toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki audit xizmati xodimlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizimini samarali tashkil qilish va ichki audit xizmatini malakali mutaxassislar bilan butlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, jumladan:
talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari;
sertifikat olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi;
sertifikat olish uchun malaka imtihonini topshirish, sertifikatni rasmiylashtirish va berish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish hamda amal qilishini tugatish tartibi;
ichki auditorlar reyestirini yuritish tartibi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-may,
280-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 280-son qaroriga
1-ILOVA
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qoidalari tijorat banklariga va budjet tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ichki auditor — ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
ichki auditor sertifikati (keyingi o‘rinlarda — Sertifikat) — ichki audit xizmatida faoliyat olib borish uchun ichki auditorning professional malakasini tasdiqlovchi hujjat;
malaka imtihoni — talabgorning bilim darajasi ichki auditorga qo‘yilgan talablarga mos kelishini tekshirishga yo‘naltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan test sinovi shaklida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan imtihon;
talabgor — ichki auditor sertifikatini olishga yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishga da’vogar jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro sertifikat — “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)”, “Birlashgan diplomli buxgalterlar (ACA)”, “Diplomli ichki auditor (CIA)”, “Boshqaruv hisobi bo‘yicha sertifikat (CIMA)”, “Moliyaviy tashkilotlar diplomli auditori (CFSA)”, “Davlat tashkilotining diplomli auditori (CGAP)”, “Sertifikatlangan professional Ichki auditor” (DipCPIA) sertifikati va “Riskni boshqarishni baholash bo‘yicha diplomli mutaxassis (CRMA)” sertifikati.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
3. Sertifikat, basharti talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirsa, auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan beriladi.
Sertifikat ichki auditorning professional malakasini tasdiqlaydi va sertifikat egasiga tadbirkorlik subyektlarining ichki audit xizmatida faoliyat ko‘rsatish huquqini beradi.
Sertifikat dastlab besh yillik muddatga beriladi, uning amal qilishi navbatdagi o‘n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytirilishi mumkin.
4. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston auditorlar palatasi):
malaka imtihonini o‘tkazishni tashkil qiladi, shuningdek, o‘zlarining veb-saytlariga malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi axborotni joylashtiradi;
test savollariga kiritilgan fanlar bo‘yicha mavzularni veb-saytiga joylashtiradi;
malaka oshirishning namunaviy dasturini tasdiqlaydi;
talabgorlarni malaka imtihoniga qo‘yish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
5. Sertifikat egasi sertifikatini olgan yildan keyingi yilidan boshlab har yili auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish namunaviy dasturi bo‘yicha 20 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart.
Xalqaro sertifikat egasi bo‘lgan ichki auditor o‘z tanloviga ko‘ra namunaviy dastur bo‘yicha yoki xalqaro sertifikat dasturi doirasida malaka oshirish kurslaridan birini o‘tishi mumkin.
Ichki auditorlar malakasini oshirish buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki auditor yil yakunlari bo‘yicha uning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligini tasdiqlovchi ma’lumotni har yili 10-yanvarga qadar sertifikatni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga taqdim etadi.
6. Malaka imtihonini o‘tkazuvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tarkibiga auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakillari va buxgalteriya hisobi, audit, soliq va xo‘jalik huquqi sohalarining yetakchi mutaxassislari kiritiladi.
7. Komissiya auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan kamida beshta a’zodan, shu jumladan, komissiya raisidan iborat tarkibda tuziladi.
8. Sertifikat olish, uning amal qilishini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun talabgor tomonidan mazkur Nizomda belgilangan miqdorlarda yig‘im to‘lanadi.
Yig‘im talabgor tomonidan hujjat topshirilgan auditorlarning respublika jamoat birlashmasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va malaka imtihonini tashkil qilish, sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun sarflanadi. Yig‘im to‘lash uchun bank rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiriladi.
9. Ichki auditor sertifikatini berish mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
10. Sertifikat olishga talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin oxirgi o‘n yildan kamida ikki yil buxgalteriya hisobi va audit, soliq maslahati va moliya sohasida yoki oliy ta’lim muassasalarida “Buxgalteriya hisobi” yoxud “Audit” fanidan ta’lim berish sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida);
b) xalqaro sertifikat doirasida “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lish.
Iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajasi bo‘lgan yoki “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” ixtisosliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan talabgor uchun amaliy ish staji talab etilmaydi.
11. Talabgor quyidagilardan biriga ega bo‘lgan taqdirda sertifikatni berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish malaka imtihoni topshirilmasdan amalga oshiriladi:
auditor malaka sertifikati (ariza berilgan sanada auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashiga kamida 6 oy vaqt qolgan bo‘lsa) mavjud bo‘lsa;
xalqaro sertifikati (bunda olingan yildan keyingi yildan boshlab, belgilangan davriylikda xalqaro sertifikat doirasida malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjat) mavjud bo‘lsa;
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lsa;
kamida o‘n yil uzluksiz ichki auditor ish staji mavjud bo‘lsa.
3-bob. Sertifikat olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati
12. Sertifikat olish uchun talabgor auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilingan holda taqdim etadi:
pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi nusxasi;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatning yoxud xorijiy mamlakatlarda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnoma nusxasi;
mehnat daftarchasi nusxasi (o‘rindoshlik asosida ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan bo‘lishi lozim) yoki mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma;
xalqaro sertifikat doirasida “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi (bundan mazkur Nizomning 11-bandida qayd etilgan talabgorlar mustasno);
ikki dona fotosurat (3 x 4 sm o‘lchamda);
belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, xalqaro sertifikat yoki auditor malaka sertifikati nusxasi yoxud buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash dasturi doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi.
13. Talabgordan mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
4-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
15. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunida talabgorning malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
16. Quyidagi hollarda talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilmaydi:
mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan malaka talablariga javob bermasa;
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan yoki to‘liq holda taqdim etilmaganda.
17. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda uch ish kuni ichida talabgor yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga o‘n kun muddat beriladi.
Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta taqdim etilgan hujjatlar uch kun ichida ko‘rib chiqiladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar o‘n kun ichida bartaraf etilmagan taqdirda, talabgorning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi.
18. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlarning tasdiqlangan ro‘yxati auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan imtihon komissiyasiga topshiriladi.
19. Guruhlar talabgorlarning arizalarini ro‘yxatga olish ketma-ketligida shakllantiriladi (bir guruhda kamida 10 kishi va ko‘pi bilan 20 kishi). Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
20. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxatini guruhlar kesimida shakllantirib, malaka imtihoni o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘n besh kun oldin imtihon o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabarnomani auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiradi hamda har bir talabgorni elektron aloqa vositalari orqali xabardor qiladi.
5-bob. Sertifikat olish uchun malaka imtihonini topshirish tartibi
21. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari malaka imtihonini o‘tkazish maqsadida:
talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
malaka imtihonini o‘tkazish uchun jihozlangan xonani zaruriy texnika vositalari bilan ta’minlaydi;
malaka imtihonini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va materiallar saqlanishini ta’minlaydi;
malaka imtihonini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
22. Talabgorlar malaka imtihoniga pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida kiritiladi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar imtihonga kelmagan deb hisoblanadi va ular navbatdagi imtihon topshirishga ruxsat beriladigan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi.
23. Agarda talabgor respublika jamoat birlashmalariga hujjatlarni topshirgan sanadan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirishga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi.
24. Malaka imtihoni test sinovi usulida axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun uch soat vaqt beriladi.
Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
25. Test sinovi quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 60 ta savoldan iborat bo‘ladi:
korporativ moliya;
boshqaruv hisobi;
ichki audit;
soliqqa tortish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
26. Test savollarini shakllantirish tartibi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan paytda qonunchilik hujjatlari, yo‘riqnoma materiallari, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan, uyali telefondan yoki boshqa axborot texnologiya vositalaridan (shu jumladan, kalkulyator sifatida) foydalanish, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish taqiqlanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi.
O‘zi bilan birga ichimlik suvi, dori va malaka imtihonini topshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalar (ko‘zoynak, linzalar) bo‘lishiga ruxsat etiladi. Talabgorning barcha shaxsiy buyumlari, shu jumladan, uyali telefon yoki boshqa axborot texnologiya vositalari (o‘chirilgan holatda) maxsus ajratilgan joyda saqlanadi.
28. Malaka imtihoni natijalari imtihon o‘tkazilgan kuni malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
29. Malaka imtihon natijalari auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining veb-saytiga imtihon o‘tkazilganidan keyin ikki ish kunida e’lon qilinadi.
30. Talabgorning to‘g‘ri javoblari malaka imtihonidagi test savollari sonining kamida 75 foizini tashkil qilsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
31. Begona shaxslarning malaka imtihonida qatnashishiga ruxsat etilmaydi.
32. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlarga yig‘im qaytarib berilmaydi.
33. Malaka imtihonini topshirish natijalari salbiy baholangan talabgorning hujjatlari unga qaytarilmaydi.
34. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlar malaka imtihonini topshirish uchun hujjatlarni mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta taqdim etishga haqlidir.
35. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar hamda komissiyaning yig‘ilish bayonnomalari besh yil mobaynida auditorlarning respublika jamoat birlashmalarida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51-bob. Malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellyatsiya berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
351. Malaka imtihoni natijasi bo‘yicha ularga nisbatan salbiy qaror chiqarilgan talabgorlar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani o‘n kalendar kun ichida ko‘rib chiqadi.
Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida apellyatsiya bergan nomzod bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin. Bunda apellyatsiya bergan nomzod apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayoni o‘tkaziladigan sana va shakli to‘g‘risida uch kun oldin elektron pochta yoki SMS-xabarnoma orqali xabardor qilinadi.
352. Apellyatsiya komissiyasi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi hamda uning tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vazirligidan bir nafar hamda auditorlarning respublika jamoat birlashmalaridan vakillar kiritiladi.
Apellyatsiya komissiyasi raisi hamda kotibi auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining vakillaridan tayinlanadi.
Apellyatsiya komissiyasi hujjatlarini yuritish va bayonnomalarni rasmiylashtirish apellyatsiya komissiyasi kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi har ikki yilda belgilangan tartibda yangilanadi.
Apellyatsiya komissiyasi yig‘ilishida apellyatsiya komissiyasi raisi hamda komissiya qolgan a’zolarining kamida ikki nafari ishtirok etgan taqdirda, yig‘ilish vakolatli hisoblanadi.
353. Apellyatsiya komissiyasi malaka imtihoni natijalarini auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining ma’lumotlari asosida bayonnoma tuzish orqali rasmiylashtiradi.
Apellyatsiya komissiyasi yig‘ilishi videoyozuvga tushiriladi va ushbu videoyozuvlar apellyatsiya komissiyasi bayonnomasiga ilova qilinadi.
Bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi tomonidan (rais qatnashmagan taqdirda, rais o‘rinbosari tomonidan) tasdiqlanadi va yig‘ilishda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.
354. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
talabgorning e’tirozlari o‘z tasdig‘ini topib, savollar yoki javoblar noto‘g‘ri ekani aniqlanganda hamda ballarni qayta hisoblash natijasida da’vogarning balli belgilangan o‘tish balliga yetgan yoki undan oshgan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish hamda imtihon natijalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
talabgorning e’tirozlari o‘z tasdig‘ini topmagan yoki talabgorning e’tirozlari o‘z tasdig‘ini topib, ballarni qayta hisoblash natijasida da’vogarning balli belgilangan o‘tish balliga yetmagan taqdirda, komissiya qarorini o‘zgarishsiz qoldirish;
malaka imtihonini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, malaka imtihonini qaytadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
355. Malaka imtihonini qaytadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida auditorlarning respublika jamoat birlashmalari malaka imtihonini topshira olmagan deb hisoblangan da’vogar uchun qaytadan imtihon topshirish kunini belgilaydi.
356. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida ariza beruvchi yozma ravishda (elektron pochta orqali) xabardor qilinadi.
357. Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
(51-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
6-bob. Sertifikatni rasmiylashtirish va berish tartibi
36. Malaka imtihoni natijalari komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalariga topshiriladi.
37. Sertifikat malaka imtihonida qatnashish uchun ariza topshirilgan auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan beriladi.
38. Sertifikat mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi. Sertifikat auditorlarning respublika jamoat birlashmasining rasmiy qisqartirilgan nomidan keyin oraliq bo‘shliqlarsiz (X...X 000000 ko‘rinishida) ketma-ketlikda raqamlanadi.
39. Sertifikat auditorlar respublika jamoat birlashmasining QR — kodi (matrik shtrixli kodi) qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi va u ichki auditorlar reyestriga kiritiladi.
40. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari belgilangan tartibda berilgan va qayta rasmiylashtirilgan sertifikatlar hisobini yuritadi.
41. Sertifikat malaka imtihoni komissiyasining bayonnomalari olinganidan keyin uch kun ichida rasmiylashtiriladi va sertifikat egasiga beriladi.
42. Sertifikat dastlab besh yillik muddatga talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoxud mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan mezonlarning birortasiga javob beradigan talabgorlarga malaka imtihoni topshirilmasdan beriladi.
7-bob. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish tartibi
43. Sertifikatning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, biroq sertifikatning amal qilish muddati tugashidan olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda, auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
sertifikatning asl nusxasi;
har yili malaka oshirish kurslaridan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, xalqaro sertifikat yoki auditor malaka sertifikati nusxasi yoxud buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
mehnat daftarchasi nusxasi (o‘rindoshlik asosida ichki auditor ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan bo‘lishi lozim) yoki mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma;
arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi.
44. Dastlabki besh yillik muddat tugagandan so‘ng sertifikatning amal qilish muddatini navbatdagi o‘n yilga uzaytirish malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoxud talabgor mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan mezonlarning birortasiga javob berganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Sertifikatni keyingi muddatsiz davrga uzaytirish talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoxud u mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan mezonlarning birortasiga mos bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
45. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun hujjatlar mazkur Nizomning 43-bandiga muvofiq taqdim etilganda, sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan sanadan boshlab sertifikatning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha bo‘lgan vaqt oralig‘i ichki auditor sifatida uzluksiz ish stajini hisoblashda inobatga olinadi.
Ichki auditor lavozimiga tayinlashlar oralig‘idagi vaqt bir oydan oshmagan bo‘lsa, ushbu davr ichki auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlashda uzilish deb hisoblanmaydi.
46. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 43 — 45-bandlaridagi me’yorlarga rioya etilganda amalga oshiriladi.
Sertifikatning amal qilish muddati sertifikatda ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uzaytiriladi.
47. Talabgor sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonidan o‘ta olmagan taqdirda, sertifikatni qaytadan berish mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Agarda talabgor, mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan so‘ng, sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirishga kelmasa, sertifikatning amal qilish muddati tugaganidan keyin taqdim etilgan hujjatlar (sertifikatning asl nusxasidan tashqari) qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi.
48. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari berilgan sertifikatga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun unda ajratilgan tegishli rekvizitlar to‘lgan bo‘lsa, ilgari berilgan raqam bilan yangi sertifikat beriladi. Yangi sertifikatning pastki o‘ng burchagiga ilgari berilgan sertifikat haqidagi axborotlar yozib qo‘yiladi.
49. Sertifikat egasining familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan so‘ng bir oy ichida sertifikatni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan sertifikatning asl nusxasi bilan birga ikkita fotosurat (3 x 4 hajmdagi) va tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
50. Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ilgari berilgan sertifikat raqami va amal qilish muddati bilan qayta rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
501. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish rad etilgani ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(501-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
8-bob. Sertifikatning amal qilishini tugatish
51. Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza taqdim etilganda;
sertifikat egasi vafot etganda;
sertifikat egasi har yilgi malaka oshirish kursidan o‘tmaganda;
sertifikat egasi sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan e’tiboran olti oy mobaynida sertifikatni olish uchun kelmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
sertifikat egasi tomonidan ichki audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan konfidensial axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganda, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(51-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
sertifikat egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;
auditorlar respublika jamoat birlashmasining sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi holati aniqlanganda;
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi isbotlanganda.
52. Sertifikatning amal qilishi auditorlarning respublika jamoat birlashmasi qarori bilan tugatiladi. Sertifikatning amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Sertifikatning amal qilishini tugatish haqidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
54. Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditorlarning respublika jamoat birlashmasi veb-saytida e’lon qilinishi kerak.
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror besh ish kuni ichida sertifikat egasiga yuboriladi.
9-bob. Ichki auditorlar reyestrini yuritish tartibi
55. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan ichki auditorlar reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
ichki auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari va yashash manzili;
ish joyi;
sertifikatning raqami, berilgan sanasi;
sertifikat olgan shaxsning familiyasi, ismi va imzosi, shuningdek, sertifikat olingan sana;
har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
auditorning malaka sertifikati, xalqaro buxgalter sertifikatining (mavjud bo‘lgan taqdirda) nomi va berilgan sanasi;
sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi va qayta rasmiylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
56. Ichki auditorlar reyestrdagi quyidagi ma’lumotlar auditorlarning respublika jamoat birlashmasi veb-saytiga joylashtiriladi va barchaning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:
ichki auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
sertifikatning raqami, berilgan sanasi;
sertifikatning amal qilish muddati;
ichki auditorlarning malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yil yakunlariga ko‘ra);
sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
57. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Auditorlar respublika jamoat birlashmalarining mazkur Nizom talablariga rioya etishlari ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ichki auditor sertifikatini berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Talabgor

Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni auditorlarning respublika jamoat birlashmalariga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etadi.

Talabgorning xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari

(O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston auditorlar palatasi)

1. Talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunida

2. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, talabgor qabul qilingan qaror to‘g‘risida rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.

Rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kunida

3-bosqich

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari

Malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabarni veb-saytlariga joylashtiradi hamda talabgorga elektron aloqa vositalari orqali xabarnoma ko‘rinishida yuboradi.

Malaka imtihoni o‘tkazilishidan kamida o‘n besh kun oldin muddatda

4-bosqich

Malaka imtihoni komissiyasi

Malaka imtihoni uch soat ichida test sinovi usulida axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Malaka imtihoni natijalari malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Imtihon o‘tkazilgan kuni

5-bosqich

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari

Malaka imtihon natijalarini veb-saytida e’lon qilinadi.

Imtihon o‘tkazilganidan so‘ng ikki ish kunida

6-bosqich

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari

Ichki auditor malaka sertifikati rasmiylashtiriladi va malaka sertifikatining egasiga beriladi.

Imtihon komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtirilgandan sanadan boshlab uch kun muddatda

Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
_______________________________________________________

(auditorlarning respublika jamoat birlashmasining nomi)

_______________________________________________da yashovchi

(yashash manzili)

____________________________________________________dan

(ariza beruvchi F.I.O)

_______________________________________________________

(aloqa telefoni)

_______________________________________________________

(elektron pochta manzili)

ARIZA

Menga ichki auditor sertifikatini olish/amal qilish muddatini uzaytirish uchun* malaka imtihonini topshirishga, qayta rasmiylashtirishga* ruxsat berishingizni so‘rayman.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1. _____________________________________________________________________________________________________________
2. _____________________________________________________________________________________________________________
3. _____________________________________________________________________________________________________________
4. _____________________________________________________________________________________________________________
5. _____________________________________________________________________________________________________________
20___ yil “____” __________
Shaxsiy imzo __________________
* Kerakli so‘zlarning tagiga chiziladi.
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

(N A M U N A)‎

‎‎____________________________________________________________‎

(auditorlarning respublika jamoat birlashmasining nomi)‎

ICHKI AUDITOR SERTIFIKATI‎‎

№ X...X 000000‎‎


‎Rasm



Rasm

‎‎

Toshkent sh.‎ 20___ y. “___” _____________‎‎
___________________________________________________________ga‎

(ichki auditorning F.I.O)

ichki audit xizmatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi ichki auditor sertifikati 20__ yil “___” _______ dan 20___ yil “___” _______ gacha muddatga berildi va har yili malaka oshirishdan o‘tishi shart.‎

Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi
‎(vakolatli shaxs) ‎

‎‎
‎‎


‎QR-kod
‎‎

Sertifikatning amal qilish muddati uzaytirildi:‎‎

20__ y. “___” ___________ dan 20__ y. “___” __________ gacha QR-kod‎‎
20__ y. “___” ___________ dan 20__ y. “___” __________ gacha QR-kod‎‎
20__ y. “___” ___________ dan 20__ y. “___” __________ gacha QR-kod‎‎
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 280-son qaroriga
2-ILOVA
Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRISHLAR
1. 4-bandning beshinchi xatboshidan “tashqi” so‘zi chiqarib tashlansin.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Ichki audit xizmati xodimlari ichki auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lish shart”.
3. 12 va 13-bandlardagi “boshqa majburiy to‘lovlar” so‘zlari “yig‘imlar” so‘zi bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 09/21/280/0424-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)