Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-son
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining
14 va
16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
3. Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1068-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
47-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari ochiq va oshkora tarzda oʻtkaziladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi”.