Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
“Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2003-yil 2-maydagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252, 2003-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y, 12-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252-1, 2013-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y, 26-son, 350-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252-2, 2018-yil 10-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y, 10/18/1252-2/0543-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252-3, 2019-yil 20-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y, 10/19/1252-3/3150-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 209-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqning 2.2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252-4, 2019-yil 13-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y, 10/19/1252-4/3545-son).