Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO MADANIY-MAʼRIFIY ALOQALAR MILLIY UYuShMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 25 MARTDAGI 142-SON VA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO MADANIY-MAʼRIFIY ALOQALAR MILLIY UYuShMASINI TAShKIL ETISh MASALALARI”GA OID 1992-YIL 16 IYuNDAGI 291-SON QARORLARI HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 26-maydagi
Farmoniga binoan hamda Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashining tuzilganligini eʼtirof etib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasining faoliyati tugatilsin.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 25-martdagi
142-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish masalalari”ga oid 1992-yil 16-iyundagi
291-son qarorlari bekor qilinsin.
2. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifat aloqalar milliy uyushmasining ilgari qabul qilgan majburiyatlari, tuzgan shartnomalari va kontraktlari hamda unga tegishli mol-mulk va mablagʻlarning huquqiy vorisi hisoblansin.