toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, shoshilinch tibbiy yordamni oʻz vaqtida koʻrsatish hisobiga fuqarolar hayotini saqlab qolish va ularning faol mehnat qobiliyatini tiklashga imkoniyat yaratish, bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash hamda nefrologiya va gemodializ yordamini koʻrsatish tizimini yanada yaxshilash maqsadida:
1. 2021-2022-yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“oltin soat” tamoyili asosida qoʻshma shikastlanishlar hamda oʻtkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish;
oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmatini koʻrsatish;
Markazlarga biriktirilgan tuman (shahar)lar aholisiga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda tibbiy xizmat koʻrsatish.
3. Belgilansinki, Markazlarga:
hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik boʻlimlarining umumiy oʻrinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha oʻrinlar ajratiladi;
hududiy sogʻliqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qoʻshimcha neyroxirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 72-moddasi.
Markazlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi (U. Sobirov) Moliya vazirligi (J. Abruyev) bilan birgalikda Markazlarning tashkil etilishi munosabati bilan talab etiladigan qoʻshimcha shtat birliklari hamda ularga zarur boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Markazlarni malakali kadrlar bilan taʼminlash, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa tashkiliy masalalarni oʻz vaqtida hal qilish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4887-son qaroriga muvofiq:
6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan;
2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan;
homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan;
35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2021 — 2023-yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholiga koʻrsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
hududlarning umumiy oʻrinlar fondi hisobidan nefrologiya va gemodializ boʻlimlarini 50 oʻringacha yetkazish;
dializ apparatlari va sarflash vositalarini xarid qilish;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy tibbiyot taʼlim muassasalarida nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binolarini qurish va rekonstruksiya qilish.
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
oʻn kun muddatda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarning profilaktik maxsus preparatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ushbu preparatlarni taqsimlash hamda yetkazish tartibini tasdiqlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan:
sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga — ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil etish uchun;
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosarlari A.Sh. Inoyatovga gemodializ xizmatini yuqori darajada koʻrsatish, U.Yu. Sobirovga Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish, E.I. Basitxanovaga bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan taʼminlash uchun;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning hududlarda sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Qarorning oʻz vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-iyul,
PQ-5198-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga
1-ILOVA
2021-2022-yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida bosqichma-bosqich tashkil etiladigan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari
ROʻYXATI

T/r

T/r

Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladigan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan tuman va shaharlar

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

1.

Toʻrtkoʻl tuman tibbiyot birlashmasi

Beruniy tumani, Toʻrtkoʻl tumani, Ellikqalʼa tumani

2.

2.

Qoʻngʻirot tuman tibbiyot birlashmasi

Moʻynoq tumani, Shumanay tumani, Qonlikoʻl tumani, Qoʻngʻirot tumani

3.

3.

Chimboy tuman tibbiyot birlashmasi

Boʻzatov tumani, Kegeyli tumani, Taxtakoʻpir tumani, Chimboy tumani, Qoraoʻzak tumani

2. Andijon viloyati

4.

1.

Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi

Baliqchi tumani, Buloqboshi tumani, Ulugʻnor tumani, Shahrixon tumani

5.

2.

Qoʻrgʻontepa tuman tibbiyot birlashmasi

Jalaquduq tumani, Xonobod shahri,Xoʻjaobod tumani, Qorasuv tumani, Qoʻrgʻontepa tumani

3. Buxoro viloyati

6.

1.

Qorakoʻl tuman tibbiyot birlashmasi

Jondor tumani, Olot tumani, Qorakoʻl tumani

7.

2.

Romitan tuman tibbiyot birlashmasi

Buxoro tumani, Gazli shahri, Peshku tumani, Romitan tumani

8.

3.

Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi

Vobkent tumani, Shofirkon tumani, Gʻijduvon tumani

4. Jizzax viloyati

9.

1.

Gʻallaorol tuman tibbiyot birlashmasi

Baxmal tumani, Gʻallaorol tumani

10.

2.

Doʻstlik tuman tibbiyot birlashmasi

Arnasoy tumani, Doʻstlik tumani, Zafarobod tumani, Mirzachoʻl tumani

11.

3.

Zomin tuman tibbiyot birlashmasi

Zarbdor tumani, Zomin tumani, Yangiobod tumani

5. Qashqadaryo viloyati

12.

1.

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi

Kitob tumani, Chiroqchi tumani, Shahrisabz tumani, Shahrisabz shahri, Yakkabogʻ tumani

13.

2.

Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi

Dehqonobod tumani, Qamashi tumani, Qarshi tumani, Gʻuzor tumani

14.

3.

Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi

Kasbi tumani, Koson tumani, Mirishkor tumani, Muborak tumani, Nishon tumani

6. Navoiy viloyati

15.

1.

Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi

Zarafshon tumani, Tomdi tumani,Uchquduq tumani

7. Namangan viloyati

16.

1.

Uchqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasi

Norin tumani, Uychi tumani, Uchqoʻrgʻon tumani

17.

2.

Pop tuman tibbiyot birlashmasi

Mingbuloq tumani, Pop tumani, Chust tumani

8. Samarqand viloyati

18.

1.

Urgut tuman tibbiyot birlashmasi

Urgut tumani, Toyloq tumani

19.

2.

Bulungʻur tuman tibbiyot birlashmasi

Bulungʻur tumani, Jomboy tumani

20.

3.

Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi

Ishtixon tumani, Kattaqoʻrgʻon tumani, Kattaqoʻrgʻon shahri, Nurobod tumani, Payariq tumani, Qoʻshrabot tumani

21.

4.

Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi

Narpay tumani, Paxtachi tumani

9. Surxondaryo viloyati

22.

1.

Denov tuman tibbiyot birlashmasi

Denov tumani, Oltinsoy tumani, Shoʻrchi tumani

23.

2.

Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi

Bandixon tumani, Boysun tumani, Muzrabot tumani, Sherobod tumani, Qiziriq tumani

24.

3.

Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi

Sariosiyo tumani, Uzun tumani

10. Sirdaryo viloyati

25.

1.

Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi

Mirzaobod tumani, Oqoltin tumani, Sardoba tumani

26.

2.

Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi

Sayxunobod tumani, Sirdaryo tumani

11. Toshkent viloyati

27.

1.

Angren shahar tibbiyot birlashmasi

Angren shahri, Olmaliq shahri, Ohangaron tumani, Ohangaron shahri

28.

2.

Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi

Bekobod tumani, Bekobod shahri, Boʻka tumani

29.

3.

Boʻstonliq tuman tibbiyot birlashmasi

Boʻstonliq tumani, Chirchiq shahri, Qibray tumani

30.

4.

Chinoz tuman tibbiyot birlashmasi

Oqqoʻrgʻon tumani, Chinoz tumani, Yangiyoʻl tumani, Yangiyoʻl shahri, Quyichirchiq tumani

12. Fargʻona viloyati

31.

1.

Bagʻdod tuman tibbiyot birlashmasi

Bagʻdod tumani, Buvayda tumani, Rishton tumani, Uchkoʻprik tumani

32.

2.

Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi

Yozyovon tumani, Toshloq tumani, Quva tumani, Qoʻshtepa tumani

33.

3.

Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasi

Beshariq tumani, Dangʻara tumani, Furqat tumani, Qoʻqon shahri, Oʻzbekiston tumani

13. Xorazm viloyati

34.

1.

Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi

Gurlan tumani, Shovottumani, Yangibozor tumani

35.

2.

Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi

Bogʻot tumani, Tuproqqalʼa tumani, Hazorasp tumani

35 ta markaz

126 ta tuman (shahar)lar

Izoh. Sogʻliqni saqlash vazirligi tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan tuman va shaharlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga
2-ILOVA
Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish
CHORA-TADBIRLARI REJASI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mablagʻ

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

I. Tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) bosqichma-bosqich tashkil etish.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 15-avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2.

Markazlarga biriktirilgan tuman va shaharlar aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish tartibini tasdiqlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 15-avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

3.

Markazlar uchun hududlarning aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam hamda umumiy jarrohlik boʻlimlarining umumiy oʻrinlari soni doirasida qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish.

Qoʻshma qaror

2021-yil 1-sentabr

71,7 mlrd soʻm

Mahalliy budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

4.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hududiy filiallarining shtat birliklarini yangi tahrirda tasdiqlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

5.

Markazlarni tibbiy texnika va tibbiy buyumlar bilan jihozlash standartlarini tasdiqlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 15-avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

II. Tibbiy xizmat koʻrsatish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash

6.

Markazlarni jihozlash uchun 34 turdagi tibbiy texnika va tibbiy buyumlar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

37,76 mln AQSH doll.

Jahon bankining “Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasi doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

7.

Markazlarni jihozlash uchun xarid qilinayotgan yuqori texnologik tibbiy texnikalarni (kompyuter tomografi va boshqalar) oʻrnatish uchun xonalarni moslashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

III. Tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish

8.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qoshida zamonaviy oʻquv-simulyatsion markazi faoliyatini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Hisob-kitoblar asosida

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

9.

Markazlar xodimlarini shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida tayyorlash va malakasini rejali oshirish.

Reja-jadval

Doimiy

1,03 mlrd soʻm

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

10.

Markazlarga oʻquv va konsultatsiya jarayoniga chet el mutaxassislarini jalb qilish va mahalliy mutaxassislarni yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari klinikalarida oʻqitish va malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Hisob-kitoblar asosida

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

11.

Markazlar xodimlari uchun shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha seminarlar, konferensiyalar, treninglar hamda vebinarlar oʻtkazish.

Reja-jadval

Doimiy

Hisob-kitoblar asosida

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari rejasini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 72,6 mlrd soʻm va 37,7 mln AQSH dollari.

shundan:

mlrd soʻmda

mln AQSH dollarida

Davlat budjeti mablagʻlari

72,6

shu jumladan: mahalliy budjet mablagʻlari

71,7

ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

1,03

xalqaro moliya institutlari, xorijiy donor davlatlar kreditlari va grantlari

37,7

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga
3-ILOVA
2021 — 2023-yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash
CHORA-TADBIRLARI DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mablagʻ

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

1.

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil

2022-yil

2023-yil

26,1 mlrd soʻm

51,4 mlrd soʻm

59,2 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2.

2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2,3 mlrd soʻm

4,5 mlrd soʻm

5,3 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

3.

6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan bepul taʼminlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 1-avgustdan boshlab

2022-2023-yillar

-

YUNISEF mablagʻlari (kelishuvga koʻra)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi

4.

Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni, yod preparati bilan bepul taʼminlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-iyuldan boshlab

2023-yil

6,7 mlrd soʻm


15,3 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari

(kelishuv asosida)

5.

35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni polivitamin, temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-iyuldan boshlab

2023-yil

28,4 mlrd soʻm


65,3 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari

(kelishuv asosida)

6.

Zamonaviy texnologiyalar asosida mikronutriyentlar yetishmasligini aniqlash va uning oldini olish boʻyicha ilmiy loyihalarni tanlovga berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov)

7.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan mahalliy telekanal, radio va gazetalar orqali 16 yoshgacha bolalar, 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarga polivitamin maxsus komplekslarini hamda bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalarini qabul qilishning muhimligi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

8.

Dori vositalarining asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, yetkazib berilishi va ayollarga hamda bolalarga ajratilishini tizimli ravishda nazorat qilish va monitoringini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov)

2021 — 2023-yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik dori vositalari bilan bepul taʼminlash chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 264,5 mlrd soʻm.

shundan:

mlrd soʻmda

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

264,5

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga
4-ILOVA
Aholiga koʻrsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada yaxshilash
CHORA-TADBIRLARI REJASI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mablagʻ

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

I. Nefrologik kasalliklarning oldini olish, erta diagnostika qilish va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish

1.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida gemodializ tibbiy muassasalar faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2022-yil 31-dekabr

-

Respublika budjetidan markazlashgan tadbirlar uchun ajratilgan mablagʻlar, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2.

Hududlar ehtiyojidan kelib chiqib, hududlarning umumiy oʻrinlar fondi hisobidan nefrologiya va gemodializ boʻlimlarini 50 oʻringacha yetkazish.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 1-sentabr

-

Mahalliy budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

3.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarga diagnostika va davolash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

II. Nefrologik xizmat koʻrsatish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash

4.

Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binolarini qurish va rekonstruksiya qilish.

1. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 1-bosqich “3 va 4-blok”lar hamda yordamchi binolarni qurish ishlarini yakunlash.

2021-yil 31-dekabr

40,0 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Norqulov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

2. 2022-yilda 2-bosqich mavjud bino, inshootlarni rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish.

2022-yil 31-dekabr

20,0 mlrd soʻm

5.

Respublikadagi gemodializ muolajasiga muhtoj bemorlarni dializ apparatlari va unga mos ravishda boshqa sarflash vositalarini xarid qilish orqali tibbiy xizmat bilan bepul qamrab olishni taʼminlash.

Jumladan:

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 31-dekabr

Jami: 137,8 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

100 ta sunʼiy buyrak apparati;

25,4 mlrd soʻm

33 ta suv tozalash moslamasi, 44 ta mikser;

9,8 mlrd soʻm

665 280 ta komplekt dializator.

102,6 mlrd soʻm

III. Nefrologik xizmatning yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini yaxshilash, nefrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

6.

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-2022 oʻquv yilidan boshlab

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshqulov)

7.

Nefrologiya va gemodializ boʻyicha kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

8.

Hududiy nefrologiya va gemodializ boʻlimlari hamda ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi tibbiyot xodimlarini 2021 — 2025-yillar davomida malaka oshirish uchun xorijiy yetakchi tibbiyot hamda ilmiy muassasalarga, shu jumladan Germaniya, Turkiya va Rossiya Federatsiyasining ilgʻor nefrologiya markazlariga yuborish boʻyicha manzilli parametrlarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Reja-jadval

2021 — 2025-yillar davomida

Hisob kitoblarga koʻra

Har yili Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

9.

Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish markazida dializ hamshiralarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2021-2022 oʻquv yilidan boshlab

-

Har yili Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev)

10.

Nefrologiya, gemodializ va transplantologiya yoʻnalishlarida, birinchi navbatda, nefrologik kasalliklarni erta tashxislashda mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

1. Belgilangan tartibda ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga takliflar taqdim etish.

2. Ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

3. Tanlov natijalariga koʻra ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblarga muvofiq

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov)

Aholiga koʻrsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada yaxshilash chora-tadbirlari rejasini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 197,8 mlrd soʻm.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 07/21/5198/0703-son)