Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 280-son “Ichki audit xizmati xodimlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 2-apreldagi 90-son “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2361, 2012-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 220-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 29-martdagi 66-son “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2361-1, 2018-yil 10-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2361-1/1054-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi va Oʻzbekiston buxgaltyerlar federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.