Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob maʼlumotlarini yuritish, bu maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun maʼlumotlar tarkibini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-apreldagi 2020-06-son qarori (roʻyxat raqami 3237, 2020-yil 30-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2020-y., 10/20/3237/0713-son) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob maʼlumotlarini yuritish, bu maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun maʼlumotlar tarkibini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob maʼlumotlarini yuritish, bu maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun maʼlumotlar tarkibini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 2-bandning
uchinchi xatboshisi “pasport” degan soʻzlardan keyin “yoki identifikatsiya ID-karta” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 7-bandning
oltinchi xatboshisi “pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi” degan soʻzlardan keyin “yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 9-bandning
toʻqqizinchi xatboshisi “pasport seriyasi va raqami” degan soʻzlardan keyin “yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.