toggle_night_mode
Hujjat 05.08.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Ruspublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 5-avgust 2021-yilda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2236-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 805-son “Baholovchilar va rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
01/11-14/08-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 19-iyuldagi 01/11-14/08-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-son “Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2236, 2011-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 252-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-son “Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 2014-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 13-son, 146-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/14-son “Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2236-2, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 748-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 23-yanvardagi 01/19-10/06-son “Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2236-3, 2018-yil 12-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 18-maydagi 01/19-10/22-son “Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2236-4, 2018-yil 5-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2236-4/1326-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 10/21/2236-5/0758-son)