1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Alohida muhim obyektlarni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlovchi sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Biroq, qoʻriqlash faoliyatini tashkil etishda hozirga qadar bir qator muammolar mavjud boʻlib, bular ichki ishlar organlarining mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmatlari qamrovining torligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi, mavjud qoʻriqlash tizimi va texnologiyalarining yetarlicha samarali emasligi, ushbu sohada sifatli servis xizmatini koʻrsatishning yagona texnik talablari va mexanizmlarining yoʻqligida namoyon boʻlmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mulkka boʻlgan tajovuzni profilaktika qilish va oldini olishda aholining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya)ni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
2022-yil 31-dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida Toshkent shahrida amalga oshirilgan texnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga xabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan tizim)ni bosqichma-bosqich joriy etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti hududiy boʻlinmalarining ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash kuchlarining patrul guruhlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish va bunda qoʻriqlanadigan obyektlardan kelib tushgan xabar joyiga eng yaqin patrul guruhining tez yetib borishini taʼminlash mexanizmlarini belgilash;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmat turlarini kengaytirish, shu jumladan transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi obyektlarni qoʻriqlovga olish imkoniyatini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
yangi turar joylar qurilishida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda ularni majburiy tarzda qoʻriqlash-yongʻin tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlash;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
respublika mahallalarini ularning xavfsizlik darajasining choraklik reytingini joriy etgan holda baholash hamda har yili “Eng xavfsiz mahalla” respublika tanlovini oʻtkazish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash departamenti) tarkibida quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
a) asosiy faoliyat yoʻnalishi etib qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatiladigan qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlarini montaj, demontaj qilish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha ishlarni bajarishni belgilagan holda Qoʻriqlashning texnik vositalarini joriy qilish ilmiy-tadqiqot markazi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy-tadqiqot markazi);
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
b) asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilagan holda Qoʻriqlash departamentining umumiy shtatlari soni doirasida 5 shtat birligida matbuot boʻlimini:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
aholining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
aholiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyati natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni, shu jumladan uning rasmiy veb-saytining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish orqali oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha kompleks choralarni koʻrish.
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
Ilmiy-tadqiqot markazi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boʻlinmalari bilan qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlariga, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimning texnik infratuzilma obyektlariga xizmat koʻrsatish faqat Ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
4. 2019-yil 1-yanvardan boshlab shunday amaliyot joriy etilsinki, unga koʻra jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qoʻriqlashning texnik vositalari jihozlarini oʻrnatish hamda bepul texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
“Oʻzbektelekom” AJ hududiy filiallari avtomatik telefon stansiyalari binolarida avtomatlashtirilgan tizimning jihozlarini oʻrnatish uchun zarur boʻlgan joylarni oʻrnatilgan tartibda ajratish;
avtomatlashtirilgan tizimning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun aloqa tariflariga, shuningdek, “Oʻzbektelekom” AJ optik tolali aloqa kabellarini yotqizish boʻyicha xizmatlariga imtiyoz taqdim etilishini taʼminlasin.
jamoat xavfsizligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni toʻlaqonli taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti tomonidan hududlarda patrullikni tashkil etish bilan bogʻliqlikda videokuzatuv va texnik vositalarning butun kompleksidan foydalaniladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
Qoʻriqlash departamentiga, istisno tariqasida, avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish maqsadida mahalliy va xorijiy korxonalar bilan tovarlarni xarid qilish va yetkazib berish, shuningdek, xizmat koʻrsatish boʻyicha konkurs (tender) savdolarini oʻtkazmasdan shartnomalar tuzishga ruxsat etiladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalariga undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining boʻshaydigan moliyaviy mablagʻlari jismoniy shaxslarning xonadonlari va uy-joylariga bosqichma-bosqich qoʻriqlov jihozlarini bepul oʻrnatish va ularga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltiriladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
7. Qurilish vazirligi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yangi turar joylar qurishda ularni qoʻriqlash-yongʻin tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlash majburiyligini koʻzda tutuvchi takliflarni kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda avtomatlashtirilgan tizimni respublikaning barcha hududlarida joriy etish hamda bosqichma-bosqich rivojlantirish boʻyicha Texnik topshiriq va dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablariga muvofiq, namunali fuqarolar yigʻinlarini ragʻbatlantirish mexanizmini nazarda tutgan holda, respublika mahallalarini baholash tartibini tasdiqlasin;
bir oy muddatda “Qoʻriqlash Servis” DUK nizomini tasdiqlashni, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va ustav fondini shakllantirishni taʼminlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni taʼminlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti qoʻriqlash boʻlinmalari mutaxassislarini chaqirishning yagona qisqa raqamini, shuningdek, texnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga ulanish uchun onlayn ariza rasmiylashtirish tartibini kiritish choralarini koʻrsin.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-dekabr,
PQ-4060-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4060/2312-son; 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 07/21/5190/0689-son; 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)