Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Sholi yetishtirishda koʻchat qilib ekish texnolgiyasini joriy qilish, xoʻjaliklarni zarur texnika va asbob-uskunalar bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining koʻchat qilib ekish texnologiyasi boʻyicha sholi yetishtirish uchun ilovaga
* muvofiq texnika xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga 1997-yil hosili uchun sholi ekuvchi xoʻjaliklarga ajratiladigan avansdan koʻchat qilib ekish texnologiyasi boʻyicha sholi yetishtirish uchun texnika va asbob-uskunalar xarid qilishga 1,8 mln AQSh dollariga teng mablagʻ ajratsin.
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda koʻchat qilib ekish texnikasi va asbob-uskunalarini yetkazib berishga kontraktni ishlab chiqsin va tuzsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
ikki hafta muddatda koʻchat qilib ekish texnolgiyasi boʻyicha sholi yetishtiruvchi xoʻjaliklarni belgilasin hamda ushbu maqsadlar uchun xarid qilinadigan texnikani taqsimlasin;
“Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda yetkazib berilgan texnika uchun xoʻjaliklar bilan oʻzaro hisob-kitob qilishni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ikki hafta muddatda koʻchat qilib ekish usuli boʻyicha sholi yetishtirishga oid uslubiy tavsiyanomalarni ishlab chiqsin va xoʻjaliklarga yetkazsin, mutaxassislar va mexanizatorlarni oʻqitishni tashkil etsin.
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan birgalikda 1997-yil oxiriga qadar respublikada koʻchat qilib ekish texnologiyasi boʻyicha sholi yetishtirish uchun texnika ishlab chiqarish borasida Korea tomoni bilan hamkorlikda qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.