1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qaror va farmoyishlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish jarayonini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyundagi 390-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-iyul,
469-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 469-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovaning 18-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida qaror loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi”.
a) 9-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “1 kun muddatda” soʻzlari “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat — 1 kun muddatda Mahalliy vakillik organi — belgilangan muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida mazkur Tartibda qarorlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan hollarda, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi”.
a) 7-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “1 kun muddatda” soʻzlari “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat — 1 kun muddatda Mahalliy vakillik organi — belgilangan muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Mahalliy vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarida mazkur Tartibda qarorlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish uchun nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan hollarda, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son)