Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 2019-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-595-son Qonuni)” 2021-yil 20-maydagi 320-son
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2018-yil 13-dekabrdagi 3-mh-son “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3123, 2019-yil 18-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 10/19/3123/2504-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Nomi va
1-bandidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
a)
nomi va
muqaddimasidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b)
1-banddagi “muassasalari” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlari” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v)
2-banddagi “muassasasida” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotida” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d)
4-banddagi “muassasasi” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkiloti” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e)
5-banddagi “muassasalari” va “muassasasining rahbari” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlari” va “tashkilotining direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z)
7-banddagi “muassasasi rahbari” degan soʻzlar “tashkiloti direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i)
8-banddagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
k)
9-banddagi “muassasasida” degan soʻz “tashkilotida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
l)
10-banddagi “muassasasiga” degan soʻz “tashkilotiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
m)
11-banddagi “muassasasining rahbari” degan soʻzlar “tashkilotining direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
n)
14-banddagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin.