Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilishni, bemorlarning ijtimoiy-huquqiy ahvolini va psixiatriya xizmati mutaxassislarini ijtimoiy himoya qilishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir tadbirlarning idoralararo dasturi ilovaga
* muvofiq maʼqullansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1997-yilda va keyingi yillarda ruhiy kasallarni ehtiyojga muvofiq mehnat qilishga qayta oʻrgatish va ishga joylashtirish uchun zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning bir qismini ixtisoslashtirilgan korxonalarga aylantirsinlar.
Ruhiy kasallarni mehnat qilishga qayta oʻrgatish va ishga joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan korxonalar faoliyati soliq olish masalalari boʻyicha davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari ishi shart-sharoitlariga tenglashtirilsin, ular faoliyatidan olingan daromadlar esa ixtisoslashtirilgan korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va hududiy psixiatriya muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.