1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish shartlari;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi;
subsidiya ajratishni rad etish asoslari va subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha shikoyat qilish tartibi;
ajratilgan subsidiyadan subsidiya oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi.
2. Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish jarayonida elektron axborot tizimi orqali maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-iyul,
434-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga 1-ILOVA
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiyalar ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
mahsulotlar — xoʻjaliklarning oʻzida yetishtirilgan yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti, parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) tuxumi, goʻshti, intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda qolgan turdagi baliqlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
subsidiya — chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik mahsulotlari yetishtirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qaytarmaslik sharti bilan budjetdan ajratiladigan mablagʻ;
subsidiya oluvchilar — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan va qoʻshilgan qiymat soligʻidan qarzdorligi mavjud boʻlmagan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklari hamda ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
chorvachilik subyektlari — yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti, parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) tuxumi, goʻshti, intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda qolgan turdagi baliqlar yetishtiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar;
intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi — sunʼiy suv havzalari, kichik suv havzalari, yopiq suv aylanma tizimi va qafas (sadok) moslamalarida intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi;
yirik va mayda shoxli mollar — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarishlanadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari — qoramol, qoʻy va echki;
qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi — ochiq suv havzalarida turli oʻlchamdagi qafas moslamalari oʻrnatilib, suv osti qismi toʻr bilan oʻralgan va ushbu toʻrning suv ustki qismi maxsus moslamaga (temir, plastik) mahkamlangan holda 1 m3 hajmdagi suvda 10 kgdan kam boʻlmagan baliq yetishtirish texnologiyasi.
3. Eksportga sotilgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlariga subsidiya ajratilmaydi.
parrandachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar 1 250 soʻm (bunda subsidiya qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtincha ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi);
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
chorvachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, goʻsht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar 2 000 soʻm hamda sutning har bir litri uchun 200 soʻm. Bunda subsidiya qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtincha ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2024-yil 1-yanvarga qadar baliqchilik hoʻjaliklariga — intensiv usulda sovuq suvda yetishtirilgan baliqlarning (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 1 500 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 soʻm miqdorida.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 174-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/174/0237-son)
5. Subsidiya qoʻshilgan qiymat soligʻidan qarzdorligi mavjud boʻlmagan subsidiya oluvchilarga ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
6. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
subsidiya oluvchi ushbu Nizomning 4, 5, 10-bandlari talablariga mos kelmasa;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Ushbu bandda qayd etilganidan tashqari boshqa holatlarda, sotib oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Subsidiya oluvchi subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
8. Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari elektron hisobvaraq-fakturalar va “on-line” kassa apparatlari orqali sotilganda, sotilgan mahsulot nomi (tovar kodi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq elektron hisobvaraq-fakturalar (savdo cheklar) shakllantiriladi.
9. Mahsulotlarni naqd pul yoki bank kartasi (toʻlov terminali) orqali sotish boʻyicha “on-line” kassa apparatlarini oʻrnatish subsidiya oluvchilar zimmasiga yuklanadi.
10. Yirik va mayda shoxli mollar goʻshti (tirik vazndagi), parranda goʻshti va baliq kilogramm, sut litr, parranda tuxumi dona oʻlchov birligida yoziladi.
11. Yirik va mayda shoxli mollarning 1 kilogramm tirik vazndagi goʻshtining soʻyim chiqimi (sub mahsulotlarsiz) koeffitsiyenti 55 foiz hisobida hisobga olinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
3-bob. Subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
13. Subsidiya oluvchilar oʻz xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) “my.vetgov.uz” sayti orqali tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) ariza bilan murojaat qiladi.
16. Komissiya subsidiya oluvchining arizasiga koʻra sotiladigan mahsulotlarni oʻz xoʻjaligida yetishtirilganligi va mahsulotlarning tegishli turlari boʻyicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq xulosa beradi hamda “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda Qoʻmitaga taqdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
17. Xulosa kelib tushgan sanada Qoʻmita va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida integratsiya qilingan maʼlumotlar bazasidan elektron tartibda foydalanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
18. Subsidiya oluvchi oʻz xoʻjaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotganidan soʻng komissiya xulosasi va soliq organlarining maʼlumotlarini “my.vetgov.uz” sayti orqali doimiy kuzatib boradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
19. Qoʻmita kalendar yil mobaynida chorvachilik subyektlariga ajratiladigan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Nizomga 5, 5a va 5b-ilovalardagi shakllarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uch ish kunida tasdiqlaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
20. Komissiya xulosasi va soliq organlarining maʼlumotlari ijobiy boʻlgan taqdirda, elektron shakldagi maʼlumotlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining xulosasi “my.vetgov.uz” sayti orqali kelib tushgandan soʻng bir ish kunida budjetdan shu maqsadga ajratilgan mablagʻlar doirasida tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
22. Subsidiya subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar ajratiladi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish uchun zarur mablagʻlarni hisobga oladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Subsidiya berish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
Komissiya va soliq organlari taqdim etgan xulosasi va maʼlumotlarining haqqoniyligi uchun oʻzlari javobgar hisoblanadi.
241. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
25. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ajratilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2416, 2417, 24110-moddalari.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
* Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi ushbu katalogga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega. Kengaytirilgan katolog Soliq qoʻmitasi tomonidan (pozitsiyalar, subpozitsiyalar, atributlar va brendlar koʻrsatilgan holda) yuritiladi.
**Asosiy oʻlchov birliklari turlari tegishli sinfdagi asosiy birliklar asosida belgilandi. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tomonidan pozitsiyalar va subpozitsiyalarga kiritiladigan tovarlarni eʼtiborga olib oʻlchov birliklari oʻzgartirilishi mumkin.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisining subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Subsidiya oluvchi
Subsidiya oluvchilar oʻz xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlariga ariza bilan murojaat qiladi.
Oʻz xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida
2-bosqich
Komissiya (Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi)
Komissiya subsidiya oluvchining arizasiga koʻra sotiladigan mahsulotlarning oʻz xoʻjaligida yetishtirilganligi va ularning tegishli turlari boʻyicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq xulosa beradi hamda “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim etadi.
Besh ish kunida
3-bosqich
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi xulosa kelib tushgan sanada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida integratsiya qilingan maʼlumotlar bazasidan elektron tartibda foydalanadi.
Uch ish kunida
4-bosqich
Subsidiya oluvchi
Oʻz xoʻjaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotgandan soʻng komissiya xulosasi va soliq organlarining maʼlumotlari natijasini “my.vetgov.uz” sayti orqali kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Doimiy
5-bosqich
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
Komissiya xulosasi va soliq organlarining maʼlumotlari ijobiy boʻlgan taqdirda, elektron shakldagi maʼlumotlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi axborot tizimi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboradi.
Bir ish kunida
6-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi axborot tizimi orqali kelib tushgan Qoʻmitaning xulosasini olgandan soʻng budjetdan shu maqsadga ajratilgan mablagʻlar doirasida tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bir ish kunida
7-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi
Subsidiya subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan ajratiladi.
Keyingi oyning 25-sanasiga qadar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Chorvachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan goʻsht (tirik vaznda) va sut mahsulotlari uchun subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza
Xoʻjalikda yetishtirilgan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan
goʻsht, tirik vaznda (kg)
sut (litr).
8.
Ixtisoslashtirilgan va avtomatlashtirilgan soʻyish korxonasining nomi va manzili
9.
Soʻyiladigan hayvonning identifikatsiya raqami
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
Parrandachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan parranda goʻshti va tuxum mahsulotlari uchun subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza
NAMUNASI
1.
Yuridik shaxsning toʻliq nomi:
2.
Joylashgan joyi:
(pochta manzili)
3.
STIR raqami:
4.
Bank rekvizitlari:
(bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi)
5.
Telefon raqami:
6.
Elektron pochta manzili:
7.
Xoʻjalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan parranda goʻshti (kg)
8.
Xoʻjalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan tuxum (dona)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3b-ILOVA
Baliqchilik subyektlari tomonidan intensiv usulda yetishtirilgan va sotilgan losos, forel, osyotr baliqlari (kg) va boshqa turdagi baliqlar uchun subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza
NAMUNASI
1.
Yuridik shaxsning toʻliq nomi:
2.
Joylashgan joyi:
(pochta manzili)
3.
STIR raqami:
4.
Bank rekvizitlari:
(bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi)
5.
Telefon raqami:
6.
Elektron pochta manzili:
7.
Xoʻjalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan losos, forel va osyotr baliqlari (kg)
8.
Xoʻjalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan boshqa turdagi baliqlar (kg)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
“Tasdiqlayman”
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman komissiyasi raisi
_____________________________________
(F.I.O)
20___ yil “____” _____________
XULOSA
____________ viloyati ____________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “_____________” ning 20___ yil ___________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi va kuyidagilar aniqlandi:
__________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam oʻz xoʻjaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi.
Komissiya aʼzolari
Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
imzo/muhr
F.I.O.
Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi mudiri
imzo/muhr
F.I.O.
Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi
imzo/muhr
F.I.O.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4a-ILOVA
“Tasdiqlayman”
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman komissiyasi raisi
_____________________________________
(F.I.O)
20___ yil “___” _______________
___________ viloyati _________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “____________” ning 20___ yil ___________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi:
T/r
Xoʻjalik nomi
Joylashgan manzili
Jami parranda soni (yuz bosh)
Xoʻjalik tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot
__________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam oʻz xoʻjaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi.
Komissiya aʼzolari:
Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
imzo/muhr
F.I.O.
Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi mudiri
imzo/muhr
F.I.O.
Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi
imzo/muhr
F.I.O.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4b-ILOVA
“Tasdiqlayman”
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman komissiyasi raisi
__________________________________
(F.I.O)
20___ yil “____” ____________
___________ viloyati __________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “___________” ning 20___ yil __________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi:
__________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam oʻz xoʻjaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi.
Komissiya aʼzolari:
Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
imzo/muhr
F.I.O.
Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi mudiri
imzo/muhr
F.I.O.
Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi
imzo/muhr
F.I.O.
(4b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
______ yilda oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan sut va goʻsht (tirik vaznda) mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari jadvali
Oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan qoramol va qoʻy goʻshti (tirik vaznda), (tonna)
Oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan sut, (tonna)
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2.
Andijon viloyati
3.
Buxoro viloyati
4.
Jizzax viloyati
5.
Qashqadaryo viloyati
6.
Navoiy viloyati
7.
Namangan viloyati
8.
Samarqand viloyati
9.
Surxondaryo viloyati
10.
Sirdaryo viloyati
11.
Toshkent viloyati
12.
Fargʻona viloyati
13.
Xorazm viloyati
Jami
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5a-ILOVA
______ yilda oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan parranda goʻshti (soʻyilgan vaznda) va tuxum mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari jadvali
NAMUNASI
T/r
Hududlar nomi
Oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan parranda goʻshti (soʻyilgan vaznda), (tonna)
Oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan tuxum, (ming dona)
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2.
Andijon viloyati
3.
Buxoro viloyati
4.
Jizzax viloyati
5.
Qashqadaryo viloyati
6.
Navoiy viloyati
7.
Namangan viloyati
8.
Samarqand viloyati
9.
Surxondaryo viloyati
10.
Sirdaryo viloyati
11.
Toshkent viloyati
12.
Fargʻona viloyati
13.
Xorazm viloyati
Jami
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5b-ILOVA
_______ yilda oʻz xoʻjaliklarida intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda boshqa turda yetishtirilgan baliq prognoz koʻrsatkichlari jadvali
NAMUNASI
T/r
Hududlar nomi
Oʻz xoʻjaliklarida intensiv usulda yetishtiriladigan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr),(tonna)
Oʻz xoʻjaliklarida boshqa turdagi yetishtirilgan baliqlar,(tonna)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga
2-ILOVA
Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
1.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi mudiri
4.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi
5.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi chorvachilik boʻyicha mutaxassisi, komissiya kotibi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 701-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/701/0007-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 37-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“a) goʻsht va sut qoramolchiligida — yoshi eng koʻpi bilan 18 oygacha boʻlgan zotdor urgʻochi buzoqlar, boʻgʻoz boʻlgan va kutilayotgan tugʻish vaqtidagi yoshi 36 oydan koʻp boʻlmaydigan, homilaning otasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar boʻlgan gʻunajinlar tanlanadi”;
b) “b” kichik bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) qoʻychilik va echkichilikda — mustahkam konstitutsiyali, Oʻzbekiston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitlarida urchitish uchun mos keladigan yoshi 6 oylikdan qam boʻlmagan nasldor qoʻy va echkilar tanlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1057-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“27. Hayvon egalarining arizasiga muvofiq davlat veterinariya xizmati tomonidan hayvonlarni identifikatsiya qilish, hisobga olish va hisobdan chiqarish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq uch kun ichida amalga oshiriladi”;
v) 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, hisobga olish va hisobdan chiqarish sxemasi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandning beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ushbu ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish;
parrandachilik va quyonchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini yuritish;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
parranda va quyonlar uchun toʻla qiymatli, yuqori oqsilli oziqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan parrandachilik va quyonchilik tarmogʻining ozuqa bazasini mustahkamlash;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish”;
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi “d” — “z” kichik bandlar qoʻshilsin:
“d) parrandachilik va quyonchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini yuritish sohasida:
parrandachilik va quyonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
parranda va quyonlarni parvarishlash texnologiyalari boʻyicha xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
eksport qilish qoidalari (shartlari) boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
eksport masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda sohadagi tadbirkorlarni boshqa kompaniyalar bilan xalqaro hamkorligini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
ichki va tashqi bozlarning holati va mahsulotga boʻlgan talabini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
parrandachilik va quyonchilik sohasida tezkor onlayn-monitoring yuritish boʻyicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantiradi va yuritadi;
e) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
aholi oʻrtasida parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarining isteʼmol darajasini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi;
ommaviy axborot vositalarida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan ijtimoiy tusdagi, shu jumladan, parranda va quyon goʻshtining foydali tomonlari, parranda va quyon boqish afzalliklari haqidagi maʼlumotlarni yoritish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi;
mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha loyihalarni tashkil etish orqali eksport salohiyatini oshirish, bozor konyunkturasi boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar va begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlar) jalb qilish choralarini koʻradi;
j) parranda va quyonlar uchun toʻla qiymatli, yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan parrandachilik va quyonchilik tarmogʻining ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida:
parranda va quyonlarni toʻla qiymatli oziqlantirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
ozuqa yem tayyorlashni koʻpaytirish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tadbirkorlarga yetkazadi;
parrandachilik va quyonchilik tarmogʻi ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida intensiv texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganadi;
chet davlatlardan sifatli ozuqalar va ularning qoʻshimchalari keltirishni tashkil etish boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil etadi;
z) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish sohasida:
agentlik mutaxassislarini va ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislarni tegishli malaka oshirish kurslariga, shu jumladan, xorijga yuborish orqali qayta tayyorlash boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli tahliliy, maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
innovatsion texnologiyalar rivojlanishining jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda, ilmiy-tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 15-iyuldagi 587-son qarorida:
a) 2-banddagi “1-ilova bilan tasdiqlangan roʻyxat doirasida” soʻzlari “chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ozuqabop ekinlar yetishtirish, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish majburiyatlari bilan lalmi va yaylov yer uchastkalari ajratilgan tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar) sugʻorish tik quduqlarini burgʻilash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.”
5. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qarorida:
“10. Import qilinadigan nasldor qoramollar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
goʻsht va sut yoʻnalishidagi xoʻjaliklarda — nasldor qoramollarning tugʻish vaqtida kutilayotgan yoshi 30 oydan koʻp boʻlmasligi, boʻgʻoz boʻlgan, homilaning otasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar mavjud boʻlishi lozim”;
v) qarorga 4-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga 4-ILOVA
Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
T/r
F.I.O.
Ish joyi va lavozimi
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
Tuman agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
4.
Lavozimi boʻyicha
—
hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakili, komissiya kotibi
Izoh. Komissiya tarkibiga zaruratga koʻra, boshqa tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.”;
g) qarorga 5-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga 5-ILOVA
Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
T/r
F.I.O.
Ish joyi va lavozimi
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
Viloyat agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
4.
Lavozimi boʻyicha
—
hududiy “Chorvanasl” markazi direktori, komissiya kotibi
Izoh. Komissiya tarkibiga zaruratga koʻra, boshqa tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.”.