Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-son
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining
14 va
16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 24-avgustdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
“Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar mazkur muassasa xodimlari orasidan okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi”.
b) quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Zarurat tugʻilganida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan Saylov kodeksining 25-moddasiga muvofiq boshqa shaxslar va jamoatchilik vakillari ham uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkasi saylovga kamida yetti kun qolganda tuzilsa, okrug saylov komissiyasiga saylov uchastkasini tuzish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan birga uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar ham tasdiqlash uchun tavsiya etiladi”.
3.
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari va akkreditatsiyadan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillari qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasini xabardor qilishi kerak”.
4.
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berish ushbu muassasalarning ichki tartib-qoidalari, rejimi va ularning boshqa oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Saylov kodeksiga va tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq tashkil etiladi”.
5. Mazkur Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.