshqarmasi
10
Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi
14
Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi
2
Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash boʻlimi
7
Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi
8
Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi
7
Daromadlar hisobini yuritish va monitoring qilish boshqarmasi
8
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi
27
Bojxona auditi boshqarmasi
10
Milliy kinologiya markazi
65
Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi
3
Situatsion markaz
12
“Baxt” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi
Kadrlar boshqarmasi
10
Notarif tartibga solish boshqarmasi
6
Bojxona statistikasini yuritish boshqarmasi
9
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
9
Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi
10
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi
9
Yuridik boshqarma
7
Bojxona instituti
134
Valyuta nazorati boshqarmasi
5
Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qoʻriqlash boʻlimi
24
Birinchi boʻlim
2
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi
4
Markaziy bojxona laboratoriyasi
22
Navbatchilik qismi
6
Ichki audit va moliyaviy nazorat boʻlimi
2
Qoʻriqlash vzvodi
15
“A” sektori
2
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
10
Jami — 266 ta shtat birligi.
Izoh: Situatsion markaz maqomi boʻyicha boshqarmaga tenglashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshliq
Boshliqning birinchi oʻrinbosari
Boshliq oʻrinbosari
Boshliq oʻrinbosari
0-1
Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash boʻlimi
2-3
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish boʻlimi
2 — 12
Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi
5 — 16
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi
2 — 4
Murojaatlar bilan ishlash guruhi
1
Moddiy-texnika taʼminoti va kapital qurilish boʻlimi
1 — 3
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boʻlimi
2 — 4
Daromadlar va bojxona statistikasini yuritish boʻlimi
3 — 14
Kadrlar boʻlimi
2 — 4
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni taʼminlash guruhi
1-2
Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qoʻriqlash boʻlimi
7
Valyuta nazorati guruhi
1-2
Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi
(DBQ Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining bevosita boʻysunuvida)
1-2
Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi
1
Navbatchilik qismi
6
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi
1
Yuridik xizmat
1-2
Birinchi boʻlim
1
Jami cheklangan shtat birliklari — 36 — 82 ta.
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari umumiy cheklangan shtat birliklari soni — 753 tani tashkil etadi.
Izoh: tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish, ularning shakli (boʻlim, boʻlinma, guruh, lavozim) va shtat birliklari soni umumiy shtat birliklari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida ehtiyoj va ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 4-ILOVA
Chegara bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Post boshligʻi
Post boshligʻi oʻrinbosari
0 — 2
Bosh inspektor — smena boshligʻi
0 — 7
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi
6 — 178
Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi
0 — 2
Inspeksion-koʻrik majmuasi bilan ishlash guruhi
(DBQ Situatsion markazining bevosita boʻysunuvida)
0 — 9
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va kiberxavfsizlikni taʼminlash guruhi
0 — 2
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot guruhi
0 — 4
Kinologiya xizmati
1 — 12
Shaxsiy xavfsizlik guruhi
(boshqarma apparati Shaxsiy xavfsizlik boʻlimining bevosita boʻysunuvida)
0-1
Jami cheklangan shtat birligi — 8 — 218 ta.
Chegara bojxona postlarining umumiy cheklangan shtat birligi — 2 243 tani tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 5-ILOVA
Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Post boshligʻi
Post boshligʻi oʻrinbosari
0-1
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi
3 — 58
Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi
0 — 2
Kinologiya xizmati
0 — 2
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot guruhi
0-1
Shaxsiy xavfsizlik guruhi
(boshqarma apparati Shaxsiy xavfsizlik boʻlimining bevosita boʻysunuvida)
0-1
Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi
0-1
Jami cheklangan shtat birligi — 4 — 67 ta.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining umumiy cheklangan shtat birligi — 740 tani tashkil etadi”.
g) quyidagi mazmundagi 5a-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 5a-ILOVA
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Post boshligʻi
Post boshligʻi oʻrinbosari
0-1
Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish guruhi
5 — 60
Jami cheklangan shtat birligi — 6 — 62 ta.
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining shtatlari bojxona organlarining umumiy shtat birligi doirasida DBQ raisi tomonidan belgilanadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 6-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari
CHEKLANGAN SHTAT BIRLIGI
T/r
Boshqaruv apparatlari
Shtat birligi soni
1.
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi
49
2.
Davlat bojxona qoʻmitasining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi
51
3.
Davlat bojxona qoʻmitasining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi
53
4.
Davlat bojxona qoʻmitasining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi
36
5.
Davlat bojxona qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi
45
6.
Davlat bojxona qoʻmitasining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi
47
7.
Davlat bojxona qoʻmitasining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi
49
8.
Davlat bojxona qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi
49
9.
Davlat bojxona qoʻmitasining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi
51
10.
Davlat bojxona qoʻmitasining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi
43
11.
Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi
70
12.
Davlat bojxona qoʻmitasining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi
54
13.
Davlat bojxona qoʻmitasining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi
40
14.
Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi
76
15.
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
40
Jami
753
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona postlari
ROʻYXATI
T/r
Bojxona postlarining nomi
Shtat birliklari
I. Chegara bojxona postlari
Toifadan tashqari bojxona postlari
1.
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti
205
2.
“Sirdaryo” chegara bojxona posti
113
3.
“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti
111
4.
“Dovut-ota” chegara bojxona posti
106
5.
“Yallama” chegara bojxona posti
103
6.
“Doʻstlik” chegara bojxona posti (Andijon viloyati)
103
7.
“Olot” chegara bojxona posti
97
8.
“S. Najimov” chegara bojxona posti
94
9.
“Navoiy” chegara bojxona posti (Toshkent viloyati)
94
10.
“Sariosiyo” chegara bojxona posti
82
11.
“Ayritom” chegara bojxona posti
78
12.
“Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl chegara bojxona posti
72
13.
“Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl chegara bojxona posti
72
14.
“Keles” temir yoʻl chegara bojxona posti
47
15.
“Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti
40
Birinchi toifali bojxona postlari
16.
“Fargʻona” chegara bojxona posti
66
17.
“Oybek” chegara bojxona posti
43
18.
“Samarqand” aeroporti” chegara bojxona posti
42
19.
“Jartepa” chegara bojxona posti
39
20.
“Buxoro” aeroporti” chegara bojxona posti
39
21.
“Oʻzbekiston” chegara bojxona posti (Fargʻona viloyati)
33
22.
“Navoiy” aeroporti” chegara bojxona posti
30
23.
“Urganch” aeroporti” chegara bojxona posti
30
24.
“Xoʻjadavlat” temir yoʻl chegara bojxona posti
29
25.
“Bekobod” temir yoʻl chegara bojxona posti
29
26.
“Qarshi-Kerki” chegara bojxona posti
24
27.
“Soʻx” chegara bojxona posti
24
28.
“Farhod” chegara bojxona posti
21
29.
“Namangan” aeroporti” chegara bojxona posti
20
30.
“Fargʻona” aeroporti” chegara bojxona posti
18
31.
“Boldir” temir yoʻl chegara bojxona posti
17
32.
“Oʻzbekiston” temir yoʻl chegara bojxona posti (Toshkent viloyati)
21
Ikkinchi toifali bojxona postlari
33.
“Andarxon” chegara bojxona posti
24
34.
“Gulbahor” chegara bojxona posti
24
35.
“Madaniyat” chegara bojxona posti
21
36.
“Shovot” chegara bojxona posti
20
37.
“Bekobod avto” chegara bojxona posti
18
38.
“Xovosobod” chegara bojxona posti
18
39.
“Doʻstlik” chegara bojxona posti (Xorazm viloyati)
17
40.
“Pop” chegara bojxona posti
16
41.
“Xoʻjayli” chegara bojxona posti
15
42.
“Kosonsoy” chegara bojxona posti
15
43.
“Qoʻshkent” chegara bojxona posti
13
44.
“Rovot” chegara bojxona posti
13
45.
“Rishton” chegara bojxona posti
12
46.
“Savay” temir yoʻl chegara bojxona posti
12
47.
“Qarshi” aeroporti” chegara bojxona posti
12
48.
“Andijon” aeroporti” chegara bojxona posti
11
49.
“Uchtoʻrgʻon” chegara bojxona posti
11
50.
“Termiz” aeroporti” chegara bojxona posti
11
51.
“Nukus” aeroporti” chegara bojxona posti
10
52.
“Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti
8
II. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari (TIF)
Toifadan tashqari bojxona postlari
53.
“Toshkent-tovar” TIF bojxona posti
67
54.
“Ark buloq” TIF bojxona posti
60
55.
“Sirgʻali” TIF bojxona posti
51
56.
“Chuqursoy” TIF bojxona posti
45
57.
“Avia yuklar” TIF bojxona posti
38
58.
“Samarqand” TIF bojxona posti
26
Birinchi toifali bojxona postlari
59.
“Ulugʻbek” TIF bojxona posti
23
60.
“Buxoro” TIF bojxona posti
21
61.
“Bosh pochtamt” TIF bojxona posti
20
62.
“Namangan” TIF bojxona posti
18
63.
“Nazarbek” TIF bojxona posti
16
64.
“Qoʻqon” TIF bojxona posti
16
65.
“Chirchiq” TIF bojxona posti
14
66.
“Jizzax” TIF bojxona posti
14
67.
“Urganch” TIF bojxona posti
13
68.
“Nukus” TIF bojxona posti
13
69.
“Olmaliq” TIF bojxona posti
13
70.
“Termiz” TIF bojxona posti
12
71.
“Andijon” TIF bojxona posti
12
72.
“Asaka” TIF bojxona posti
12
73.
“Nasaf” TIF bojxona posti
11
74.
“Bobur” TIF bojxona posti
11
75.
“Vodiy” TIF bojxona posti
11
76.
“Angren” TIF bojxona posti
10
77.
“Yangiyoʻl” TIF bojxona posti
8
78.
“Qoʻngʻirot” TIF bojxona posti
8
79.
“Kogon” TIF bojxona posti
7
80.
“Gʻijduvon” TIF bojxona posti
6
Ikkinchi toifali bojxona postlari
81.
“Margʻilon” TIF bojxona posti
11
82.
“Guliston” TIF bojxona posti
9
83.
“Navoiy” TIF bojxona posti
9
84.
“Keles” TIF bojxona posti
8
85.
“Qirguli” TIF bojxona posti
8
86.
“Talimarjon” TIF bojxona posti
8
87.
“Qorakoʻl” TIF bojxona posti
7
88.
“Tinchlik” TIF bojxona posti
7
89.
“Xovos” TIF bojxona posti
7
90.
“Chust” TIF bojxona posti
7
91.
“Sayxun” TIF bojxona posti
6
92.
“Qamashi-Gʻuzor” TIF bojxona posti
6
93.
“Zarafshon” TIF bojxona posti
6
94.
“Jarqoʻrgʻon” TIF bojxona posti
6
95.
“Qorovulbozor” TIF bojxona posti
6
96.
“Quvasoy” TIF bojxona posti
6
97.
“Hazorasp EIZ” TIF bojxona posti
6
98.
“Denov” TIF bojxona posti
6
99.
“Navoiy industrial” TIF bojxona posti
6
100.
“Bekobod” TIF bojxona posti
6
101.
“Daryo porti” TIF bojxona posti
6
102.
“Muborak” TIF bojxona posti
5
103.
“Chet el vakolatxonalari” TIF bojxona posti
4
104.
“Toʻrtkoʻl” TIF bojxona posti
4
105.
“Kitob” TIF bojxona posti
4
III. Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari
Toifadan tashqari bojxona postlari
106.
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari
*
Bojxona postlarining umumiy shtat birligi soni
2 983
* shtatlar soni bojxona organlarining umumiy shtat birligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan belgilanadi”;
“7. Xizmatga kirish istagini bildirgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — nomzod) oʻzining doimiy yashash manzili boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
xizmatga qabul qilish toʻgʻrisida ariza;
anketa-maʼlumot;
oʻqish, ish (nomzod oʻqisa yoki ishlasa) joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma;
harbiy guvohnoma nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
doimiy yashash manzili boʻyicha roʻyxatga olingan manzildagi sogʻliqni saqlash muassasasidan salomatligi holati toʻgʻrisida belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma (boʻyi oʻlchovini koʻrsatgan holda).
Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, hamda ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida, nomzod yoki mutasaddi tashkilotlardan qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlar olinishi mumkin”;
52-bandning “j” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xodimning bojxona organlari ixtiyorida boʻlishi tartibi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari xodimlarining xizmat samaradorligini yaxshilash maqsadida pensiya olish huquqini beradigan xizmat yillarini oʻtagan, quyi (katta inspektor, inspektor, kichik inspektor) lavozimlarda xizmat qilayotgan, biroq ish koʻrsatkichlari past va oʻz ustida ishlamaydigan xodimlarning hisobotlarini tinglash, ularning kelgusi yil uchun ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek, har yil yakuni boʻyicha navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazgan holda tizimda xizmatni davom ettirish masalasi koʻrib chiqiladi”;
“108. Xizmat yili, pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun xodimlarga ustamalar toʻlanadi.
Pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun toʻlanadigan ustama miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi 1081-band bilan toʻldirilsin:
“1081. Xizmat yili uchun ustama bojxona organi xodimining, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xizmat yillariga muvofiq, oylik lavozim va maxsus unvon maoshlariga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:
ikki yildan besh yilga qadar — 5 foiz;
besh yildan oʻn yilga qadar — 10 foiz;
oʻn yildan oʻn besh yilga qadar — 15 foiz;
oʻn besh yildan yigirma yilga qadar — 20 foiz;
yigirma yildan yigirma besh yilga qadar — 30 foiz;
yigirma besh yildan yuqori — 40 foiz.
Xizmat yili uchun ustama respublika budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Xizmat yili uchun ustamani toʻlash maqsadida xizmat muddatini hisoblash tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi”;
“109. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuqori maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, shuningdek oʻz faoliyatida yuqori natijalarni koʻrsatgan xodimlarga “uchinchi toifali mutaxassis”, “ikkinchi toifali mutaxassis”, “birinchi toifali mutaxassis”, “usta” malaka darajalari beriladi.
Malaka darajalari uchun quyidagi miqdorda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshiga nisbatan har oylik qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi:
“uchinchi toifali mutaxassis” — 15 foiz;
“ikkinchi toifali mutaxassis” — 20 foiz;
“birinchi toifali mutaxassis” — 30 foiz;
“usta” — 40 foiz.
Malaka darajalarini berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi 1181-band bilan toʻldirilsin:
“1181. Bojxona organlari xodimlarini, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi lavozim va unvon maoshi, xizmat yili ustamasi, tuman koeffitsiyenti, mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa ustama va qoʻshimcha toʻlovlar hamda ikki oylik lavozim maoshi miqdoridagi mukofot va bir oylik lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordamning 15 foiz miqdorida shakllantiriladi.
Bojxona organlari xodimlariga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondidan egallab turgan lavozimi boʻyicha va maxsus unvoni boʻyicha maoshining 15 foizi miqdorida oylik ustama toʻlanadi.
Oʻz vazifalarini tashabbuskorlik bilan va vijdonan bajarib kelayotgan bojxona organlari xodimlari, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida ularga faoliyati davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun Moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan toʻlab berilayotgan har oylik 15 foizlik ustamalarni inobatga olgan holda egallab turgan lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin. Shaxsiy ustama berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlari xodimiga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan boʻlsa, DBQ raisi yoki DBQning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, BI boshliqlari va Milliy kinologiya markazi direktori oʻz vakolatlari doirasida ushbu ustamalarni buyruq asosida bekor qilish yoki kamaytirish huquqiga ega va bu ularning majburiyati hisoblanmaydi.
Mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa ustama va qoʻshimcha toʻlovlarning toʻlanishi, xodimlarga har oylik 15 foizli ustama va Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondidan shaxsiy ustamalarni toʻlashni bekor qilmaydi”;
quyidagi mazmundagi 1182-band bilan toʻldirilsin:
“1182. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondining tejab qolingan mablagʻlari hisobidan bojxona organlari xodimlariga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga hisobot davridagi ishlarning yakuni, yubiley va bayramlar munosabati bilan mukofotlar toʻlanadi. Mukofot miqdori ularning umumiy ish natijalariga qoʻshgan hissalariga muvofiq belgilanadi va yuqori miqdorlari bilan cheklanmaydi”;
quyidagi mazmundagi 1183-band bilan toʻldirilsin:
“1183. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan ustamalar va mukofotlar toʻlash mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
140-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki ajrimi yoxud DBQ raisining buyrugʻi asosida xizmatga tiklangan shaxs mazkur buyruq qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalarida yoʻllanma asosida tibbiy koʻrikdan oʻtadi”;
144-bandning birinchi xatboshisi “shu jumladan kadrlar zaxirasida boʻlgan” soʻzlaridan keyin “yoki Bojxona instituti doktoranturasida oʻqiyotgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3995-son qarorida:
“Institutning ofitserlar va serjantlar tarkibiga, kursantlariga, shuningdek, doktorantlariga (doktorantlarning oxirgi egallab turgan lavozimi saqlangan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlarining tegishli toifalari uchun koʻzda tutilgan pul taʼminoti, imtiyozlar, buyumlar va oziq-ovqat taʼminoti hamda boshqa zarur normalar, shuningdek, xizmatni oʻtash tartibi tatbiq etiladi”;
b) 10-banddagi “Maxsus jamgʻarma” soʻzlari “Davlat budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti
TUZILMASI
Boshliq
Institut kengashi
Boshliqning oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Tarbiyaviy ishlar va harbiy tayyorgarlik boʻyicha boshliq oʻrinbosari
Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha boshliq oʻrinbosari
Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi
1
Axborot texnologiyalari
va modellashtirish markazi
5
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi
2
Maʼnaviyat va yoshlar tarbiyasi markazi
3
Moliya-iqtisod boʻlimi
4
Bosh yuriskonsult
1
Oʻquv batalyoni
9
Moddiy-texnik taʼminot va kapital taʼmirlash boʻlimi
7
Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash boʻlimi
3
Oʻquv-uslubiy boʻlim
5
Axborot-resurs markazi
1
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti
2
Tibbiy xizmat
4
Bojxona ishi fakulteti
3
Maxsus fanlar kafedrasi
Kadrlar boʻlimi
4
Tahririy-nashriyot xizmati
1
Kafedralar:
Ixtisoslashtirilgan
Bojxona nazorati
Bojxona tartibga solinishi va bojxona toʻlovlari
Maxsus-huquqiy fanlar
Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash
Umumhuquqiy fanlar
Umumtaʼlim
Axborot texnologiyalari va matematika
Oʻzbek va xorijiy tillar
Harbiy va jismoniy
tayyorgarlik
Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar
Til va psixologik tayyorgarlikni rivojlantirish markazi
Birinchi boʻlim
1
Bosmaxona
Navbatchilik qismi
4
Xalqaro aloqalar xizmati
1
Boshqaruv xodimlarining jami cheklangan soni (mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 134 nafar, shu jumladan professor-oʻqituvchilar tarkibi — 69 nafar.
Izoh: mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi”.
bakalavriat boʻlimining 1 va 2-pozitsiyalaridagi “5230500” hamda “5240100” raqamlari tegishincha “60410300” va “60420100” raqamlari bilan almashtirilsin;
magistratura boʻlimining 1 va 2-pozitsiyalaridagi “5A230501” hamda “5A240109” raqamlari tegishincha “70410301” va “70420107” raqamlari bilan almashtirilsin;
d) 3-ilova quyidagi mazmundagi 121-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
121.
Institutda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.