1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.04.00 (Кучини йукотган) Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BUDJETDAN TAShQARI PENSIYA JAMGʻARMASIGA ORTIQChA OʻTKAZILGAN MAJBURIY AJRATMALAR, BADALLAR VA BOShQA TOʻLOVLARNI QAYTARISh (HISOBGA OLISh) TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 19-aprelda 1471-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21-oktabr 2004-yil 490-sonli “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 42-son, 447-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ortiqcha oʻtkazilgan majburiy ajratmalar, badallar va boshqa toʻlovlarni qaytarish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.