Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002—2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
dasturini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquv, davolash va ilmiy muassasalarga hamda qishloq joylardagi foydalanuvchilarga maʼlumotlar uzatish va Internet tarmogʻi xizmatlari koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yil 1-sentabr — 2005-yil 31-dekabr davrida:
1-ilovaga muvofiq operatorlar va provayderlar tomonidan budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻquv, davolash va ilmiy muassasalarga hamda qishloq joylardagi foydalanuvchilarga imtiyozli tariflar boʻyicha koʻrsatilgan maʼlumotlar uzatish va Internet tarmogʻi xizmatlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi;
maʼlumotlar uzatish va Internet xizmatlari koʻrsatishda simsiz radiodan foydalangan holda aloqani tashkil etuvchi
2-ilovaga muvofiq operatorlar va provayderlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov 50 foizga pasaytirilgan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2006-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda oʻquv, ilmiy va davolash muassasalariga hamda qishloq joylardagi aholiga maʼlumotlar uzatish va Internet tarmogʻi xizmatlari koʻrsatuvchi
3-ilovaga muvofiq operatorlar va provayderlar uchun (jamoa boʻlib foydalaniladigan punktlar ham shu jumlaga kiradi) binolar ijarasi toʻlovlarini amaldagi stavkalarning 50 foizi miqdorida belgilasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda mazkur qaror bilan berilgan maqsadli imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni hisobga olgan holda koʻrsatkichlarning operatorlar va provayderlar tomonidan buxgalteriya va moliya hisobotida aks ettirilishi tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va A.N.Oripov zimmasiga yuklansin.
Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻquv, ilmiy va davolash muassasalariga, qishloq joylardagi aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha maʼlumotlar uzatish va Internet xizmatlari koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar
1. “OʻzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻi korxonasi
2. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Intal Telekom” filiali
3. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “TShTT” filiali
4. “BUZTON” qoʻshma korxonasi
1. “OʻzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻi korxonasi
Oʻquv, ilmiy va davolash muassasalariga, qishloq joylardagi aholiga ijaraga olingan binolardan foydalangan holda maʼlumotlar uzatish va Internet xizmatlari koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar
1. SP “NAYTOV” qoʻshma korxonasi
2. “Telekommunikatsiyalar tarmogʻi” MChJ