Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-son
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining
14 va
16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiviga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Milliy arxiviga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
12-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiviga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Milliy arxiviga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur Yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan.