

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-553097" id="onLBC-553097">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6893"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati;</span></div><div id="LBC9427"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-553097" id="onLS-553097">[<b>TSZ:</b><div id="LS9114"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;</span></div><div id="LS4601"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Energetika]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-555171" id="-555171">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-555172" id="-555172">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-555173" id="-555173">“KOʻMIR” AKSIYADORLIK BIRLASHMASI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA 2002—2010-YILLARDA RESPUBLIKA KOʻMIR SANOATINI RIVOJLANTIRISH DASTURINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="EXTRACT"><div name="-946599" id="-946599">[Koʻchirma]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-555174" id="-555174"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628657" id="-628657">Koʻmir ishlab chiqarishni barqaror ravishda koʻpaytirishni taʼminlash va uning energiya manbalari tarkibidagi ulushini oshirish, koʻmir sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, koʻmir tarmogʻi korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628658" id="-628658">1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-martdagi 112-f-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2002—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi koʻmir sanoatini rivojlantirish Dasturi <a href="/mact/-553097#-629298">1-ilovaga </a>muvofiq maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628659" id="-628659">2. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628661" id="-628661">Koʻmir sanoatini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishga doir tadbirlar 2-ilovaga<a href="/mact/-553097#-1003514">* </a>muvofiq;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003514" id="-1003514">*2-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628662" id="-628662">2002—2010-yillarda Yangi Angren IESini va Angren IESini rekonstruksiya qilishga doir tadbirlar 3-ilovaga<a href="/mact/-553097?ONDATE=04.06.2002 00#-1003516">* </a>muvofiq;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003516" id="-1003516">*3-ilova berilmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-644369" id="edi-644369"><a href="/mact/-553097?ONDATE=04.06.2002 00#-628663">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-644369" id="-644369">(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-son <a href="/mact/-334691?ONDATE=21.06.2004 00#-337227">qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 288-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-644385" id="edi-644385"><a href="/mact/-553097?ONDATE=04.06.2002 00#-644374">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-644385" id="-644385">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-son <a href="/mact/-334691?ONDATE=21.06.2004 00#-337227">qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 288-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628667" id="-628667">4. “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi va uning korxonalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun 7-ilovaga<a href="/mact/-553097#-1003523">*</a> muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003523" id="-1003523">*7-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628684" id="-628684">Komissiya bir oy muddatda “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi va uning korxonalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin va u tugallangach Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-628685" id="onLBC-628685">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6144"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;</span></div><div id="LBC6890"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-628685" id="-628685">5. Vositachilar sonini qisqartirish, tarmoqni boshqarish mexanizmini takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekkoʻmir” sotish firmasi tugatilsin va uning hududiy boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga berilsin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-644396" id="edi-644396"><a href="/mact/-553097?ONDATE=04.06.2002 00#-644387">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-644396" id="-644396">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-son <a href="/mact/-334691?ONDATE=21.06.2004 00#-337227">qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 288-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-644458" id="edi-644458"><a href="/mact/-553097?ONDATE=04.06.2002 00#-629279">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-644458" id="-644458">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son <a href="/mact/-365680?ONDATE=25.10.2004 00#-366171">qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-629280" id="onLBC-629280">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18910"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;</span></div><div id="LBC6885"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;</span></div><div id="LBC6890"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629280" id="-629280">8. “Krupp Ferdertexnik Gmbx” kompaniyasi (Germaniya) tomonidan “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bilan birgalikda “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilgani, unda Germaniyaning “MAN Takraf” firmasi bilan konsorsiumda zamonaviy import texnologik asbob-uskunalar yetkazib berilishi nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-629281" id="onLBC-629281">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9332"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;</span></div><div id="LBC6914"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629281" id="-629281">Mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlash “Germes” jamiyati (Germaniya)ning sugʻurta qoplamasi ostida Germaniya banklari kreditlari hisobiga, shu jumladan koʻmir tarmogʻini texnika bilan qayta jihozlashning birinchi bosqichi boʻyicha (42 mln. Germaniya marksasi miqdorida) — “Bank Gezelshaft Berlin AG” (Germaniya) kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629282" id="-629282">9. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-629283" id="onLBC-629283">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6885"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;</span></div><div id="LBC9428"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629283" id="-629283">Yangi Angren IESining beshta energobloki 11-ilovaga<a href="/mact/-553097#-1003527">*</a> muvofiq 2010-yilgacha koʻmirdan yil davomida foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkazilishini;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003527" id="-1003527">*11-ilova berilmaydi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-629284" id="onLBC-629284">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6924"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;</span></div><div id="LBC9428"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;</span></div><div id="LBC9451"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629284" id="-629284">ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasi hajmini saqlab qolgan va 2010-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishni yiliga 1,37 mlrd kVt. soatgacha koʻpaytirgan holda Angren IESi toʻliq taʼmirlanishini;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-629285" id="onLBC-629285">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6919"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629285" id="-629285">Yangi Angren IESi uchun qoʻshimcha kul-shlak tashlash joylari qurishning dastlabki bosqichini, ularning 8,3 mln tonna sigʻimli birinchi navbatini 2004-yilda tugallagan holda 2002-yilda boshlanishini;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-629286" id="onLBC-629286">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6885"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629286" id="-629286">koʻmir sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-644282" id="edi-644282"><a href="/mact/-553097?ONDATE=04.06.2002 00#-629287">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-644282" id="onLBC-644282">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18909"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;</span></div><div id="LBC6890"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-644282" id="-644282">10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida 2002—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi koʻmir sanoatini rivojlantirish <a href="/mact/-553097?ONDATE=04.06.2002 00#-629298" unselectable="on">Dasturiga </a>kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini har yili nazarda tutsinlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-644298" id="-644298">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son <a href="/mact/-243634?ONDATE=28.02.2003 00#-472040">qarori </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629288" id="-629288">11. “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin, unda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629289" id="-629289">ular tomonidan yilning I choragida yillik koʻmir xaridlari uchun avans toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629290" id="-629290">ularga koʻmirni yil mobaynida, toʻlov vaqtida amalda boʻlgan narx boʻyicha (koʻmirni kelishilgan joydagi isteʼmolchigacha yetkazib berish qiymatini hisobga olgan holda) tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi korxonalari tomonidan koʻmirni yetkazib berish muddatlari va sifati boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish yuzasidan masʼuliyati bilan yetkazib berish imkoniyatini nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629292" id="-629292">15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga va budjet tashkilotlariga koʻmir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-oktabrdagi 516-son <a href="/mact/-877200">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629293" id="-629293">16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V. Yu. Atayev va R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-629294" id="-629294">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-629295" id="-629295">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-629296" id="-629296">2002-yil 4-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-629297" id="-629297">196-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-629298" id="-629298"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-629299" id="-629299">Vazirlar Mahkamasining <br />2002-yil 4-iyundagi 196-son <a href="/mact/-553097#-555171">qaroriga</a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-629300" id="-629300">2002—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi koʻmir sanoatini rivojlantirish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-629301" id="-629301">DASTURI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-629302" id="-629302"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-629303" id="-629303">I. Kirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629304" id="-629304">Tarmoqning mavjud salohiyatidan eng samarali foydalanish yoʻllarini aniqlash va shart-sharoitlarni shakllantirish 2002—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi koʻmir sanoatini rivojlantirish dasturining maqsadi hisoblanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629305" id="-629305">respublikaning yoqilgʻi mustaqilligini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonning sifatli yonilgʻiga boʻlgan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629306" id="-629306">elektr energiyasi ishlab chiqarishda yoqilgʻi resurslari tarkibida koʻmirning ulushini 2010-yilda 15 foizgacha yetkazgan holda Angren konini qazishning ochiq usulini rivojlantirish hisobiga koʻmir qazib olishni bosqichma-bosqich koʻpaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629307" id="-629307">koʻmir sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629308" id="-629308">koʻmir qazib oluvchi korxonalarning ishonchli va barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlovchi ustuvor yoʻnalishlarni tanlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629309" id="-629309">yuqori unumli asbob-uskunalardan foydalangan holda zamonaviy texnologiyani joriy etish asosida kon ochish ishlarida kon ishlarini va texnologik transportni takomillashtirish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-629310" id="-629310">II. Koʻmir sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629311" id="-629311">1. Zamonaviy texnologiyani va yuqori unumli asbob-uskunalarni joriy etgan holda “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629312" id="-629312">2. “Angren” konidan boʻshaydigan kon-transport asbob-uskunalaridan foydalangan holda “Apartak” konini rekonstruksiya qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629313" id="-629313">3. 2010-yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarishda energiya resurslari isteʼmoli tarkibida koʻmirning ulushini 15 foizgacha koʻpaytirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629314" id="-629314">4. Qoʻshimcha ravishda qazib olinadigan foydali qazilmalarni oqilona qazib olish va sotish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629315" id="-629315">5. Konlarning barqaror energiya taʼminotini rivojlantirish va taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629316" id="-629316">6. Temir yoʻl transportining yuk tashish quvvatini oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629317" id="-629317">7. Importning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mashina va asbob-uskunalarning mavjud parkini taʼmirlash va tiklash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629318" id="-629318">8. “Angren” konida koʻchkilarni barqarorlashtirish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-629319" id="-629319">1. “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629320" id="-629320">“Angren” konini texnika bilan qayta jihozlashni 2002—2010-yillarda olti bosqichda (1-jadval)<a href="/mact/-553097#-1003537">*</a> amalga oshirish moʻljallanmoqda va quyidagilarni joriy etish nazarda tutilmoqda:</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003537" id="-1003537">*1-jadval berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629321" id="-629321">koʻmir qatlamlari va bevosita koʻmir qatlamlari ustida yotgan kon yuzasini ochishda (ikkilamchi kaolinlar) rotor ekskavator, qayta yuklagich, konveyer, togʻ jinslari hosil qiluvchini oʻz ichiga oluvchi uzluksiz texnologiya;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629322" id="-629322">kon jinslarini koʻchma maydalagichlar yoki avtoyukagʻdargichlarga yuklagan, bir choʻmichli ekskavatorlardan foydalangan holda siklli-uzluksiz texnologiya. Maydalagichlar yoki avtoyukagʻdargichlar kon jinsini maydalash qurilmalarigacha yetkazib beradi, soʻngra kon jinslari konveyerlar bilan uyumlargacha tashiladi, u yerda qattiq jinsli kon yuzasini ochish ishlarida togʻ jinslari hosil qilish qoʻllanilgan holda joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629323" id="-629323">“Angren” konini texnika bilan qayta jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629324" id="-629324">birinchi bosqichni 2003-yil 1-martgacha foydalanishga topshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629345" id="-629345">ishlarni 2003-yil 1-dekabrgacha tugallagan holda 2002-yilning ikkinchi yarim yilligida ikkinchi bosqichga kirishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629346" id="-629346">qolgan bosqichlarni tadbirlarga muvofiq bajarish (1-jadval) nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629348" id="-629348">“Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629350" id="-629350">konda kon yuzasini ochish ishlari hajmini 2001-yildagi 11,2 mln kub metrdan 2010-yilda 62,7 mln kub metrgacha koʻpaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629351" id="-629351">zamonaviy texnologiyani va yuqori unumli asbob-uskunalarni (qoʻllash hisobiga oʻtgan yillarda yoʻl qoʻyilgan 54 mln kub metr hajmdagi kon yuzasini ochishdagi qoloqlikning oʻrnini 2007-yilda toʻldirish. 2010-yilda kon yuzasini ochish ishlari umumiy hajmining 64 foizini konveyer transporti bilan bajarish moʻljallangan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629353" id="-629353">kon bortlarini talab etiladigan parametrlarga (16 gradusdan 12 gradusgacha) toʻgʻrilash tufayli kondagi ishlab chiqarish vaziyatini barqarorlashtirish, bu amalda mahalliy koʻchki hodisalarini bartaraf etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-644265" id="-644265">2004-yildan boshlab oʻsishga erishgan holda koʻmir qazib olishni 2001-yildagi 2,1 mln tonnadan 2010-yilda 7,8 mln tonnagacha koʻpaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629356" id="-629356">bir tonna koʻmir tannarxini 2001-yildagi 10,38 AQSH dollardan 2010-yilda 7,85 AQSH dollarigacha pasaytirish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-629358" id="-629358">2. “Apartak” konini rekonstruksiya qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629359" id="-629359">Tarmoq boʻyicha koʻmir qazib olish hajmlari yillik oʻsishini taʼminlash uchun “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash davrida Dasturda “Apartak” konini rekonstruksiya qilish nazarda tutilgan. Bu 2010-yilga borib koʻmir qazib olishning 1,5 mln tonna hajmida oʻsishini taʼminlaydi (2-jadval<a href="/mact/-553097#-1003538">*</a>).</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003538" id="-1003538">*2-jadval berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629361" id="-629361">“Apartak” konini rekonstruksiya qilish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629363" id="-629363">“Angren” konidan boʻshagan kon-transport asbob-uskunalaridan taʼmirlangandan va tiklangandan keyin foydalanishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629364" id="-629364">2004-yilda Angren shahrida ishlab turgan 6,9 km uzunlikdagi oraligʻi keng birlashtiruvchi shoxobcha qurgan holda temir yoʻl transportini rivojlantirishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629367" id="-629367">koʻmirni zaboylardan koʻmir omborigacha avtomobilda tashish oʻrniga konveyerda va temir yoʻl transportida tashishga oʻtishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629369" id="-629369">2005-yilda “Apartak” yuk ortish temir yoʻl stansiyasi qurishni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629371" id="-629371">“Apartak” konini rekonstruksiya qilish dasturining bajarilishi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629372" id="-629372">kon yuzasini ochishni 2001-yildagi 1,9 mln kub metrdan 2010-yilda 15,0 mln kub metrgacha yoki 7,9 baravar, shu jumladan temir yoʻl transporti bilan 0,4 mln kub metrdan 11,5 mln kub metrgacha yoki 28,7 baravar koʻpaytirishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629374" id="-629374">koʻmir qazib olishning 2001-yildagi 214 ming tonnadan 2010-yilda 1,5 mln tonnagacha oʻsishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629375" id="-629375">koʻmir qazib olish tannarxining 2001-yildagi 10,47 AQSH dollaridan yilda 6,66 AQSH dollarigacha pasaytirilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-629377" id="-629377">3. Elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida koʻmir isteʼmoli oʻsishini koʻpaytirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629380" id="-629380">Yetakchi mamlakatlarning koʻmir tarmogʻini ustuvor rivojlantirishga asoslangan energetika va xom ashyo strategiyasiga muvofiq Dasturda yoqilgʻi-energetika balansida elektr energiyasi ishlab chiqarishda koʻmirning ulushini 2001-yildagi 4,7 foizdan 2010-yilda 15 foizgacha koʻpaytirish nazarda tutilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629382" id="-629382">Ushbu vazifani bajarish uchun koʻmir qazib olishni 2001-yildagi 2,7 mln tonnadan 2010-yilda 9,4 mln tonnagacha koʻpaytirish nazarda tutilmoqda (3 va 3a-jadvallar<a href="/mact/-553097#-1003539">*</a>). Bunda:</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003539" id="-1003539">*3 va 3a-jadvallar berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629384" id="-629384">Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining beshta energiya bloki koʻmirdan yil davomida foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi (4-jadval<a href="/mact/-553097#-1003540">*</a>);</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003540" id="-1003540">*4-jadval berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629385" id="-629385">Angren issiqlik elektr stansiyasida koʻmirni uzatish va yoqish uchun ishlab turgan asbob-uskunalar zamonaviylashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-629387" id="-629387">4. Qoʻshimcha ravishda qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona foydalanish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629389" id="-629389">Olib borilgan tadqiqotlar, sanoat sinovlari natijasida kon yuzasini ochishda qoʻshimcha ishlov beriladigan foydali qazilmalarni qoʻllashning keng koʻlami tasdiqlandi. Qazish ishlari hajmi kon yuzasini ochish ishlari koʻpaygani sari oʻsib boradi (5-jadval<a href="/mact/-553097#-1003541">*</a>).</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003541" id="-1003541">*5-jadval berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629391" id="-629391">“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda qurilish materiallari ishlab chiqarishda qoʻshimcha xom ashyo materiallarini keng qoʻllash imkoniyati ishlab chiqildi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629392" id="-629392">Ohangaron va Bekobod zavodlarida sement ishlab chiqarishda “Angren” koni ohaktoshidan foydalanish (yiliga 1 mln tonnagacha);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629394" id="-629394">yuqori sortli sement va oʻrta chidamli materiallar ishlab chiqarishda rang-barang va ikkilamchi kaolinlardan foydalanish (yiliga 900 ming tonnagacha).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-629396" id="-629396">Bundan tashqari konning maydalash-sortlarga ajratish qurilmalarida oʻz ehtiyojlari uchun, shuningdek qurilish va pul tashkilotlariga sotish uchun shagʻal ishlab chiqarish uchun toshqotishmani qayta ishlash nazarda tutilmoqda (yiliga 3 mln kub metrgacha).</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-629404" id="-629404">5. Konlarning elektr energiyasi taʼminotini rivojlantirish va barqarorlashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630423" id="-630423">Konlardagi elektr energiyasi uzatish liniyalarining uzunligi va ularning katta quvvat bilan ishlashi va “Angren” konida uning texnika bilan qayta jihozlanishi, koʻmir qazib olish va kon yuzasini ochishning koʻpayishi munosabati bilan elektr energiyasiga ehtiyojning ortishini hisobga olib Dasturda 2002—2010-yillarda konlarning elektr energiyasi taʼminotini rivojlantirish boʻyicha 6-jadvalga<a href="/mact/-553097#-1003542">* </a>muvofiq tadbirlar nazarda tutilmoqda.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003542" id="-1003542">*6-jadval berilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-630424" id="-630424">6. Stansiyalar va temir yoʻl transporti yoʻllarini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630425" id="-630425">Kon yuzasini ochish ishlari hajmining ortishi tufayli temir yoʻl transportida tashishlarni rivojlantirish uchun 7-jadvalga<a href="/mact/-553097#-1003543">*</a> muvofiq yuklash stansiyalari, stansiya va yoʻllarning oʻtkazish quvvatini oshirish boʻyicha tadbirlarni bajarish nazarda tutilmoqda.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003543" id="-1003543">*7-jadval berilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-630426" id="-630426">7. Koʻmir qazib olishning yer osti usuli</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-630427" id="-630427">a) 9-shaxtani yopish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630428" id="-630428">Angren Koʻmir konida kon-geologiya sharoitlariga koʻra 1852 mln tonna sanoat zaxiralaridan 795 mln tonnasi yer osti usulida qazib olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630429" id="-630429">9-shaxtada Angren konidagi Koʻmir qatlamlari ham xuddi “Angren” va “Apartak” konlaridagi kabi texnika bilan qazib olishga yaroqsiz qatlamlar ochiq usulda qazib olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630430" id="-630430">2002-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra shaxta balansidagi mavjud 49,5 mln tonna sanoat koʻmir zaxiralaridan 6,0 mln tonnasi qazib olishga tayyorlangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630431" id="-630431">9-shaxtadagi koʻmirni qazib olish ochiq usuldagiga nisbatan iqtisodiy jihatdan kam samarali ekanligining yuqori darajadagi xavfsizlik bilan bogʻliqligini hisobga olib yer osti sharoitlarida ishlaydigan shaxtyorlar uchun quyidagilar nazarda tutilmoqda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630432" id="-630432">2002-yildan boshlab koʻmirning yangi zaxiralarini tayyorlamaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630433" id="-630433">2004-yilda 9-shaxtani qazib olishga tayyor koʻmir zaxiralarini qazib chiqarish, asbob-uskunalar va materiallarni belgilangan tartibda demontaj qilish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini bajargan holda maxsus loyiha boʻyicha yopish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630434" id="-630434">Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 9-shaxtadan boʻshab qoladigan xodimlarni, keyinchalik ularni “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi korxonalarida ishga joylashtirish uchun, yangi ixtisoslarga qayta oʻqitish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-630435" id="-630435">b) Toshkoʻmir qazib olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630436" id="-630436">Surxondaryo viloyatidagi “Shargʻun” va “Boysun” shaxtalarida issiqlik hosil qiluvchanligi Angren qoʻngʻir koʻmiriga nisbatan 3 baravar yuqori boʻlgan toshkoʻmir qazib olinadi. Surxondaryo viloyatining budjet tashkilotlari, korxonalari va aholisi toshkoʻmirning asosiy isteʼmolchilari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630437" id="-630437">Dasturda yaqin yillarda ularni qazib olishning mavjud darajasini saqlab qolish nazarda tutilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630438" id="-630438">Koʻrsatib oʻtilgan shaxtalarning mahsulotiga faqat energetika yonilgʻisi sifatidagina emas, balki koksobriketlar, kalsiy karbidi, koʻmir elektrodlari va shu kabi import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qimmatli kimyoviy xom ashyo sifatida qarash lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-630439" id="-630439">8. Import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, mavjud mashina va asbob-uskunalar parkini taʼmirlash va tiklash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630440" id="-630440">Cheklangan imkoniyatli, eskirgan mashina va asbob-uskunalar parkini yangilash, ularning avariyaga uchrashi darajasi yuqori boʻlgan sharoitlarda kon yuzasini ochish va koʻmir qazib olish hajmlarini koʻpaytirish uchun kon-texnika asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda texnika bilan qayta jihozlash loyihasi qiymatini arzonlashtirish maqsadida Dasturda quyidagilar nazarda tutilmoqda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630441" id="-630441">Kon-texnika asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodi quvvati bilan tiklanadigan mashina va asbob-uskunalar sonini koʻpaytirish, ulardan foydalanishning ishonchliligi va samaradorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630442" id="-630442">kon-texnika asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodida metall prokatidan “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha asbob-uskunalar va metall konstruksiyalar tayyorlash (8-jadval<a href="/mact/-553097#-1003544">*</a>).</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003544" id="-1003544">*8-jadval berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630443" id="-630443">Ushbu tadbirlarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630444" id="-630444">metall quyish asbob-uskunasi sotib olish va uni kon-texnika asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodida mavjud loyiha boʻyicha oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630445" id="-630445">kon-texnika asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodini dastgohlar va asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha ravishda jihozlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630446" id="-630446">taʼmirlanadigan va tiklanadigan mashina va asbob-uskunalar sonini koʻpaytirish imkonini beradigan import oʻrnini bosuvchi ehtiyot qismlar, uzellar, detallar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630447" id="-630447">koʻmir qazib olish korxonalariga ham zavod sharoitlarida, ham korxonalarda asbob-uskunalarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630448" id="-630448">Dasturni amalga oshirish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630449" id="-630449">uzluksiz texnologiya uchun texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha yangi turdagi mahsulotlar — detallar, uzellar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630450" id="-630450">ehtiyot qismlar, uzellar, detallar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarishni koʻpaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630451" id="-630451">koʻmir qazib chiqaruvchi korxonalarga ham zavod sharoitlarida, ham korxonalarda asbob-uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasini kengaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630452" id="-630452">import boʻyicha ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar sotib olishga sarflanadigan valyuta mablagʻlarini tejash imkonini beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-630453" id="-630453">9. “Angren” konida koʻchkilarni barqarorlashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630454" id="-630454">“Angren” konida sodir boʻladigan oʻnta koʻchki korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, ularning kommunikatsiyalar va texnologik liniyalarga koʻrsatadigan taʼsiri oqibatlarini tugatishga koʻplab moddiy xarajatlarni talab qiladi. Shu narsa aniqlanganki, koʻchkilar tektonik buzilishlar zonalarida vujudga keladi. Ularni aniqlash va prognoz qilish uchun geologik-geofizik ishlarning maxsus metodlari bilan, koʻplab mablagʻlar sarflagan holda puxta oʻrganish ishlari talab qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630455" id="-630455">Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻchki hodisalarini prognoz qilish, ularning oldini olish va barqarorlashtirish tadbirlari 9-jadvalda<a href="/mact/-553097#-1003545">*</a> nazarda tutilgan.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1003545" id="-1003545">*9-jadval berilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-630456" id="-630456">III. Dasturni amalga oshirishdan kutiladigan natijalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630457" id="-630457">2002—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi koʻmir sanoatini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630458" id="-630458">koʻmir qazib olishni 2001-yildagi 2,7 mln tonnadan 2010-yilda 9,4 mln tonnagacha koʻpaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630459" id="-630459">respublikaning qattiq yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630460" id="-630460">kon yuzasini ochish ishlarini koʻpaytirish, kon yuzasini ochish ishlari boʻyicha qoloqlikning oʻrnini toʻldirish hisobiga korxonalarda ishlab chiqarishning ahvolini barqarorlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630461" id="-630461">kon-transport asbob-uskunalari, texnologik boʻgʻinlar ishlarining ishonchliligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630462" id="-630462">koʻchkilarni barqarorlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630463" id="-630463">qazib olinayotgan va isteʼmolchilarga joʻnatilayotgan koʻmir sifatini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630464" id="-630464">koʻmir qazib olish tannarxini pasaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-630465" id="-630465">elektr energiyasi ishlab chiqarishda koʻmirning yoqilgʻi resurslari tarkibidagi ulushini 2010-yilda 15 foizgacha yetkazish imkoniyatini beradi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-644461" id="-644461">(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda, 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 25-son, 288-modda, 43-son, 456-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
