1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash, infeksiya profilaktikasi hamda davolashda dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminotida uzluksizlikni taʼminlash, shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) “Jurabek Laboratories” MCHJ QK (Oʻzbekiston) tomonidan:
“Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — xitoylik hamkorlar) bilan “ZF-UZ-VAC 2001” (Recombinant Novel Coronavirus Vaccine (CHO Cell) vaksinasini (keyingi oʻrinlarda — “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishilganligi va dastlabki bosqichda xitoylik hamkorlar tomonidan “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi substansiyasini yetkazib berish belgilanganligi;
“Vaksina cheloveka” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda — rossiyalik hamkorlar) bilan “Gam-KOVID-Vak” va Gam-KOVID-Vak-Lio kombinirlangan vektor vaksinasini (keyingi oʻrinlarda — “Sputnik V” vaksinasi) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishilganligi hamda rossiyalik hamkorlar tomonidan dastlabki bosqichda “Sputnik V” vaksinasi substansiyasini yetkazib berish masalasi koʻrib chiqilayotganligi;
b) “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi Xitoy Xalq Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasida hamda “Sputnik V” vaksinasi Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Jurabek Laboratories” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan “ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlarini, shu jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, “ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarining substansiyalari va/yoki “in bulk” ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olgan holda ushbu vaksinalarni, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK tomonidan “Jurabek Laboratories” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan tegishli vaksinalarning laboratoriya sinovlari va roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining ekspertizasini besh ish kunida amalga oshirilishi taʼminlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-avgust,
532-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 17-dekabrdagi 1008-son qaroriga ilovaning rus tili matniga:
a) “Naimenovaniya sirya i materialov, ispolzuyemix dlya proizvodstva lekarstvennix sredstv (v tom chisle vnutriaptechnogo izgotovleniya), izdeliy meditsinskogo naznacheniya i upakovochnix materialov” blokida:
quyidagi mazmundagi 1383 — 1405-pozitsiyalar qoʻshilsin:
havoladagi “ispolzuyemie” soʻzidan keyin “v tom chisle i” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “Naimenovaniya texnologicheskogo i laboratornogo oborudovaniya, komplektuyushix i zapasnix chastey k nim” blokiga kuyidagi mazmundagi 601 — 611-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Termokonteyner mnogorazovogo ispolzovaniya dlya vremennogo xraneniya i transportirovaniya vaksin, sivorotok i drugix lekarstvennix sredstv v komplekte s xladoelementom
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi uchinchi xatboshisi kuyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Xodim tomonidan 30 kun davomida bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib ish soatlariga nisbatan mutanosib ravishda, biroq tegishli lavozimlardan kelib chiqib vrach-laborant, oʻrta tibbiyot xodimi, hamshira-laborant, provizor-farmatsevt xodim, dezinfektor va kichik tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar koʻpi bilan 4 million soʻm, 6 million soʻm, 10 million soʻm va 15 million soʻm miqdorida toʻlanadi.
Bunda vrach xodimlar va boshqaruv xodimlari tomonidan 30 kun davomida bajarilgan ish hajmi belgilangan ish yuklama meʼyoridan kam yoki koʻp boʻlgan taqdirda, maxsus toʻlovlar haqiqatda bajarilgan ish soatlariga nisbatan mutanosib ravishda toʻlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)