Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-644-son “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-son “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2591, 2014-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 275-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning
nomi hamda
1-bandidagi “alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka” degan soʻzlar “narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
nomi hamda
muqaddimadagi “alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka” degan soʻzlar “narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.”.
v)
17-banddagi “alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan” degan soʻzlar “narkologik kasallikdan (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.”.