1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha uchastka saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 3-fevraldagi 681-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda eʼlon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-aprel,
1066-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining (bundan buyon matnda uchastka saylov komissiyasi deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
1. Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasining (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyasi deb yuritiladi) qarori bilan tasdiqlanadi.
2. Uchastka saylov komissiyasining aʼzosi tegishincha okrug saylov komissiyasining qaroriga muvofiq quyidagi hollarda oʻz vazifasini bajarishdan ozod etilishi mumkin:
shaxsiy arizasiga koʻra;
vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda;
Saylov kodeksi talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlarini muntazam ravishda bajarmagan taqdirda.
Bunda uchastka saylov komissiyasi aʼzosining Saylov kodeksi talablarini buzganligi yoki zimmasidagi majburiyatlarga muntazam ravishda eʼtiborsizlik qilganligiga oid holat u aʼzo boʻlgan uchastka saylov komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
3. Uchastka saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki boshqa aʼzosi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.
4. Uchastka saylov komissiyasi aʼzosi oʻz vakolat muddati tugaguniga qadar saylov kampaniyasi davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilishi yoki uning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin emas.
5. Uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolariga tegishincha mazkur Nizomning 1, 2, 3 yoki 4-ilovasiga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi.
Uchastka saylov komissiyasi raisining guvohnomasi okrug saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va okrug saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolarining guvohnomalari uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
II bob. Uchastka saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etish
6. Uchastka saylov komissiyasi oʻz faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
7. Uchastka saylov komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab oʻtkaziladigan majlisi hisoblanadi.
Uchastka saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʻtkazilayotgan kundagi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
8. Uchastka saylov komissiyasining majlisi raisning tashabbusiga koʻra yoki komissiya aʼzolari umumiy tarkibining kamida uchdan bir qismi talabiga binoan chaqirilishi mumkin.
9. Uchastka saylov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli orqali komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
10. Uchastka saylov komissiyasi oʻz faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.
Majlisda kun tartibi, unda ishtirok etayotgan komissiya aʼzolarining ismi, familiyasi, otasining ismi, koʻrilgan har bir masala boʻyicha ovoz berish natijalari, qabul qilingan qaror aks etgan bayonnoma yuritiladi.
Bayonnoma raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Bayonnomaga majlisda qabul qilingan qaror, xulosalar va boshqa hujjatlar, shuningdek, komissiya aʼzolarining u yoki bu masala yuzasidan alohida fikrlari yozma shaklda ilova qilinadi.
11. Uchastka saylov komissiyasining majlislarida yuqori turuvchi komissiya aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari va vakolatli vakillari, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin.
Majlislarga mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari vakillari va boshqalar taklif etilishi mumkin.
12. Uchastka saylov komissiyasining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarida, shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan vakolatli vakillar va kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
III bob. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
13. Uchastka saylov komissiyasi:
saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
saylovchilarni saylovchilarning roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi va roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan va muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilardan toʻldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;
aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi;
binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari, saylov qutilari, shuningdek, boshqa jihozlar bilan mazkur Nizomning 5, 6 va 7-ilovalariga muvofiq tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi;
sogʻligʻining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda ovoz berishni tashkil etadi;
ovozlarni sanab chiqadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
14. Uchastka saylov komissiyasi raisi:
uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
uchastka saylov komissiyasi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni oʻtkazish tartibini belgilaydi;
komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda uchastka saylov komissiyasi nomidan ishtirok etadi;
uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasining jihozlanishini tashkil etadi;
uchastka saylov komissiyasining qarorlarini, uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolarining guvohnomalarini hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya aʼzolari oʻrtasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish uchun uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining uyma-uy aylanib chiqishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtirib boradi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari bilan komissiya nomidan ish olib boradi;
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bu haqida okrug saylov komissiyasini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yakunlari eʼlon qilinganidan soʻng komissiya faoliyatiga oid hujjatlarni tegishliligi boʻyicha shahar va tuman davlat arxiviga hamda shahar va tuman hokimliklariga topshiradi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Uchastka saylov komissiyasi raisi oʻz vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek, uchastka saylov komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, uning vakolatlari rais oʻrinbosari yoki uchastka saylov komissiyasi qarori bilan komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
15. Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari:
komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar oʻrnatadi, ularda komissiya faoliyatining har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilarini, vakolatli vakillarini, ommaviy axborot vositalari vakillarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida roʻyxatga olishni tashkillashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek, ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishni tashkil etadi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini taʼminlaydi;
uchastka saylov komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi;
oʻz vakolatlari doirasida uchastka saylov komissiyasining boshqa aʼzolariga topshiriqlar beradi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari oʻz vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek, uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari boʻlmagan taqdirda, uning vakolatlari komissiya kotibi yoki uchastka saylov komissiyasi qarori bilan komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
16. Uchastka saylov komissiyasi kotibi:
uchastka saylov komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar boʻyicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarini komissiya majlisi oʻtkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qiladi;
uchastka saylov komissiyasi raisi va rais oʻrinbosari topshiriqlarini bajaradi;
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritadi;
okrug saylov komissiyasi kotibidan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga (bundan buyon matnda SJBAT deb yuritiladi) kirish uchun tegishli maʼlumotlarni oladi;
Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga (bundan buyon matnda SYER deb yuritiladi) tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni amalga oshiradi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Uchastka saylov komissiyasining aʼzosi:
uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan taqsimlangan taqsimotga asosan oʻziga yuklatilgan vazifalarni hamda rais va uning oʻrinbosari topshiriqlarini oʻz vaqtida, sifatli bajaradi;
uchastka saylov komissiyasi majlislarida qatnashadi;
koʻrib chiqish oʻziga yuklatilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan ovoz berish kunidagi belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ular toʻgʻrisida darhol rais yoki rais oʻrinbosarini xabardor qiladi;
saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar roʻyxatidagi maʼlumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qoʻydirib topshiradi;
kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga saylov jarayonini kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Uchastka saylov komissiyasining aʼzosi quyidagi huquqlarga ega:
komissiya majlislari haqida oldindan xabardor boʻlish;
komissiya majlislarida ishtirok etish;
komissiya vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan taklif kiritish va mazkur masala boʻyicha ovoz berish oʻtkazilishini talab qilish;
komissiyaning saylovga oid hujjatlari bilan tanishish hamda bu hujjatlarning nusxalarini olish;
komissiya majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan ovoz berish va uning qarorlarini qonunda belgilangan tartibda imzolash.
19. Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchastka saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi, ularning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
20. Uchastka saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qoʻyilgan masalani koʻpi bilan uch kunlik muddatda koʻrib chiqishi va uchastka saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.
21. Uchastka saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.
22. Uchastka saylov komissiyasi mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi muhrga ega boʻladi.
IV bob. Uchastka saylov komissiyasi ishini rejalashtirish va tashkil qilish
23. Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
1. Bir kunlik muddatda uchastka saylov komissiyasining birinchi tashkiliy majlisida quyidagi masalalarni koʻrib chiqadi:
uchastka saylov komissiyasining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ish rejasini tasdiqlash;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan saylovchilarning har kungi qabulini tashkil etish;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining navbatchiligini tashkil qilish;
uchastka saylov komissiyasining ish hujjatlari nomenklaturasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalda qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
2. Uchastka saylov komissiyasi joylashgan binoni belgilangan tartibda jihozlashga zarur boʻlgan tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.
3. Saylovchilarni uchastka saylov komissiyasining telefon raqami, ish vaqti va ovoz berish joyi haqida xabardor qiladi.
4. Saylovchilar roʻyxatlarining tuzilishini va ularning saylovga oʻn besh kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini taʼminlaydi.
5. Saylov uchastkasi hududida yashovchi birinchi marta ovoz beruvchi, bemor, keksa yoshdagi hamda imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan saylovchilar roʻyxatini shakllantiradi.
6. Okrug saylov komissiyasidan dalolatnoma asosida saylov byulletenlarini hamda Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretni qabul qilib oladi va byulletenlarning saqlanishini taʼminlaydi.
7. Saylovchilarni ovoz berish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisida saylovdan kamida oʻn kun oldin xabardor qiladi.
8. Okrug saylov komissiyasidan olingan saylov byulletenlarini ikki nafar uchastka saylov komissiyasi aʼzosining imzosi va komissiya muhri bilan tasdiqlaydi hamda ularning saqlanishini taʼminlaydi.
V bob. Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonalarini jihozlash
24. Saylov uchastkalarida ovoz berishni tashkil etish va uni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan binolar va jihozlarni davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar uchastka saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.
Lozim boʻlgan darajada jihozlangan ovoz berish xonalari tuman va shahar hokimliklari tomonidan uchastka saylov komissiyalariga saylovdan kamida oʻn bir kun oldin taqdim etilishi kerak.
25. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar oʻrnatilgan tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning ustida va ichida);
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
saylov uchastkasining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavha (8a-ilova);
yorugʻ va keng ovoz berish xonasi;
qulflanadigan seyf yoki metall shkaf;
yozuv anjomlari bilan taʼminlangan va yorugʻ (zarurat boʻlganda chiroq oʻrnatiladi) yashirin ovoz berish kabinalari (1000 nafargacha saylovchi uchun kamida 2 ta, 2000 nafargacha saylovchi uchun kamida 3 ta, 3000 nafargacha saylovchi uchun kamida 4 ta);
zarurat boʻlsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moʻljallangan yashirin ovoz berish kabinalari;
statsionar saylov qutisi;
koʻchma saylov qutisi;
plastmassali plombalar (umumiy 7 dona, shundan, 3 tasi statsionar saylov qutisi uchun, 1 tasi koʻchma saylov qutisi uchun, 1 tasi qop uchun, 2 tasi zaxira uchun);
uchastka saylov komissiyasining muhri;
zarur mebellar, orgtexnika vositalari (kompyuter, printer, skaner, nusxa koʻchiruvchi uskuna, UPS), telefon, televizor;
ikkitadan kam boʻlmagan SJBAT talablariga javob beruvchi kompyuter va ularga kerakli boʻlgan moslamalar (UPS, printer, skaner va boshqalar) hamda uzluksiz internet aloqasi;
kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
yongʻinga qarshi vositalar.
Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va unga olib boruvchi yoʻlaklar ozoda va taʼmirlangan, yoritish moslamalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
26. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga taalluqli maʼlumotlar joylashtiriladigan stendlarda quyidagilar joylashtiriladi:
saylov sanasiga bagʻishlangan plakatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga___kun qoldi);
saylov uchastkasining xaritasi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchilik jadvali haqidagi axborot (8b-ilova);
roʻyxatga olingan nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi (8v-ilova);
uchastka saylov komissiyasida saylovchilar murojaati uchun Markaziy saylov komissiyasining ishonch telefoni yoki elektron manzili, okrug saylov komissiyasi, tegishli tuman (shahar) sudi va prokuraturasining telefon raqamlari aks ettirilgan maʼlumotlar;
saylovga oid infografik koʻrinishdagi tushuntirish materiallari.
27. Stendlarda joylashtiriladigan materiallarda saylovoldi tashviqotiga oid nishon va alomatlar boʻlmasligi kerak.
28. Ovoz berish xonasiga olib boruvchi yoʻllarda saylov uchastkasining mazkur Nizomning 9-ilovasida belgilangan shakldagi koʻrsatkichlari koʻrinarli joylarga joylashtirilishi kerak.
29. Uchastka saylov komissiyasi binosiga kirish joyida nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yoʻlaklari (panduslar) boʻlishi va ularning belgilangan talablarga (eni kamida 90 santimetr, chiqish burchagi 300 dan koʻp boʻlmagan) mos kelishi kerak.
30. Uchastka saylov komissiyasida yuritiladigan quyidagi ish yuritish daftari va jildlari boʻlishi lozim:
uchastka saylov komissiyasining qarorlari, bayonnomalari va dalolatnomalarining jildi;
kirish, chiqish hujjatlarini roʻyxatga olish daftari va jildi;
kuzatuvchilarni roʻyxatga olish daftari.
VI bob. Saylovchilar roʻyxati
31. Saylovchilar roʻyxati uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Saylovchilar roʻyxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi manzili kiritiladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaydi.
32. Uchastka saylov komissiyasi SJBATga kirish huquqini olish uchun okrug saylov komissiyasiga murojaat qiladi. Okrug saylov komissiyasi kotibi SJBATga kirish huquqini uchastka saylov komissiyasi kotibiga taqdim qiladi.
Har bir uchastka saylov komissiyasi tuzilganidan soʻng uch kun ichida uchastka saylov komissiyasining kotibi SJBATga kirib taqsimlangan mazkur uchastka saylovchilarining dastlabki roʻyxatini yuklab oladi.
Komissiya kotibi saylovchilar roʻyxatini tekshirib chiqadi, chop etadi va uchastka saylov komissiyasi raisiga taqdim qiladi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya aʼzolariga saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish orqali aniqlashtirish uchun taqsimlaydi.
33. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari saylov uchastkasi hududida yashovchi saylovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olganidan keyin, ushbu maʼlumotlarning toʻgʻriligini uyma-uy aylanib chiqish orqali aniqlik kiritadi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatini tuzish ishlariga jamoatchilik vakillari va volontyorlarni jalb qilishi mumkin. Tuman va shahar hokimliklari saylovchilarning roʻyxatlarini aniqlashtirish ishlariga koʻmaklashadi.
Uyma-uy aylanib chiqish vaqtida fuqarolarning saylov kuni ushbu uchastka hududida boʻlish-boʻlmasligiga aniqlik kiritiladi.
Saylov uchastkasi hududida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar boʻlsa, ularning ovoz berish kuni ushbu hududda boʻlishi yoki boʻlmasligi oʻzaro suhbat chogʻida aniqlanadi.
Saylov uchastkasi hududida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan shaxsan suhbat qurish imkoniyati boʻlmasa, ular saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaydi.
Agar saylov uchastkasi hududida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan oʻzaro suhbat chogʻida ular ovoz berish kuni ushbu saylov uchastkasi hududida boʻlishi aniqlansa, ushbu fuqarolar vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan yoki olinmaganligidan qatʼiy nazar saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
(33-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
Uyma-uy aylanib chiqish natijasiga koʻra saylovchilar roʻyxatida xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, uchastka saylov komissiyasi quyidagi choralarni koʻradi:
saylovchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash manziliga tuzatish kiritish.
Uchastka saylov komissiyasi kotibi oʻzgartirish kerak boʻlgan saylovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki pasport yoxud identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqamini kiritgan holda saylovchini qaysi saylov uchastkasining saylovchilar roʻyxatiga kiritilganligini aniqlaydi va saylovchining maʼlumotlari boʻyicha roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Saylov uchastkasi hududida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqaro saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan taqdirda, doimiy yashaydigan uchastka saylov komissiyasiga uni saylovchilar roʻyxatidan chiqarib, boshqa joyda roʻyxatga olinganligi haqidagi xabarnoma SJBAT orqali avtomatik tarzda yuboriladi. Fuqaro doimiy yashaydigan joyi boʻyicha uchastka saylov komissiyasi SJBAT orqali olingan xabarnoma asosida fuqaro vaqtincha istiqomat qilayotgan uchastka saylov komissiyasi bilan telefon orqali bogʻlanadi va saylovchining vaqtincha istiqomat joyidagi saylov uchastkasida roʻyxatga kiritilishi sabablariga aniqlik kiritadi. Bunga asoslantirilgan sabab boʻlgan taqdirda fuqaroni doimiy yashaydigan joyi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga qayta kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(33-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
34. Uchastka saylov komissiyalarining telefon raqamlari va joylashgan manzili saylov okruglari kesimida Markaziy saylov komissiyasi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar roʻyxati bilan tanishish, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylovchilar roʻyxatidan oʻzlariga tegishli maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Saylovchilar roʻyxatida xato va noaniqliklar aniqlangan taqdirda har bir saylovchi uchastka saylov komissiyasiga murojaat etishga va saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaganligi, notoʻgʻri kiritilganligi yoki roʻyxatdan chiqarib tashlanganligi, shuningdek, oʻzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda noaniqliklarga yoʻl qoʻyilganligi haqida murojaat qilishga haqli.
Saylovchilarning roʻyxatlaridagi xato yoki noaniqlik yuzasidan tushgan murojaatlar uchastka saylov komissiyasi tomonidan 24 soat ichida koʻrib chiqilishi va ularni tekshirishi hamda xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi toʻgʻrisida asoslantirilgan javob berishi shart.
saylovchining tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilishi;
yoshi oʻn sakkizga toʻlganligini tasdiqlovchi hujjat;
sudning fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bekor qilinganligi yoki fuqaroning ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganligini tasdiqlovchi hujjat.
37. Uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilarning roʻyxati SYERga aniqlik kiritish orqali shakllantiriladi.
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan hududlarda yashovchi oila aʼzolari va boshqa saylovchilarning roʻyxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan maʼlumotlar asosida tuziladi.
Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar yashash joylari boʻyicha umumiy asoslarda saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalar boʻyicha saylovchilar roʻyxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek, qamoqda saqlash joylarida tashkil etilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqida ushbu uchastka saylov komissiyasi bunday fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyidagi uchastka saylov komissiyalariga ularni saylovchilar roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida axborot yetkazish choralarini koʻrishi lozim.
38. Saylovchilar roʻyxatini aniqlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda fuqarolarga muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish imkoniyati va boshqa huquqlar tushuntiriladi.
39. Saylovchilarning roʻyxatlari saylovga oʻn besh kun qolganida uchastka saylov komissiyasi kotibi tomonidan SJBATdan yuklab olinadi, chop qilinadi hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Saylovchilarning familiyalari ovoz berishni tashkil etish uchun qulay boʻlgan tartibda koʻrsatiladi.
Saylovchilar roʻyxati uchastka saylov komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda uchastka saylov komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning roʻyxatlari hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilganidan keyin ham ularga saylovga besh kun qolguniga qadar oʻzgartishlar kiritishi mumkin.
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda saylovchilar roʻyxati saylovga uch kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni roʻyxat bilan tanishib chiqish joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi.
41. Ovoz berish kuni biron-bir sabab bilan saylovchilar roʻyxatiga kirmay qolgan saylovchilar shaxsini, fuqaroligi va yashash joyini (doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini) tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
Uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovchining saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritilishi haqidagi murojaati murojaatlar qaydlov daftariga saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi, murojaat qilingan vaqt haqida tegishli yozuv kiritadi va ushbu maʼlumotlar uchastka saylov komissiyasi aʼzosining va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Saylov kuni saylovchini saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritishdan oldin uchastka saylov komissiyasi aʼzosi uni qaysi saylov uchastkasiga tegishliligini SJBATdan qidirib topadi va aloqa vositalari orqali tegishli uchastka saylov komissiyasi bilan suhbat chogʻida saylovchining oʻsha saylov uchastkasida ovoz bermaganini aniqlagandan soʻng saylovchining ushbu saylov uchastkasida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritilgani haqida xabardor qilishi kerak.
Xabardor qilingan uchastka saylov komissiyasi oʻz saylov uchastkasidagi saylovchilar roʻyxatiga ushbu saylovchi boshqa saylov uchastkasida ovoz berganligi haqida maʼlumotni kiritadi hamda ushbu saylovchini yakuniy bayonnomada uchastkadagi saylovchilarning umumiy soniga kiritmasligi lozim.
42. Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
43. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.
44. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
45. Uchastka saylov komissiyalari saylov uchastkasidagi saylovchilar umumiy sonining besh foizi miqdorida saylov byulletenlarini hamda konvertlarni okrug saylov komissiyasidan muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga kamida uch kun qolganida oladilar.
46. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi tegishli uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylov kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini va konvertni oladi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchidan saylov kunida boʻla olmasligining sabablarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni talab qilishi taqiqlanadi.
47. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi saylovchilar roʻyxati koʻchirmasiga imzo qoʻyadi.
Uchastka saylov komissiyasi aʼzosi muddatidan oldin ovoz bergan saylovchini SJBATda va saylovchilar roʻyxatida muddatidan oldin ovoz bergan saylovchi sifatida belgilashi shart.
48. Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan mustaqil qaror qabul qilishi orqali oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyib toʻldiriladi.
Saylovchi toʻldirilgan saylov byulletenini konvertga soladi va yelimlab yopadi.
49. Saylovchi toʻldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga topshiradi.
Uchastka saylov komissiyasining ikki nafar aʼzosi saylovchi hozirligida konvertning yopiqligini tekshiradi va konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi. Konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.
51. Uchastka saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan komissiya aʼzolarining ovoz berish kunidagi vazifalari belgilanadi.
52. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga komissiyaning ikki aʼzosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan holda tayyorlab qoʻyilgan saylov byulletenlari mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida topshiriladi. Saylovchilarga tartibli ravishda byulletenlarni berish maqsadida, har bir uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga saylovchilar familiyasi alifbo ketma-ketligida saylovchilar roʻyxati asosida taqsimlab beriladi.
Nomzod saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum boʻlgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan taqdirda nashr etilgan saylov byulletenlaridan ushbu nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr oʻchiriladi.
53. Ovoz berish kuni saylov uchastkasida soat 8.00 da Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya aʼzolari, kuzatuvchilar hozirligida ovoz berish boshlanganligini eʼlon qiladi.
54. Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya aʼzolari, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida saylov qutilarining boʻshligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar bilan plombalaydi, plombalar raqami koʻrsatilgan holda mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
55. Uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan saylov uchastkasidagi saylovchilar soni, okrug saylov komissiyasidan olingan saylov byulletenlarning soni, shuningdek, muddatidan oldin ovoz berganlar soni maʼlum qilinadi.
56. Uchastka saylov komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari siyosiy partiyalarning kuzatuvchilarini, ommaviy axborot vositalari vakillarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli saylov komissiyasi tomonidan berilgan mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida roʻyxatga oladi.
Uchastka saylov komissiyasi ularni mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan roʻyxatga olgandan keyin ularga oʻz vakolatlarini toʻlaqonli hamda toʻsqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
57. Uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari yoki kotibi tomonidan ovoz berish boshlanganligi haqida aloqa vositalari orqali okrug saylov komissiyasiga xabar beriladi.
58. Saylovchilarga taqdim etilgan saylov byulletenlari sonining hisobi har soatda yuritib boriladi.
59. Uchastka saylov komissiyasi raisi ovoz berishni tashkil etish va oʻtkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi, zarurat boʻlganda komissiya aʼzolariga yordam koʻrsatadi, ular vaqtinchalik yoʻq boʻlgan hollarda ularni boshqa aʼzolar bilan almashtiradi.
60. Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi roʻyxat boʻyicha ovoz berishda ishtirok etuvchi har bir saylovchiga bir donadan ortiq saylov byulleteni berilmasligini taʼminlaydi. Ortiqcha saylov byulleteni berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirib berilganligi bundan mustasno.
IX bob. Ovoz berishni tashkil etish
61. Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi.
62. Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi (pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yoʻqotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik maʼlumotnoma, jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma) hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Boshqa shaxs uchun ovoz bermoqchi boʻlgan saylovchiga saylov byulletenini berish taqiqlanadi.
Saylovchining iltimosiga binoan saylov byulletenini toʻldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaret beriladi.
63. Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida toʻldiradi.
64. Saylov byulletenini toʻldirish chogʻida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi.
65. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
66. Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Ovoz beruvchi toʻldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, ovozlarni sanab chiqish jarayonida bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yoki saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qoʻyish yoʻli bilan) va alohida saqlanishi lozim.
67. Saylov kuni ovoz berish vaqtida uchastka saylov komissiyasi binosida quyidagilar hozir boʻlishi mumkin:
tegishli uchastka saylov komissiyasi aʼzolari;
tegishli okrug saylov komissiyasi aʼzolari, Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari;
ommaviy axborot vositalari vakillari;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari;
boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar;
uchastkadagi saylovchilar roʻyxati boʻyicha ovoz berishda ishtirok etuvchi saylovchilar.
Ovoz berish vaqtida uchastka saylov komissiyasi binosida hozir boʻlishga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishiga ruxsat etilmaydi. Binoda ushbu zarur tartibni saqlab turish masʼuliyati uchastka saylov komissiyasining zimmasida boʻladi.
Uchastka saylov komissiyasi binosida hozir boʻlishga ruxsat etilgan shaxslar (saylovchilardan tashqari) tegishli komissiyalar tomonidan berilgan maqomini tasdiqlovchi mandat (guvohnomasi)ni boshqalarga koʻrinadigan holda taqqan boʻlishlari shart.
Uchastka saylov komissiyasi ovoz berib boʻlgan saylovchini binodan chiqarib yuborish choralarini koʻradi.
68. Uchastka saylov komissiyasi raisi ovoz berish binosida tinchlik saqlanishi va tartibga rioya qilinishini taʼminlash, ovoz berish va ularni sanab chiqishda gʻayriqonuniy toʻsqinliklar vujudga kelganida ichki ishlar yoki milliy gvardiya xodimlariga murojaat qilishi mumkin. Bunda, ichki ishlar yoki milliy gvardiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishlari lozim.
Ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan saylov uchastkasi hududidagi tartibsizlik, gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bartaraf etilganidan soʻng uchastka saylov komissiyasi raisi koʻrsatmasi asosida saylov uchastkasi binosini tark etishlari va saylov jarayoniga xalaqit bermaydigan joyga joylashishlari shart.
X bob. Saylovchining turgan joyda ovoz berishini tashkil etish
69. Ayrim saylovchilar sogʻligʻining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning saylov kuni yoki saylov kuniga qadar qilgan yozma yoki ogʻzaki iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.
Bunda uchastka saylov komissiyasi aʼzosi murojaatlar qaydlov daftariga saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, murojaat qilingan vaqt haqida tegishli yozuv kiritadi va ushbu maʼlumotlar uchastka saylov komissiyasi aʼzosining imzosi bilan tasdiqlanadi.
70. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovchi turgan joyda ovoz berishni tashkil etish saylov kunidagi ish hajmi va vaziyatdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
71. Uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi koʻchma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini taʼminlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir boʻlishi mumkin.
72. Turgan joyida ovoz bergan saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uchastka saylov komissiyasi aʼzosi tomonidan mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi saylovchilar roʻyxatidan koʻchirmaga tegishli yozuv kiritadi va saylovchi saylov byulleteni olganini tasdiqlab, ushbu roʻyxatdagi familiyasi qarshisiga imzo chekadi.
73. Uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boshqa shaxs uchun ovoz bermoqchi boʻlgan saylovchiga saylov byulletenini berishi taqiqlanadi.
74. Saylovchi yashirin ovoz berib boʻlganidan soʻng saylovchilar roʻyxatining tegishli joyiga (saylovchining familiyasi qarshisiga) “turgan joyida ovoz berdi” yozuvi kiritiladi.
XI bob. Ovoz berish natijalarini aniqlash
75. Uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari soat 20:00 da ovoz berish tugaganligini komissiyaning barcha aʼzolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida eʼlon qiladi.
Saylov uchastkasi binosida hozir boʻlgan saylovchilarga ovoz berish uchun imkoniyat beriladi (agar saylovchilar bor boʻlsa).
76. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida roʻyxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda eʼlon qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
77. Saylovchilarning ovozlarini sanab chiqish uchastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan saylov qutilarida mavjud boʻlgan saylov byulletenlari boʻyicha amalga oshiriladi. Saylovchilarning ovozlarini sanab chiqish faqatgina ovoz berish binosida oʻtkaziladi.
78. Uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlarni sanab chiqish, ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni toʻldirish jarayonida quyidagilar hozir boʻlishlari mumkin:
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari;
ommaviy axborot vositalari vakillari;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari;
boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar.
Mazkur jarayonda uchastka saylov komissiyasi binosida hozir boʻlishga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
79. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq uchastka saylov komissiyasining saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
80. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari ovoz berish tugaganidan soʻng qonunchilikda belgilangan harakatlar ketma-ketligida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1-harakat: ovozlarni sanashni boshlashdan oldin stollar birlashtiriladi, barcha yozuv ashyolari (ruchka, qalam va boshqa vositalar) hammaning eʼtiboriga havola qilingan holda chetga olib qoʻyiladi;
2-harakat: okrug saylov komissiyasidan olingan saylov byulletenlarining soni aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
3-harakat: foydalanilmagan va buzilgan saylov byulletenlari sanab chiqiladi va yuqori chap burchagini kesish yoki saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qoʻyish yoʻli bilan bekor qilinadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
4-harakat: saylovchilar roʻyxati (boshqa saylov uchastkasida ovoz berganligi haqida maʼlumot kiritilganlar bundan mustasno) va mazkur roʻyxat ilovasi boʻyicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy soni aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
5-harakat: statsionar va koʻchma saylov qutilarini ochishdan oldin komissiya aʼzolari tomonidan saylovchilar roʻyxati va saylovchilar roʻyxati ilovasining har bir varagʻiga shu varaq boʻyicha saylov byulleteni olganlarning umumiy soni haqidagi maʼlumotlar kiritiladi;
maʼlumotlar kiritilganidan keyin saylovchilar roʻyxati va saylovchilar roʻyxati ilovasining har bir varagʻi ushbu maʼlumotlarni kiritgan komissiya aʼzosi tomonidan imzolanadi va varaqlardagi raqamlar umumlashtiriladi;
saylovchilar roʻyxatining barcha sahifalari boʻyicha yakuniy umumiy maʼlumotlarni komissiya raisi eʼlon qiladi, saylovchilar roʻyxatining oxirgi varagʻiga kiritadi, oʻz imzosi va uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlaydi hamda ushbu maʼlumotlarni yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
6-harakat: saylov qutilaridagi plombalarning raqamlari plombalash dalolatnomasi bilan solishtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida maxsus qop(lar)dagi bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombadagi mavjud raqamlar tegishli dalolatnomadagi raqamlar bilan ham solishtiriladi;
(80-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
7-harakat: muddatidan oldin ovoz berish byulletenlari solingan yopiq konvertlar saylov qutisiga tashlanadi;
8-harakat: statsionar va koʻchma saylov qutilari (Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida maxsus qoplar ham) ochiladi. Byulletenlar stol ustiga toʻkiladi va ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar (saylov qutilaridagi saylov byulletenlari) soni aniqlanadi hamda ushbu maʼlumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
(80-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
9-harakat: har bir nomzod boʻyicha saylov byulletenlarini oʻqib eshittirgan va namoyish etgan holda alohida-alohida bogʻlamlarga ajratadi;
saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tugʻdirganda, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi;
10-harakat: har bir nomzod boʻyicha berilgan ovozlar alohida-alohida sanab chiqiladi va har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni aniqlanadi hamda yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga har bir nomzod uchun ovoz berilgan saylov byulletenlari alohida-alohida bogʻlam qilib oʻraladi. Bogʻlamda nomzodning ismi, familiyasi va otasining ismi yozilib, ovozlar soni koʻrsatiladi.
11-harakat: quyidagi saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda haqiqiy emas deb topiladi:
belgilanmagan shakldagi (hajmi, rangi, qogʻoz sifati, bosmaxona shrifti va hokazolar boʻyicha farqlanuvchi) saylov byulletenlari;
uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari;
saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum boʻlgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan nomzodga yoqlab ovoz berilgan saylov byulletenlari;
ovoz berish vaqtida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgilar qoʻyilmagan saylov byulletenlari.
Saylov byulletenlariga qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilgan fuqarolarning familiyalari va masalalar boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi va ushbu saylov byulletenlari ham haqiqiy emas deb topiladi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qaroriga asosan yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ushbu haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sanaladi, alohida bogʻlam qilib oʻraladi va ularning soni yakuniy bayonnomaga kiritiladi.
81. Zarur harakatlar amalga oshirilganidan keyin komissiya yakuniy majlis oʻtkazadi, unda ovoz berish va saylovchilar ovozlarini sanab chiqish vaqtida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishlar haqidagi shikoyat hamda arizalar koʻrib chiqiladi.
82. Ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzishdan oldin komissiya raisi hozir boʻlganlar eʼtiboriga ovoz berish kunida va saylovchilar ovozlarini sanab chiqish tugagunicha komissiyaga kelib tushgan shikoyatlar (arizalar) va ular boʻyicha qabul qilingan qarorlar haqidagi axborotni yetkazadi, tegishli bayonnomaga ilova qilinadigan dalolatnomalar va boshqa hujjatlarni koʻrsatib oʻtadi, komissiya faoliyati boʻyicha eʼtirozlar, shikoyatlar bor-yoʻqligini aniqlaydi, zarur hollarda komissiya eʼtiroz, shikoyatlarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi.
83. Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari haqidagi bayonnomani tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Shundan keyin komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolari tomonidan ovozlarni sanab chiqish natijalari haqidagi bayonnoma ikkita nusxada toʻldiriladi, imzolanadi va uchastka saylov komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga biron-bir tarzda oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani toʻldirish vaqtida komissiyaning ayrim aʼzolari hozir boʻlmasalar, bu haqda bayonnomada ularning hozir boʻlmaganliklari sabablari koʻrsatib oʻtiladi.
Shundan soʻng bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan oʻqib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning koʻchirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qoʻyiladi.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili, kuzatuvchilar uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan koʻchirma nusxasini soʻrab olishga haqli.
84. Ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolash vaqtida bayonnoma mazmuni yuzasidan norozi boʻlgan komissiya aʼzosi oʻzining alohida fikrini bayonnomaga ilova qilishga haqli, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
85. Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining koʻchirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi, birinchi asl nusxa rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida okrug saylov komissiyasiga olib borib topshiriladi.
Okrug saylov komissiyasida ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma notoʻgʻri toʻldirilganligi yoki arifmetik xatolar mavjudligi aniqlanganda, uchastka saylov komissiyasi qoʻshimcha majlis oʻtkazadi va xatoliklarni tuzatadi. Avvalgi bayonnomani asoslari koʻrsatilgan holda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda yangi qaror bilan tuzatilgan bayonnoma tasdiqlanadi. Hamma tanishib chiqishi uchun osib qoʻyilgan bayonnoma yangisi bilan almashtiriladi va ushbu nizomning 83-bandida belgilangan tartibda okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
86. Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari va kotibi har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar bogʻlamlariga nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi va yoqlab berilgan ovozlar sonini yozadi va bogʻlamlarni qopga tartib bilan soladi.
Soʻngra haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari bogʻlami ustiga “Haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari” deb yozadi va yoniga sonini yozib qopga joylashtiradi.
Undan keyin foydalanilmagan va buzib qoʻyilib bekor qilingan saylov byulletenlari bogʻlamga oʻralib, ustiga “Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib bekor qilingan saylov byulletenlari” deb yozib yoniga sonini yozadi va qopga joylashtiradi.
Saylov byulletenlari joylashtirilgach, saylovchilar roʻyxati va ovozlarni sanab chiqish boʻyicha bayonnomaning ikkinchi nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar ham qopga joylashtiriladi.
Qop plomba bilan plombalanadi va qopni plombalanganligi haqida dalolatnoma tuziladi. Soʻngra qop seyfga joylashtirilib, uchastka saylov komissiyasi raisi imzosi va muhri bilan muhrlanadi.
87. Uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan nomzodlar yoxud siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ovozlarni qayta sanab chiqilishini soʻrab sudga murojaat qilish huquqiga ega.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
XII bob. Saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish
88. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
89. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
XIII bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish
90. Nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar vakolatli vakillari, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar, saylovchilar, saylov jarayoni boshqa ishtirokchilari (bundan buyon matnda murojaat etuvchilar deb yuritiladi) bevosita oʻzlari yoki vakillari orqali ariza, taklif va shikoyat bilan saylov komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.
Murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼiy nazar, bir xil ahamiyatga ega.
91. Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, familiyasi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida uchastka saylov komissiyasining tartib raqami, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, familiyasi, otasining ismi) koʻrsatilgan, shuningdek, murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari koʻrsatilishi mumkin.
Murojaatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.
92. Murojaat etuvchilarga yakka yoki jamoa tartibida saylov komissiyalariga, prokuratura organlari, sud va tegishli davlat organlariga murojaat etish huquqi kafolatlanadi.
93. Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
94. Murojaat etuvchilarning yozma roziligisiz, ularning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi shart.
95. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan komissiya aʼzolari oʻrtasida koʻrib chiqish uchun taqsimlanadi.
Uchastka saylov komissiyasi saylov kampaniyasini oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning Saylov kodeksi talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida oʻziga kelib tushgan murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida tekshiruvlar oʻtkazilishi mumkin.
Murojaatlarga uch kunlik muddatda, agarda saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol koʻrib chiqib, yozma javob beriladi.
Murojaatda koʻtarilgan masala joyida ijobiy hal etilsa, murojaatchining roziligi bilan yozma javob berilmaydi.
96. Murojaatlar qaydlov daftarida roʻyxatga olinishi lozim.
Murojaatni qabul qilishni va roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi murojaatni koʻrib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun mazkur Nizomning 95-bandida belgilangan muddatlarda komissiyani chaqiradi va uning majlisini oʻtkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyasi murojaatni qabul qilishni yoki koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etgan taqdirda yoxud murojaatni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan murojaat etuvchi norozi boʻlsa, ular ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
(96-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
97. Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmaydigan uchastka saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
98. Quyidagilar koʻrib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslar vakillari orqali yuborilgan murojaatlar, agar ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa;
qonunda belgilangan boshqa talablarga mos kelmaydigan murojaatlar.
Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u uchastka saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Murojaat etuvchi vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
99. Murojaat etuvchilarni, ularning vakilini, ularning oila aʼzolarini, ular oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, saylov komissiyalari va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek, murojaatlarda oʻz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan taʼqib etish man etiladi.
Murojaat etuvchilarni taʼqib qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
100. Murojaatni koʻrib chiqqan saylov komissiyalari aʼzolari uni koʻrib chiqish vaqti, natijalari va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
101. Nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar uchastka saylov komissiyalarining murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha va boshqa qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
103. Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga va murojaatchiga topshirishi lozim.
XIV bob. Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
104. Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
105. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy ish yuritishni rasmiylashtirish Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 934-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tomonidan saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
XV bob. Uchastka saylov komissiyalarining hujjatlari, muhrlari va ovoz berish qutilarini saqlash
106. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi.
107. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylov jarayonida foydalanilgan komissiya muhri, saylov qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, Davlat gerbi va bayrogʻi kabi moddiy qiymatliklar tegishli ravishda tuman va shahar hokimliklari tashkiliy-nazorat guruhining masʼul shaxslariga dalolatnoma asosida topshiriladi va ularning javobgarligida saqlanadi.
XVI bob. Yakuniy qoida
108. Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlinmalari yoki ichki ishlar xodimlari saylov byulletenlari olingan kundan boshlab byulletenlar hamda boshqa hujjatlar saqlanadigan binoning qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
109. Uchastka saylov komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Koʻchma saylov qutilari binodan tashqarida ovoz berish uchun moʻljallangan.
Ovoz berish uchun koʻchma saylov qutilarining gabaritlari 30x20x35 sm boʻlishi kerak.
Oldindan ovoz berish uchun koʻchma saylov qutilarining soni tegishli uchastka saylov komissiyasining qarori bilan belgilanadi va ularning har biriga tartib raqami qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ovoz berish qutilari ular muhrlangan paytdan to ochilgungacha uchastka saylov komissiyasi aʼzolari, kuzatuvchilarning nazoratida boʻlishi lozim.
Saylov qutilarining saqlanishi yuzasidan nazorat olib borish komissiya qarori bilan belgilanadigan uchastka saylov komissiyasi aʼzosi zimmasiga yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
YaShIRIN OVOZ BERISh KABINALARINING ESKIZI
Yashirin ovoz berish kabinasi u joylashgan xonada hozir boʻlganlar tomonidan saylovchining yashirin ovoz berishini kuzatishga imkon bermaydigan va uning oʻz xohish-irodasini erkin bildirishini taʼminlaydigan darajada oʻralgan holda tashkil etiladi.
Kabinaning balandligi 2 metr va eni 0,75 metr boʻlishi kerak.
KOʻChMA SAYLOV KABINASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Uchastka saylov komissiyasining rezina muhri
NAMUNASI
Uchastka saylov komissiyasining rezina muhri diametri 35 mm aylana shaklda boʻlib, markazdan 17,5 mm uzoqlikda asosiy aylana va undan 1 mm masofada yana bir aylana oʻtkazilgan. Ikkinchi aylana tagida aylana boʻyicha “Uchastka saylov komissiyasi *”* yozuvi bor, ushbu yozuv tagida aylana boʻyicha “Toshkent shahar *”*. Ushbu matnning tagidan yana bir ichki aylana, markazdan 0,8 mm uzoqlikda oʻtkazilgan boʻlib, aylananing ichida uchastka saylov komissiyasi tartib raqami tasvirlangan.
*Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyasi tartib raqami tegishli okrug saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
8a-ILOVA
8b-ILOVA
Izoh: Stendning pastki chegarasining yer sathidan balandligi kamida 80 sm boʻlishi kerak.
8v-ILOVA
Izoh: Stendning pastki chegarasining yer sathidan balandligi kamida 80 sm boʻlishi kerak.
8g-ILOVA
Izoh: Stendning pastki chegarasining yer sathidan balandligi kamida 60 sm boʻlishi kerak.
Saylovchilar sonidan kelib chiqqan holda 2 ta stend tayyorlanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI VIBORI PREZIDENTA RESPUBLIKI UZBEKISTAN
SAYLOVChILAR ROʻYXATIDAN KOʻChIRMA VIPISKA IZ SPISKA IZBIRATELEY (muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar boʻyicha) (po izbiratelyam, progolosovavshim dosrochno) ______ — saylov okrugi izbiratelniy okrug ______ 20__y. “___”_______________
_________________________________________________________________________________________________________________________________ (saylov uchastkasi joylashgan yer — qishloq, ovul, shaharcha, shahar, tuman, viloyat, harbiy qismi) (mesto naxojdeniya izbiratelnogo uchastka — kishlak, aul, poselok, gorod, rayon, oblast, voyskovaya chast)
T/r p/p
Familiyasi, ismi, otasining ismi Familiya, imya, otchestvo
Tugʻilgan yili God rojdeniya*
Turar joyi Mesto jitelstva
Saylovchining saylov byulletenini olganligi haqidagi imzosi Podpis izbiratelya o poluchenii izbiratelnogo byulle�enya
1
2
3
4
5
*Saylov kuni 18 yoshga toʻlgan saylovchilarning tugʻilgan kuni va oyi koʻrsatilsin.
Izoh: Mazkur roʻyxatga saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozuv ruchkasi orqali kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Uchastka saylov komissiyasida saylov byulletenlarini komissiya aʼzolariga taqsimlab berish dalolatnomasining namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi ______-uchastka saylov komissiyasining DALOLATNOMASI
20__ yil ___ oktyabr
Toshkent shahri
Ushbu dalolatnoma uchastka saylov komissiyasi raisi va aʼzosioʻrtasida saylov byulletenlarini
topshirish va qabul qilib olish toʻgʻrisida tuzildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha ________ ta saylov byulletenlarini topshirildi
va qabul qilib olindi.
________-uchastka saylov komissiyasi raisi: ______________________________________________________
(F.I.O)
Topshirdim
________________________ (imzo)
_______-uchastka saylov komissiyasi aʼzosi: _______________________________________________________
(F.I.O)
Qabul qildim
________________________ (imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Saylov qutisini plombalash toʻgʻrisida dalolatnoma namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi ____-uchastka saylov komissiyasining DALOLATNOMASI
20__ yil ___ oktyabr
Toshkent shahri
Qatnashdilar: Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari
Ushbu dalolatnoma saylov qutisini plombalash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida ovoz
berish qutilari __________-sonli, ____________-sonli, ________-sonli va koʻchma quti __________-sonli raqamlangan plombalar bilan plombalandi.
_______-uchastka saylov komissiyasi raisi: ________________________________________________________
(F.I.O)
___________________________(imzo)
_______-uchastka saylov komissiyasi kotibi: _______________________________________________________
(F.I.O)
___________________________(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI VIBORI PREZIDENTA RESPUBLIKI UZBEKISTAN SAYLOVChILAR ROʻYXATIDAN KOʻChIRMA VIPISKA IZ SPISKA IZBIRATELEY (turgan joyida ovoz bergan saylovchilar boʻyicha) (po izbiratelyam, progolosovavshim v meste ix prebivaniya)
______ — saylov okrugi izbiratelniy okrug ______
20__y. “___” _______________ (saylov sanasi — data viborov)
___________SAYLOV UChASTKASI
IZBIRATELNIY UChASTOK__________ ____________________________________________________________________________________________ (saylov uchastkasi joylashgan yer — qishloq, ovul, shaharcha, shahar, tuman, viloyat, harbiy qismi) (mesto naxojdeniya izbiratelnogo uchastka — kishlak, aul, poselok, gorod, rayon, oblast, voyskovaya chast)
T/r p/p
Familiyasi, ismi, otasining ismi Familiya, imya, otchestvo
Tugʻilgan yili God rojdeniya*
Turar joyi Mesto jitelstva
Saylovchining saylov byulletenini olganligi haqidagi imzosi Podpis izbiratelya o poluchenii izbiratelnogo byulletenya
1
2
3
4
5
*Saylov kuni 18 yoshga toʻlgan saylovchilarning tugʻilgan kuni va oyi koʻrsatilsin.
Izoh: Mazkur roʻyxatga saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozuv ruchkasi orqali kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI 20___ yil “___”___________ UChASTKA SAYLOV KOMISSIYASINING SAYLOV UChASTKASIDA OVOZLARNI SANAB ChIQISh NATIJALARI TOʻGʻRISIDAGI BAYoNNOMASI
Uchastka saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 24, 54, 94-moddalariga muvofiq,
______________________ saylov okrugining ______ saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijasida quyidagilarni aniqladi:
1. Saylov uchastkasidagi saylovchilarning umumiy soni 2. Uchastka saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni 3. Saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni 4. Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar soni 5. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni (saylov qutilaridagi saylov byulletenlari) 6. Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni 7. Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni:
Bayonnoma 20____yil “_______”___________________da tuzildi. ESLATMA!
M.Oʻ.
Bayonnoma tuzilishi bilan uning birinchi nusxasi belgilangan tartibda okrug saylov komissiyasiga yuboriladi. Bayonnomaning birinchi nusxasiga: saylov natijalarini aniqlashda hozir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan hozir boʻlgan kuzatuvchilar roʻyxati ilova qilinadi. Bayonnomaning ikkinchi nusxasi komissiya aʼzolarining alohida fikrlari (agar bunday fikrlari boʻlsa); ovoz berish yoki ovozlarni sanab chiqish chogʻida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlar, ushbu murojaatlar boʻyicha komissiyaning qabul qilgan qarorlari; saylov qutilarini plombalash boʻyicha tuzilgan dalolatnoma; saylov byulletenlari hamda boshqa saylov hujjatlari bilan birga uchastka saylov komissiyasida saqlanadi. Bayonnomaning 5-bandida koʻrsatilgan son bayonnomaning 7-bandi 1, 2, 3, 4 va 5-satrlardagi va 8-banddagi sonlar yigʻindisiga teng (5-band = 7-bandning satrlar yigʻindisi + 8-band) boʻlishi lozim.