1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.03 Bir palatali parlament (OM, OS);
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat aʼzolari / 01.09.02.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining maqomi;
5.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat aʼzolari / 01.09.04.00 Mahalliy xalq deputatlari kengashi deputatining maqomi;
6.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi;
7.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;
8.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar;
9.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
10.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
11.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
12.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
13.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
14.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
15.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
16.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
17.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
18.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
19.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
20.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar;
21.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari;
22.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
23.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
24.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;
25.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
4.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
6.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
7.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
8.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
9.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
10.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish;
11.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik;
12.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari;
13.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
14.Iqtisodiyot / Aloqa;
15.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
16.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
17.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
18.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 45-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, basharti davlat mol-mulki ijaraga berilgan boʻlsa, ijara haqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim”.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta joʻnatmalarini qabul qilib olish, tashish va koʻrsatilgan joyiga yetkazib berish vositalarining yigʻindisi boʻlgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari maʼlumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yigʻindisi boʻlgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat”;
2) 4-moddasidagi tegishli kelishikdagi “Oliy Kengashi” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Oliy Majlisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 5-moddasining birinchi qismidan “Prezidenti huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 6-moddasidagi “yakka tartibdagi, jamoa, davlat va aralash” degan soʻzlar “xususiy va ommaviy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Muayyan egalikdagi yer hududlari”, “aloqa kommunikatsiyalari” va “bunday kommunikatsiyalarni” degan soʻzlar tegishincha “Yer uchastkalari”, “telekommunikatsiyalar liniyalari” va “bunday liniyalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “aloqa kommunikatsiyalarining” degan soʻzlar “pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “aloqa kommunikatsiyalari” degan soʻzlar “telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Pochta va telekommunikatsiyalar koʻrsatadigan universal xizmatlarning tariflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadi.
Pochta va telekommunikatsiyalar koʻrsatadigan xizmatlarning qolgan turlari tariflari qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida belgilanadi”;
9) 14-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aloqa korxonalari koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq javobgar boʻladilar”.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4—5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda) 34-moddasining:
“Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik uchun hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlov miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
“Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik uchun hamda ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini joylashtirganlik uchun toʻlov tushumi, shuningdek bu mablagʻlardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
VI. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanishga hamda undan foydalanuvchilarning barchasi faoliyatiga, shu jumladan aviatsiya faoliyatiga taalluqli munosabatlar respublika hududida ushbu Kodeks, respublikaning boshqa qonunlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizom bilan, shuningdek tegishincha Aviatsiya maʼmuriyati hamda Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari bilan tartibga solinadi”;
2) 3-moddasining matnidan “57” raqami chiqarib tashlansin;
3) 29-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan oʻzga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga kura tegishli boʻlgan hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan yuridik shaxsi yoki fuqarosi shu aerodromning ekspluatanti deb eʼtirof etiladi”;
“Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi:”;
uchinchi qismidagi “uning foydalanishga yaroqliligi haqida sertifikat” degan soʻzlar “aerodromning muvofiqlik sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 62-moddasining ikkinchi qismidagi, 64-moddasining uchinchi qismidagi, 65-moddasidagi, 66-moddasining uchinchi qismidagi, 71-moddasining uchinchi qismi va 73-moddasidagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida parvoz qilish Qoidalari” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“77-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yoʻllari
Havo transportida xalqaro koʻlamda tashishga moʻljallangan, bojxona, chegara va sanitariya-karantin nazorati taʼminlanadigan aeroportlar, aerodromlar havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar deb eʼtirof etiladi.
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlarni, aerodromlarni ochish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Xalqaro havo yoʻllarini ochish haqidagi qaror Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yoʻllarini ochish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi”;
7) 92-moddasining birinchi qismi “shahar aerovokzalida yoxud” degan soʻzlardan keyin “aerodromda” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
VII. “Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 248-modda) 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi havo kodeksida bayon etilgan Aviatsiya maʼmuriyatining vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligi nazorati davlat inspeksiyasi zimmasiga yuklasin”.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 442-II-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 220-modda)
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda):
1) 2-moddasining uchinchi qismidan “roʻyxatga oladilar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 3-moddasining uchinchi qismidagi “axborot jamgʻarmalarini” degan soʻzlar “tarmoq axborot jamgʻarmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “standartlari” degan soʻz “davlat standartlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maʼmuriy-hududiy standartlar”;
modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat yagona va uzluksiz taʼlim tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat taʼlim standartlari ishlab chiqiladi”;
“Isteʼmolchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan oʻzgartishlar “Oʻzdavstandart” organlarida haq olmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. “Oʻzdavstandart” organlarida roʻyxatdan oʻtgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamgʻarmasini tashkil etadi”;
4) 9-moddasi uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish”;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda):
1) 1-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“oʻlchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki Oʻzbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) oʻlchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qoʻllanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan eʼtirof etilishi;
“metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” — oʻlchovlarning yagona birligini taʼminlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada oʻtkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy eʼtirof etilishi;
“oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish” — yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada oʻlchov vositalarini kalibrlashdan oʻtkazishga vakolatli ekanligining rasmiy eʼtirof etilishi;
“oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — oʻlchovdagi xatolik xususiyatlarini tadqiq qilish va baholash;
“davlat metrologiya tekshiruvi” — oʻlchov vositalarining turini tasdiqlash va tekshiruvdan oʻtkazish, ularning tayyorlanishi, taʼmirlanishi, sotilishi va ijaraga berilishini litsenziyalash boʻyicha davlat metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Oʻlchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim”;
ikkinchi qismidagi “attestatsiya” degan soʻz “metrologik attestatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 14-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini oʻtkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish”;
4) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
oʻlchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
oʻlchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish;
oʻlchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan oʻtkazish, kalibrlash;
oʻlchov vositalarini hamda oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan oʻtkazish, metrologik attestatsiya qilish, oʻlchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning oʻlchov vositalarini tayyorlash, taʼmirlash, realizatsiya qilish, ijaraga berishga doir faoliyatini litsenziyalashda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etishlarini guvohlantirish (attestatsiya qilish).
Davlat metrologiya nazorati oʻlchov vositalarini, shu jumladan oʻlcham birliklarining etalonlarini chiqarish, ularning holati va qoʻllanilishi, belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etilishi ustidan, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda “Oʻzdavstandart” qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin”;
5) quyidagi mazmundagi 17-1-modda bilan toʻldirilsin:
“17-1-modda. Oʻlchov vositalarini kalibrlash
Ushbu Qonunning 14-moddasida koʻrsatib oʻtilganidan boʻlak sohalarda qoʻllaniladigan va majburiy tekshiruvdan oʻtkazilmaydigan oʻlchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, taʼmirlashda va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan oʻtkazilishi mumkin.
Oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini oʻlchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega boʻlishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni oʻtkazish tartibi “Oʻzdavstandart” tomonidan belgilanadi”.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Doʻstlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 117-modda) bilan tasdiqlangan “Doʻstlik” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Doʻstlik” ordeni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan tompakdan tayyorlanadi va u bir-biriga joylashtirilgan turli kattalikdagi, markazi bitta boʻlgan ikkita sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi. Katta va kichik yulduzlar oraligi moviy emal bilan toʻldirilgan. Yulduzning burchaklari orasida taraluvchi zarhal, uchlari yumaloqlangan nur tutamlari joylashgan. Katta yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi 47 millimetr, kichik yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi esa 41 millimetr.
Ordenning markazida, diametri 12 millimetrli doira ichida oq kumushrang fonda koʻlni koʻlga berib koʻrishish ramziy tasvirlangan boʻlib, qoʻllar tasvirining ayrim yerlari zarhallangan. Tasvir atrofida, moviy emal berilgan fonda oʻn ikki insoniy fazilat ramzi sifatida oʻn ikkita kumushrang yulduz joylashgan. Sathida yulduzlar joylashgan doira diametri 24 millimetr. Butun tasvir atrofida aylana joylashgan boʻlib, uning yuqori qismiga qizil emal bilan naqsh etilgan “DOʼSTLIK” degan yozuv, pastki qismiga esa zarhal dafna barglari jo boʻlgan. Aylana diametri 33 millimetr.
Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozigʻliq.
Orden moviy, yashil, sariq, qizil rangli, bir-biridan oq yoʻl bilan ajratilgan, eni bir xil rangdor yoʻlli shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
(XIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 167 va 168-moddalar; 1999-yil, № 9, 229-modda) 16-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning” degan soʻzlardan keyin “(kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(XV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 435-II-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 216-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomsi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda):
1) quyidagi mazmundagi 185-1-modda bilan toʻldirilsin:
“185-1-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
birinchi qismining sanksiyasidagi “ellik baravarigacha” degan soʻzlar “ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
birinchi qismining dispozitsiyasidan “yoxud shunday harakatlar pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
a) pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
5) quyidagi mazmundagi 228-1-modda bilan toʻldirilsin:
“228-1-modda. Davlat proba tamgʻalarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Gʻarazgoʻylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlab davlat proba tamgʻasini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish —
mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
6) quyidagi mazmundagi 255-1-modda bilan toʻldirilsin:
“255-1-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5—6, 102-modda, №9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 345-moddasining beshinchi qismi “185” raqamidan keyin “185-1” degan raqam bilan toʻldirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda):
1) quyidagi mazmundagi 219-1-modda bilan toʻldirilsin:
“219-1-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgichiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish —
rangli metallarni, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddasining birinchi qismi “218” raqamidan keyin “219-1” degan raqam bilan toʻldirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vaziri hamda uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va statistika vaziri hamda uning oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman, shahar hokimliklarining iqtisodiyot va statistika boʻlimlari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishiga haqlidirlar”.
(XIX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
(XX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 3-apreldagi OʻRQ-27-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 109-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda; 1998-yil, № 5-6,114-modda, № 9, 164-modda):
1) 1-moddasi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” degan soʻzlardan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi”;
2) mazkur Qonun bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari toʻgʻrisidagi Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni toʻgʻrisidagi matndan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishdagi, oʻz ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulugʻlash yoʻlidagi salmoqli hissalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi”;
3) mazkur Qonun bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining koʻkrak nishonlari tavsifining:
“Oʻzbekiston iftixori” koʻkrak nishoni tavsifi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston iftixori”
Koʻkrak nishoni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 36 millimetrli doira shaklida boʻladi.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida kumushrang aylanma yugurish yoʻlkalari bilan oʻralgan, yashil rangli emal qoplangan stadion maydoni tasvirlangan boʻlib, uning markazida olimpiya ramzi — ichki sathi ham kumushrang beshta oʻzaro tutash halqalar joylashgan. Stadion maydoni uzra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini tutib turgan ikkita kumushrang qoʻl tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida, musamman joylashgan yerda diametri 1,5 millimetrli yoqut joylashtiriladi. Nishonning yuqori yarim aylanasi boʻylab, gerb uzra “OʼZBEKISTON IFTIXORI” degan yozuv joylashgan. Nishonning pastki yarim aylanasida yashil shaffof emal qoplangan dafna navdasi joylashgan boʻlib, uning oʻrtasidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi lenta oʻtgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”;
tavsif “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonining koʻkrak nishoni tavsifi matnidan keyin quyidagi mazmundagi matn bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi”
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholgʻu asbobi — doʻmbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki oʻng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan “XALQ BAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
(XXII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 2-dekabrdagi 709-II-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 65-modda)
(XXIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
(XXIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda) 4-moddasining ikkinchi qismidagi hamda 24-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
XXVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda) 6 va 37-moddalaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(XXVII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
XXVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “El-yurt hurmati” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 163-modda) bilan tasdiqlangan “El-yurt hurmati” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“El-yurt hurmati” ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi. Yulduz burchaklari orasida moviy rangdagi shaffof emal qoplangan, taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi 52 millimetr. Nurlarni oʻz ichiga olgan doira diametri — 49 millimetr.
Ordenning markazida, doirada qizil rangli yoʻl bilan hoshiyalangan Registon arxitektura majmui tasvirlangan. Uning orqasida, fon bilan berilgan, rangli emal qoplangan vodiylar va togʻlar, ular uzra esa moviy osmon fonida chiqib kelayotgan quyosh tasvirlangan. Butun tasvir shaffof emal bilan qoplangan boʻlib, u tasvir uzra yarim doira segmentini tashkil etadi.
Tasvir atrofi aylana bilan hoshiyalangan boʻlib, aylananing yuqori qismida, oq fonda “YEL-UYRT HURMATI” degan yozuv, aylananing pastki qismida yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna novdasi joylashgan.
Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozigʻliq.
Orden Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
XXIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 164-modda) 4-moddasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
XXX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda) 17-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“rejali tekshirishlarni oʻtkazish muddatini koʻchirish toʻgʻrisida, basharti buncha obyektiv asoslar boʻlsa, maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritish”.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
XXXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda) 9-moddasidagi, 12-moddasining ikkinchi qismidagi, 15-moddasining ikkinchi qismidagi, 16-moddasining uchinchi qismidagi, 26-moddasining yettinchi qismidagi, 27-moddasining uchinchi qismidagi, 29-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 33-moddasining ikkinchi qismidagi, 34-moddasining ikkinchi qismidagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
82-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2002-y., 12-son, 216-modda; 220-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 65-modda; 2006-y., 14-son, 109-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)