toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-iyul,
1076-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1076-son qaroriga

ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “8-moddasi” degan soʻzlar “8 va 33-moddalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-banddagi “oʻn besh kun” degan soʻzlar “oʻn kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 9-bandning oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka saylov komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish”.
4. 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida akkreditatsiya qilish uchun

ANKETA

APPLICATION FORM

for registration as a foreign (international) observer

Familiyasi

Family name

Ismi

First name

Otasining ismi

Patronymic

Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil)

Date of birth (day, month, year)

Tugʻilgan joyi

Place of birth

Fuqaroligi

Present nationality

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Identification document

Raqami

Number

Berilgan vakti

Date of issue

Qachongacha haqiqiy (kun, oy, yil)

Date of expiry (day, month, year)

Qaysi tillarda soʻzlashadi

Knowledge of languages

Ish joyi (toʻliq nomlanishi, manzili, telefon, faks)

Place of work (full name, address, phone, fax of the organization)

Lavozimi

Position/Designation

Sizni xorijiy (xalkaro) kuzatuvchi sifatida tavsiya etgan mamlakat (tashkilot) nomi

Name of organization/state You represent as foreign (international) observer

Telefon (faks)

Phone (fax)

Uy manzili

Present home address

Telefon

Phone

Faks

Fax

E-mail

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilik tajribasi, shu jumladan Oʻzbekistonda (mamlakat, yil, qaysi missiya tarkibida)

Experience from election observation, including in Uzbekistan (country, year, mission)

Oʻzbekiston Respublikasiga kelish sanasi

Date of arrival to the Republic of Uzbekistan

Oʻzbekiston Respublikasidan ketish sanasi

Date of departure from the Republic of Uzbekistan

Sana

Date

Imzo

Signature

”.

5. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi mandatining
NAMUNASI VA TAVSIFI
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining mandati uning maqomini tasdiqlovchi hujjatdir.
Mandat namunada rekvizitlari keltirilgan 140 x 100 mm. oʻlchamdagi ikki tarafli (oʻzbek va rus yoki oʻzbek va ingliz tillarida) namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
Mandatni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, Markaziy saylov komissiyasining logotipi, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Mandatda uning tartib raqami, xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining familiyasi, ismi, uni vakil sifatida yuborgan mamlakat (xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari uchun) va (yoki) tashkilot (xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun) nomi koʻrsatiladi va Markaziy saylov komissiyasi raisining imzosi qoʻyilib, komissiyaning gerbli dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi”.
6. Mazkur Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV