Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-665-son
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining
14 va
16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 934-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
1. Qarorning 1-bandi
toʻrtinchi xatboshisidagi “maʼmuriy sudlar” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
10-banddagi “tuman (shahar) maʼmuriy sudiga” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari MJtKning 281, 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudiga taqdim qilingan taqdirda, ushbu sudning asoslantirilgan yozma talabiga koʻra 12 soatdan kechiktirmasdan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan organ tomonidan kamchiliklar bartaraf etilishi shart”;
v)
18-banddagi “tuman (shahar) maʼmuriy sudlari” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.