|
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Togʻ va togʻ oldi hududlarni oʻrmonlashtirish hamda yer eroziyasini oldini olish boʻyicha mahalliy flora tarkibida uchraydigan daraxt va butalar sonini koʻpaytirish | ||||
|
1. |
Chorvoq suv ombori va uning atrofidagi oʻrmon bilan qoplangan hududlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. |
1. Respublika miqyosida mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish. |
2021-yil iyul |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
2. Ishchi guruh bilan Chorvoq suv ombori va uning atrofidagi oʻrmon bilan qoplangan hududlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. |
2021-yil oktyabr | |||
|
3. Xatlov natijasida oʻrmon barpo etiladigan yer maydonlarini aniqlash, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekiladigan daraxt va butalar turlari roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil noyabr | |||
|
4. Talab etiladigan daraxt va butalar urugʻlari va koʻchatlarni tayyorlash, oʻrmon barpo qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini oʻtkazish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, yer tayyorlash usuli, texnologiyasi va koʻchat ekish sxemasini aniqlash. |
doimiy | |||
|
2. |
Chorvoq suv ombori hududini toʻliq oʻrmonzorlashtirish hamda ekologik muvozanatni saqlash uchun doimiy muhofaza qilish choralarin� koʻrish. |
1. Chorvoq suv ombori hududini toʻliq oʻrmonzorlashtirish uchun ishchi guruhni shakllantirish. |
2021-yil avgust |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Chorvoq suv ombori hududini toʻliq oʻrmonzorlashtirish. |
2021 — 2023-yy. | |||
|
3. |
Toshkent viloyatidagi oʻrmonzorlardagi kasallik turini aniqlash va ularga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. |
1. Mavjud oʻrmonzorlardagi kasallik turini aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil avgust |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
|
2. Mavjud oʻrmonzorlardagi kasallik turini aniqlashga qaratilgan ishlarni olib borish. |
doimiy | |||
|
4. |
Oʻrmonlarning tur tarkibini aniqlash, nazorat qilish maqsadida kosmik monitoring tizimi va geoaxborot texnologiyalari (GAT) monitoring platformasini joriy etish. |
1. Oʻrmonlarni tiklash boʻyicha ishlarni nazorat qilish, oʻrmonlarni tiklash jarayonlarini kuzatish, oʻsimliklarni aniqlash hamda nazorat qilish. |
2021-yil noyabr |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻrmonlarni yoshi, zaxirasi, balandligi, biologik mahsuldorligi boʻyicha toifalarga ajratish. |
2021 — 2023-yy. | |||
|
5. |
Masofadan zondlash orqali oʻrmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash ustidan nazorat va monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish. |
1. Yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etgan holda oʻrmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash hamda ular ustidan nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil oktyabr |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻrmonlarga taʼsir qiluvchi salbiy jarayonlarni oʻrganish. |
2021-yil dekabr | |||
|
3. Oʻrmonlarga taʼsir qiluvchi salbiy jarayonlarni oʻrganish va xaritalarini tuzishni (daraxtlarga zararkunandalar va kasalliklarning taʼsiri, oʻrmonlarning qurishi yoki botqoqlanishi, ularning tanazzulga uchrashi va nobud boʻlishiga olib kelish omillarini aniqlashni) yoʻlga qoʻyish. |
2021 — 2023-yy. | |||
|
6. |
Oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish choralarini kuchaytirish. |
1. Davlat oʻrmon fondi yerlarida himoya oʻrmon plantatsiyalarini, shu jumladan Toshkent viloyatida kengaytirish. |
2021 — 2025-yy. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Qishloq xoʻjaligi yerlarida shamol va suv eroziyasidan himoya qilish uchun ularni himoya qiluvchi oʻrmon plantatsiyalarini yaratish. |
2021 — 2025-yy. | |||
|
3. Nukus, Urganch, Xiva va Buxoro shaharlari atrofida “yashil kamarlar” yaratish. |
2021 — 2025-yy. | |||
|
7. |
Mavjud oʻrmon daraxt va butalarining kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan maydonlarni aniqlash maqsadida oʻrmon-patologik kuzatuv olib borish. |
1. Har yili may-iyul oylarida daraxtlarni 30 kunlik oraliq bilan ikki marta uygʻunlashgan (biologik, kimyoviy va mexanik) ishlovlarni amalga oshirish hamda foydali entomofaglar (trixogramma, oltinkoʻz va boshqalar) yetishtirib, tabiatga qoʻyib yuborish (tarqatish). |
doimiy |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
2. Oʻsimliklar zararlanishining oldini olish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish hamda ilmiy tavsiyalar va amaliy qoʻllanmalar ishlab chiqilishini tashkil etish. |
2022-yil yanvar | |||
|
II. Kuchli shamol va changli boʻronlar taʼsirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish | ||||
|
8. |
Oʻzbekistonda qum va chang boʻronlarining salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha salohiyatni oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
1. Milliy harakatlar rejasi loyihasini tayyorlash. |
2021-yil sentyabr |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Milliy harakatlar rejasi loyihasini jalb qilingan vazirlik va idoralar bilan muvofiqlashtirish. |
2021-yil dekabr | |||
|
3. Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. |
2022-yil fevral | |||
|
9. |
2023-yilgacha respublikaning barcha hududlarida Koʻkalamzorlashtirish tizimini rivojlantirish dasturini qabul qilish. |
1. Koʻkalamzorlashtirish tizimini rivojlantirish dasturi loyihasini tayyorlash. |
2021-yil sentyabr |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Har bir mintaqa uchun Koʻkalamzorlashtirish tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. |
2022-yil fevral | |||
|
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mintaqada Koʻkalamzorlashtirish tizimini rivojlantirish dasturini tasdiqlash. |
2022-yil fevral | |||
|
10. |
Changli boʻronlar kuzatiladigan mavsumlarda Chorvoq suv ombori joylashgan hudud uchun xavfli meteorologik hodisalar toʻgʻrisida oldindan ogohlantiruvchi qisqa muddatli prognozlash amaliyotini joriy etish. |
1. Chorvoq suv ombori joylashgan hudud uchun xavfli meteorologik hodisalar toʻgʻrisida oldindan ogohlantirish tizimini ishlab chiqish. |
2021-yil noyabr |
Gidrometeorologiya xizmati markazi, Toshkent viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Chorvoq suv ombori joylashgan hudud uchun xavfli meteorologik hodisalar toʻgʻrisida oldindan ogohlantiruvchi qisqa muddatli prognozlash amaliyotini joriy etish. |
2022-yil yanvar | |||
|
III. Chorva mollarining boqilish hududlari va chiqindi zonalarini tartibga solish | ||||
|
11. |
Chorvoq suv ombori va unga tutash hududdagiyer maydonlarining mahsuldorligidan kelib chiqib, belgilangan meʼyorda chorva mollari boqilishini tartibga solish. |
Chorvoq suv ombori va unga tutash hududdagiyer maydonlarining mahsuldorligidan kelib chiqib, chorva mollarini yaylovlardan foydalanish normalari hamda muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda belgilangan hududlarda chorva mollarining boqilishini cheklash. |
2021-yil iyul |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
12. |
Noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlashda yerni masofadan zondlash hamda kosmik monitoring texnologiyasini joriy etish. |
1. Noqonuniy qurilish obyektlarini (bino va inshootlarni) aniqlash. |
2021-yil oktyabr |
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Kadastr agentligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
2. Yerni masofadan zondlash hamda kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etgan holda aniqlangan noqonuniy qurilish obyektlari ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyish. |
doimiy | |||
|
13. |
“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida turistlar gavjum boʻlgan joylarda maishiy chiqindilarni tashlash va yigʻish punktlarini koʻpaytirish hamda javobgarlik choralarini kuchaytirish. |
1. Turistlar gavjum boʻlgan joylarda maishiy chiqindilarni tashlash va yigʻish punktlarini koʻpaytirish. |
2021-yil sentyabr |
Turizm va sport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi |
|
2. Maishiy chiqindilarni tashlash va yigʻish punktlarini koʻpaytirish hamda javobgarlik choralarini kuchaytirish. |
2022-yil avgust | |||
|
14. |
“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududlarining turistik jozibadorligini oshirish maqsadida keng jamoatchilikni jalb etgan holda ekolagerlar tashkil etish. |
1. Ekolagerlar tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
2021-yil sentyabr |
Turizm va sport vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi |
|
2. Ekolagerlar tashkil etish boʻyicha tadbirlar (aksiyalar) oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil dekabr | |||
|
IV. Oʻsimlik qoplamining qisqarishiga taʼsir etuvchi tizimli omillarni oʻrganishga qaratilgan keng koʻlamdagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish | ||||
|
15. |
Chorvoq suv ombori hududining ekotizimini himoya qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini oʻtkazish. |
1. Mavzu doirasida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish. |
2021-yil avgust |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Loyihalar tanlovini eʼlon qilish. |
2021-yil sentyabr | |||
|
16. |
Iqlim oʻzgarishi muammolarini hal qilish uchun Qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsiyalar, tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dasturni ishlab chiqish va qabul qilish. |
1. Hududiy dastur loyihasini tayyorlash. 2. Hujjat loyihasini Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan kelishish. 3. Mintaqaviy dasturni amalga oshirish. |
2021 — 2025-yy. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
17. |
“Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimi” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish. |
1. Tadbir dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish. |
2022-yil sentyabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish. |
2023-yil II chorak | |||
|
3. MDH, Yevropa, Osiyo va boshqa mamlakatlar olimlari va mutaxassislarining taklifi bilan xalqaro konferensiya tashkil etish. |
2024-yil II chorak | |||
|
V. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash | ||||
|
18. |
Iqlim va hudud infratuzilmasining oʻzgarishini hisobga olgan holda, Chorvoq suv ombori joylashgan hududda atmosfera havosi sifati monitoring tizimi uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish. |
1. Dasturiy taʼminot loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil avgust |
Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
|
2. Chorvoq suv ombori joylashgan hududda atmosfera havosi sifati monitoringi dasturiy taʼminotni tegishli manfaatdor vazirlik va idoralarga yetkazish. |
2021-yil noyabr | |||
|
19. |
“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida kottedjlar qurilishi amaliyotini qisqartirib, koʻp qavatli, jahon standartlariga mos mehmonxonalar qurish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Qurilish ishlari, qurilish maydoni umumiy yer qismining 40% dan koʻp boʻlmagan qismida amalga oshirilishini hamda loyiha maydoniga qarab har 50 sotix uchun 60 tup daraxt ekish va parvarish qilish majburiyatini yuklash amaliyotini tatbiq qilish. |
doimiy |
Turizm va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Boʻstonliq tuman hokimligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi |
|
20. |
Chorvoq suv ombori hududida Gidrometeorologiya xizmatining avtomatik oʻlchov postini Yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish. |
Chorvoq suv ombori hududida avtomatik oʻlchov postini Yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish boʻyicha chora tadbirlarni amalga oshirish. |
2021-yil noyabr |
Gidrometeorologiya xizmati markazi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
|
21. |
Chorvoq suv omborining suvni muhofaza qilish zonasi va qirgʻoq boʻyi mintaqasini belgilash. |
Chorvoq suv ombori suvni muhofaza qilish zonasining qirgʻoq boʻyi mintaqasini belgilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish. |
2022-yil yanvar |
Oʻzbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyati, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
|
22. |
Chorvoq suv ombori suv sathining vaqt davomida oʻzgarishi dinamikasini kuzatishda yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etish. |
1. Chorvoq suv omborining suv sathini yerni masofadan zondlash hamda kosmik monitoring texnologiyalarini qoʻllagan holda tahlil qilish va kuzatuv ishlarini yoʻlga qoʻyish. |
har yili |
Oʻzbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyati, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Chorvoq suv omborining suv sathining vaqt davomida oʻzgarishi dinamikasini, muhofaza zonalarini monitoring qilish maqsadida yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etish. |
2021-2022-yy. | |||
|
VI. Koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish | ||||
|
23. |
Respublikaning barcha hududlarida koʻchat materiallari (koʻchatlar va urugʻdan koʻkartirilgan koʻchatlar) yetishtirish uchun koʻchatxonalar yaratish. |
1. Koʻchatzorni yaratish uchun hududni tanlash. |
2021-yil dekabr |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab daraxtlar va butalarning navlarini aniqlash. |
2021-yil dekabr | |||
|
3. Ekish materiallarini yetishtirishni tashkil etish. |
har yili | |||
|
24. |
Davlat oʻrmon fondiga kiritilmagan erlarga daraxtlar va butalarni ekish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish. |
1. Arxitektura va landshaft dizayni talablarini inobatga olgan holda, 377,4 million daraxt va butalarni ekish uchun shahar va aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish uchun hududlarni aniqlash. |
2021 — 2023 har yili ekishdan oldin |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Sugʻorish tarmoqlarini tayyorlash va sugʻorishning zamonaviy usullari orqali ekishni tashkil etish. |
har yili bahorda | |||
|
3. Masʼul shaxslarni aniqlash va ularga ekilgan daraxtlarni biriktirish. |
har yili 1-maygacha | |||
|
4. Koʻkalamzorlashtirish va daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash. |
har yili | |||
|
25. |
Toshkent shahri va viloyatidagi pilot maydonlarida davlat oʻrmon fondiga kiritilmagan daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mobil ilova yaratish. |
1. Pilot maydonlardagi daraxtlarni inventarizatsiya qilish. |
2021-yil dekabr |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish. |
2022-yil noyabr | |||
|
3. Yagona axborot bazasini yaratish va undan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
2023-yil yanvar | |||
|
26. |
Oʻrmon fondi yerlarida innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash orqali “Aqlli oʻrmon xoʻjaligi” (Smart forestry) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish. |
1. Loyiha oldi oʻrganishni va maʼlumotlar tahlilini amalga oshirish. |
2021-yil dekabr |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish hamda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazgan holda tasdiqlash. |
2022-yil fevral | |||
|
3. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ijrochi tashkilotni aniqlash va shartnomani imzolash. |
2022-yil may | |||
|
4. Dasturda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash ishlarini taʼminlab borish. |
2022-yil sentyabr | |||
|
Ilmiy tadqiqot mavzusi |
Ilmiy tadqiqot shakli |
Kutilayotgan asosiy natijalar |
Ilmiy tadqiqot natijalarining isteʼmolchisi | |
|
1. |
Masofaviy zondlash maʼlumotlaridan foydalangan holda oʻsimlik qoplami oʻzgarishini monitoring qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan Milliy dasturiy mahsulot yaratish. |
amaliy |
1. Masofaviy zondlash maʼlumotlari asosida oʻsimlik qoplami diagnozining sintezli usuli ishlab chiqiladi. 2. Oʻsimlik qoplami monitoringini bajarishda belgilangan vaqt oraliqlari uchun oʻsimlik qoplami dinamikasini kuzatish imkoniyati yaratiladi. 3. Oʻzbekistonning choʻl va chalachoʻl viloyatlaridagi yaylov oʻsimliklari qoplami agrometeorologik prognozlashtiriladi. 4. Yer resurslari degradatsiyasini tahlil qilishga imkon beruvchi avtomatlashtirilgan texnologiya yaratiladi. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi |
|
2. |
Turli ekotizimlar kesimida suv va shamol eroziyasining oldini olishga qaratilgan va intensiv oʻsish xususiyatiga ega daraxt-butalar yordamida shamol oqimini susaytiruvchi ihota oʻrmonzorini tashkil etish. |
amaliy |
1. Suv va shamol eroziyasining oldini olish choralari koʻriladi. 2. Intensiv oʻsish xususiyatiga ega daraxt-butalar tanlanadi va ekiladi. 3. Shamol oqimini susaytiruvchi ihota oʻrmonzori tashkil etiladi. |
Toshkent viloyati Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi |
|
3. |
“Tuproq klinikasi” mobil innovatsion laboratoriyasidan foydalanib, Chorvoq suv ombori hududida tuproq qa�lamlarining tarkibini tahlil qilish orqali havoga chang koʻtarilishini oʻrganish. |
amaliy |
1. “Tuproq klinikasi” mobil innovatsion laboratoriyasidan foydalanib, Chorvoq suv ombori hududida tuproq qatlamlarining tarkibi tahlil qilinadi. 2. Chorvoq suv ombori hududida havoga chang koʻtarilishi oʻrganiladi. 3. Tegishli tavsiyalar tayyorlanadi. |
Toshkent viloyati Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi |
|
4. |
Masofaviy zondlash, kosmik suratlar va kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etgan holda, davlat oʻrmon kadastri va oʻrmon xoʻjaligi monitoringini yuritishning yangi uslubiyatini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi hududlarining chegaralarini aniqlash, oʻrmon yer fondini guruhlarga ajratish, oʻrmonlarga salbiy taʼsir qiluvchi jarayonlarni oʻrganish va xaritalarini tuzish hamda olingan maʼlumotlarning avtomatlashtirilgan Milliy dasturiy taʼminotini yaratish va unga integratsiya qilish. |
amaliy |
1. Oʻrmon fondining hayotiy davrini, shu jumladan oʻrmonlarning turlari va tarkibini aniqlash, oʻrmonlarning yoshi, zaxirasi, balandligi, biologik mahsuldorligi, daraxtlarga zararkunandalar va kasalliklarning taʼsiri, oʻrmonlarning qurishi yoki botqoqlanishi, ularning tanazzulga uchrashi hamda nobud boʻlishiga olib kelishi omillarini aniqlash, kuzatish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi. 2. Oʻrmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash va shu kabi holatlar ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli sinov platformalari yaratiladi. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
5. |
Madaniy holda barpo etilgan yongʻoqmevali va boshqa turdagi oʻrmonlarning turli kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish boʻyicha tadqiqotlar olib borish. |
amaliy |
Madaniy holda barpo etilgan yongʻoqmevali va boshqa turdagi oʻrmonlarda uchraydigan har xil turdagi kasallik va zararkunandalar tarqalishining oldi olinib, bartaraf etiladi. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
6. |
Oʻrmon bilan qoplanmagan suvsiz yerlarda madaniy oʻrmonzorlar barpo etishda tuproq namligini oshiruvchi nanoyelimlar hamda konteynerli bloklarni qoʻllagan holda koʻchatlar koʻkaruvchanligini 70-80 foizgacha oshirishga imkon yaratuvchi koʻchat ekishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish. |
innovatsion |
Madaniy oʻrmonlarning ilmiy asoslangan holda yuqori koʻkaruvchanlikka ega boʻlgan tizimi yaratiladi. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent viloyati hokimiyati |
|
7. |
Togʻ va togʻ oldi maydonlarida tuproq degradatsiyasi hamda choʻllanish jarayonlariga qarshi oʻrmonmeliorativ, shu jumladan fitomeliotiv oʻsimliklarni koʻpaytirish, tuproqlarning fizik va mexanik xossalarini yaxshilash. |
amaliy |
Togʻ va togʻoldi maydonlarida ilmiy asoslangan holda yuqori koʻkaruvchanl�kka ega boʻlgan madaniy oʻrmonzorlar barpo etish orqali, tuproqlarning fizik va mexanik xossalari yaxshilanadi hamda shu orqali koʻchat ekiladigan hududlar areali kengayadi. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimiyati, Fanlar akademiyasi |
|
8. |
Chorvoq suv ombori oʻsimliklar qoplamining holatini baholash va ularning monitoringini yuritishda, informatsion-axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali, oʻsimliklar qoplamining hozirgi va kelajakdagi holatini modellashtirish. |
fundamental, amaliy |
1. Tadqiqot hududi oʻsimliklar turlari va tarkibi shakllantiriladi. 2. Oʻsimliklar tarqalgan fitotsenozlar aniqlanadi, ularning botanik tarkibi tavsiflanadi hamda GAT xaritalari yaratiladi. 3. Kamyob oʻsimlik tsenopopulatsiyalarining strukturalari va tiplari har bir tadqiqot obyekti populatsiyalarining zamonaviy holatiga baho beriladi. 4. Turlarning optimal va kritik holatdagi populatsiyalari aniqlanadi hamda uning sabablari ochib beriladi. MaxEnt dasturida klimatik ssenariylar yordamida turlarning tarixiy va zamonaviy areallarining shakllanishi modeli yaratiladi hamda bu oʻz navbatida kelajakda iqlim oʻzgarishi natijasida areali qisqarib ketadigan turlarning muhofazasini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
|
9. |
Chorvoq suv ombori hududida ihota oʻrmonzorlarini barpo etish, tuproq tarkibidagi changlardan samarali himoyalanish hamda tuproq eroziyasidan saqlanish maqsadida, mahalliy flora tarkibida uchraydigan doʻlana, bodom, zarang, shumtol, qatrangʻi va olma kabi daraxt hamda buta turlarini koʻpaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. |
amaliy |
1. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi, Burchmulla oʻrmon xoʻjaligi boʻlimi va Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda Chorvoq suv ombori hududida ihota oʻrmonzorlarini barpo etish mumkin boʻlgan turlar boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. 2. Hududda tuproq eroziyasidan saqlanish maqsadida, foydalanish mumkin boʻlgan oʻsimliklarning turlarini ekish boʻyicha texnologik xaritalar yaratiladi. 3. Hududda tuproq tarkibidagi changlardan samarali himoyalanishda foydalanish mumkin boʻlgan oʻsimlik turlarini koʻpaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. 4. Mahalliy flora tarkibida uchraydigan doʻlana, bodom, zarang, shumtol, qatrangʻi va olma kabi daraxt hamda buta turlarini koʻpaytirish texnologik xaritalar ishlab chiqiladi. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, �rmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi |
|
10. |
Chorvoq suv ombori va unga yondosh hududlarda mavjud ihota oʻrmonzorlaridagi umurtqasiz hayvonot dunyosi obyektlarining holatini baholash, turlar tarkibini aniqlash, oʻsimlik zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurashish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. |
amaliy |
1. Chorvoq suv ombori hududida mavjud va barpo etilishi moʻljallangan ihota oʻrmonzorlaridagi umurtqasiz hayvonot dunyosining turlari tarkibi aniqlanadi. 2. Ihota oʻrmonzorlaridagi umurtqasiz hayvonlarning zamonaviy holati baholanadi. 3. Oʻsimlik zararkunandalaridan himoya qilishda biologik usullar yordamida qarshi kurashishga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi |
|
11. |
Yashil iqlim fondi (YIF), Moslashish fondi (MF), Global ekologik fond (GEF) va boshqa xalqaro tashkilotlarning iqlim oʻzgarishiga moslashish �oʻyicha loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish. |
innovatsion |
Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi hududlarda iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha olingan natijalar ushbu hududga joriy etiladi. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |