Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Pilla tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish, pilla yetishtiruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tirik pillani xarid qilish va quruq pillani sotish 1993-yil hosilidan boshlab erkin narxlar boʻyicha shartnoma asosida amalga oshirilsin. Shu munosabat bilan respublikada amalda boʻlgan tirik pilla xarid narxlari va quruq pillaning ulgurji narxlari bekor qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga (4-band,
4-ilova) qisman oʻzgartirish kiritilib, 1993-yilda tirik pilla tayyorlash hajmi 1290 tonnaga kamaytirilsin hamda respublika yengil va mahalliy sanoat korxonalarining ehtiyojlarini taʼminlash uchun uning hajmi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha
ilovaga muvofiq 28000 tonnadan iborat qilib belgilansin.