toggle_night_mode
Hujjat 23.07.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4060-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4060-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-iyul,
PQ-5190-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5190-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4060-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimaning uchinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar organlarining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidagi “qoʻriqlash xizmatining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi qoʻriqlash boʻlinmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ichki ishlar organlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 2-bandning “b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmatlaridan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining qoʻriqlash xizmatlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 4-banddagi “qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “qoʻriqlash xizmatining” soʻzlari “Qoʻriqlash bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 8-bandning oltinchi xatboshisidagi “qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Qoʻriqlash bosh boshqarmasi qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 07/21/5190/0689-son)