toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 19.02.1993 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PILLA TAYYORLASh HAJMLARINI OʻZGARTIRISh VA ULARGA ERKIN NARXLAR JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Pilla tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish, pilla yetishtiruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tirik pillani xarid qilish va quruq pillani sotish 1993-yil hosilidan boshlab erkin narxlar boʻyicha shartnoma asosida amalga oshirilsin. Shu munosabat bilan respublikada amalda boʻlgan tirik pilla xarid narxlari va quruq pillaning ulgurji narxlari bekor qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga (4-band, 4-ilova) qisman oʻzgartirish kiritilib, 1993-yilda tirik pilla tayyorlash hajmi 1290 tonnaga kamaytirilsin hamda respublika yengil va mahalliy sanoat korxonalarining ehtiyojlarini taʼminlash uchun uning hajmi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha ilovaga muvofiq 28000 tonnadan iborat qilib belgilansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-fevral,
91-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 16-fevraldagi
91-son qaroriga
ILOVA
Respublika yengil va mahalliy sanoat korxonalari ehtiyojlarini taʼminlash uchun 1993-yilda tirik pilla tayyorlash va yetkazib berish hajmlari

Etkazib berish hajmi
‎(tonna)‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 765‎
Viloyatlar‎:
Andijon‎ 4350‎
Buxoro‎‎ 3250‎
Jizzax 430‎
Qashqadaryo‎ 2105‎
Navoiy‎ 900‎
Namangan‎ 2705‎
Samarqand‎ 3070‎
Surxondaryo‎ 1176‎
Sirdaryo‎ 440‎
Toshkent‎ 1582‎
Fargʻona‎ 5382‎
Xorazm‎ 1845‎
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami‎ 28000‎