1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.03.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
qarori
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2925-5]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qarori (roʻyxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyun,
344-V-5-son
Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyun,
31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 344-V-5 va 31-son qaroriga ILOVA
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. 221-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik nobank kredit tashkilotlarining zimmasida qoladi.”.
2. 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/2925-5/0663-son)