

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;31.05.2005
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-549447" id="onLBC-549447">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6921"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-549447" id="onLS-549447">[<b>TSZ:</b><div id="LS3741"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-549457" id="-549457">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-549458" id="-549458">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-549461" id="-549461">UY-JOY QURILIShINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLAShNING QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-549462" id="-549462"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1158968" id="-1158968">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-610986?ONDATE=31.05.2005 00#-611361">qaroriga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549849" id="-549849">“Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy qurilishida islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-martdagi <a href="/mact/-168944">Farmonga </a>muvofiq hamda jismoniy va yuridik shaxslarning boʻsh pul mablagʻlarini, banklar kreditlarini uy-joy qurilishiga jalb etish boʻyicha iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni yaratish, shuningdek “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning oʻz kredit resurslarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549850" id="-549850">1. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma banki taʼsischilarining birkitilgan ulushlarga muvofiq taʼsischilar tomonidan qoʻshimcha ravishda 250 mln. soʻm qoʻshish hamda respublika qimmatli qogʻozlar bozorida “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning 250 mln. soʻmlik aksiyalarini erkin sotish hisobiga ustav sarmoyasi miqdorini 750 mln. soʻmgacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-549851" id="onLBC-549851">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6690"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;</span></div><div id="LBC6718"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish;</span></div><div id="LBC6719"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549851" id="-549851">2. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-549447#-549880">Nizom </a>1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-550310" id="edi-550310"><a href="/mact/-549447?ONDATE=22.07.1997 00#-549852">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550310" id="-550310">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki bilan kelishilgan holda uy-joylar bozori konyunkturasini oʻzgartirishda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar sotib olish tartibiga zarur tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-550311" id="-550311">(2-bandda ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli <a href="/mact/-243634?ONDATE=28.02.2003 00#-471915">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549853" id="-549853">3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549854" id="-549854">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda, aholi soni va tarkibidan kelib chiqqan holda, arxitektura-rejalashtirish va qiymat omillarini hisobga olib, uy-joyga boʻlgan ehtiyojni, uy-joylar turini va ularni qurish dislokatsiyasini, shuningdek 1997-1998-yillarda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurish hajmlarini aniqlasinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549855" id="-549855">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning viloyat boʻlimlari buyurtmanomalariga binoan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishini birinchi navbatda taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549856" id="-549856">4. Belgilansinki, qurilish maydonlarini tayyorlash, muhandislik kommunikatsiyalarini buzish, koʻchirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” buyurtmanomasi boʻyicha qurilayotgan uy-joylar uchun mavzelar ichidagi va magistral tarmoqlar qurilishi hokimliklar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda ushbu tarmoqlarning uy-joylar foydalanishga topshirilgungacha tayyor qilinishi taʼminlanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-549857" id="onLBC-549857">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6914"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549857" id="-549857">5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1997-yilda quyidagilarni uy-joylar qiymatining 50 foizini qoplashni taʼminlash hisobiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549858" id="-549858">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-yanvardagi 40-son qarori bilan tasdiqlangan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar boʻyicha boshqa maqsadlar moddasida nazarda tutilgan 110 mln. soʻm miqdoridagi budjet mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549859" id="-549859">qurilishi davlat mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan va hozirgi vaqtda mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalari bilan taʼminlanmagan tugallanmagan uy-joy qurilishi obyektlari qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549860" id="-549860">davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushgan muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlash uchun hokimliklar ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlarning 50 foizi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-550312" id="edi-550312"><a href="/mact/-549447?ONDATE=22.07.1997 00#-549861">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550312" id="-550312">6. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 1998-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini tuzishda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurish qiymatining 50 foizini qoplashga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlarni nazarda tutsinlar. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-550313" id="-550313">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli <a href="/mact/-243634?ONDATE=28.02.2003 00#-471915">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549862" id="-549862">7. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ga quyidagi huquqlar berilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549863" id="-549863">tasdiqlangan Nizomga muvofiq bank boʻlimlarining maxsus yigʻma schyotlarida zarur mablagʻlar toʻplangan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslar bilan, ular tomonidan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olmasdan, kredit olish va uy-joy sotib olish yuzasidan shartnomalarni rasmiylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549864" id="-549864">koʻchmas mulk bozorining vujudga kelgan konyunkturasini hisobga olgan holda Toshkent shahrida davlat budjeti mablagʻlari hisobiga uy-joylar qiymatining 50 foizini qoplamasdan, yaxshilangan tuzilishdagi, shuningdek qulay tumanlarda joylashgan kvartiralarni tijorat shartlarida sotish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549865" id="-549865">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish tartibi <a href="/mact/-549447#-550300">2-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549866" id="-549866">8. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha sotib olinadigan kvartiralar qiymatini uy-joylarning qavati, turi va joylashgan oʻrniga koʻra tabaqalashtirilgan holda aniqlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549867" id="-549867">Bunda kvartiralarning sotish va smeta qiymati oʻrtasidagi olinadigan farqning:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549868" id="-549868">90 foizgachasi — “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” buyurtmanomasi boʻyicha qurilayotgan uy-joylarning muhandislik kommunikatsiyalarini, ularni obodonlashtirishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus jamgʻarmalariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549869" id="-549869">10 foizgachasi — “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning oʻz kredit resurslarini koʻpaytirishga yoʻnaltirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549870" id="-549870">9. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549871" id="-549871">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda Uy-joylarni “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” muassasalari orqali sotib olish tartibi toʻgʻrisida <a href="/mact/-744824">Nizomni </a>ishlab chiqsin va tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549872" id="-549872">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Jismoniy shaxslarga “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar sotib olish huquqi yuzasidan tavsiyanomalar berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549873" id="-549873">10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-fevraldagi 52-son qarorining <a href="/mact/-377278?ONDATE=08.02.1996 00#-377406">4-bandi </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549874" id="-549874">11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda amaldagi normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549875" id="-549875">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-549876" id="-549876">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-549877" id="-549877">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-549878" id="-549878">1997-yil 22-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-549879" id="-549879">366-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-549880" id="-549880"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-549881" id="-549881">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 366-son <a href="/mact/-549447">qaroriga</a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-549882" id="-549882">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-549883" id="-549883">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-549884" id="-549884"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-549885" id="-549885">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549886" id="-549886">1. Ushbu Nizom “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularga xizmat koʻrsatish, ularning muomalada boʻlishi, pulini toʻlash va ularni sotib olish tartibini tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549887" id="-549887">2. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning uy-joy obligatsiyalari ularning egalariga Toshkent shahrida, Oʻzbekiston Respublikasining viloyat markazlarida va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarida uy-joylar sotib olish huquqini beruvchi, belgilangan maqsadda foydalaniladigan, nomi yozilgan kuponsiz qimmatli qogʻozlar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549888" id="-549888">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uy-joy obligatsiyalari pulini ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda toʻlashning garanti hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549889" id="-549889">3. Uy-joy obligatsiyalari nomi yozilgan hisoblanadi va naqd (blank) hamda naqdinasiz (nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalariga egalik toʻgʻrisida sertifikat bergan holda “depo” schyotlari boʻyicha yozib qoʻyish) shakllarida muomalaga chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549890" id="-549890">Har bir uy-joy obligatsiyasining nominali uy-joyning umumiy maydoni birliklarida belgilanadi. Bunda uy-joy obligatsiyasining nominali uy-joy umumiy maydonining 0,5 kv metridan kam boʻlishi mumkin emas va obligatsiya muomalada boʻladigan butun muddat mobaynida oʻzgarishsiz qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549891" id="-549891">Jismoniy shaxsga nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari nominal qiymat bahosining 50 foiziga teng boʻlgan qiymat boʻyicha sotiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549892" id="-549892">Bunda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning uy-joy obligatsiyalari boʻyicha jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadigan uy-joylar qiymatining 50 foizi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549893" id="-549893">4. Uy-joy obligatsiyalarining muomalada boʻlish muddati “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan belgilanadi, lekin u bir yildan kam boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549894" id="-549894">5. Uy-joy obligatsiyalari blanklarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan majburiy rekvizitlar boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549896" id="-549896">Har bir uy-joy obligatsiyasining old tomonida qoʻshimcha ravishda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak: obligatsiyaning nominali va tegishli joriy qiymati, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” hududiy boʻlimlari yoki markaziy apparati rahbarining yoki bosh buxgalterining gerbli muhr bilan tasdiqlangan imzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kafolatli majburiyati, shuningdek nomi yozilgan uy-joy obligatsiyasi egasiga oid maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549899" id="-549899">Uy-joy obligatsiyasining orqa tomonida uni chiqarishning va muomalada boʻlishining asosiy shartlari bayon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-549901" id="-549901">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning qimmatli qogʻozlar emissiyasi boʻyicha muomalaga chiqariladigan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari miqdori yerlar ajratish masalalari ular boʻyicha hal etilgan uy-joylar kvartiralarining umumiy maydoniga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550088" id="-550088">6. Ushbu Nizomga muvofiq uy-joy obligatsiyalarining quyidagi egalari uy-joylar sotib olish huquqiga ega boʻladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550089" id="-550089">a) Toshkent shahrida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550090" id="-550090">18 yoshga toʻlgan va uch yildan kam boʻlmagan doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar — mahalla qoʻmitalari va tuman hokimliklari tavsiyanomalariga binoan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550091" id="-550091">belgilangan tartibda Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazilgan mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslar oʻz xodimlari uchun — mehnat jamoalari qarorlariga binoan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550092" id="-550092">b) viloyatlar markazlarida va viloyatlarga boʻysunuvchi shaharlarda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550093" id="-550093">18 yoshga toʻlgan va uy-joy sotib olinadigan shaharda bir yildan kam boʻlmagan doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar — mahalla qoʻmitalari va tuman hokimliklari tavsiyanomalariga binoan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550094" id="-550094">uy-joy sotib olinadigan shaharda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslar oʻz xodimlari uchun — mehnat jamoalari qarorlariga binoan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550095" id="-550095">7. Obligatsiyalarning muomalada boʻlish va ularga xizmat koʻrsatish hamda shartnoma majburiyatlarini bajarish jarayonida paydo boʻladigan barcha nizolar, tomonlarning kelishuviga koʻra, sud tartibida yoki boshqa usulda amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-550129" id="-550129">II. UY-JOY OBLIGATSIYALARI EGALARINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ULARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550130" id="-550130">8. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari imtiyozlarning quyidagi turlariga huquqlidir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550131" id="-550131">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadigan uy-joylar qiymatining 50 foizini davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550132" id="-550132">jismoniy shaxslar daromadlarining ular tomonidan uy-joy obligatsiyalari sotib olish va ssuda qarzlarini toʻlashga yoʻnaltirilgan qismidan daromad soligʻi undirilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550133" id="-550133">yuridik shaxs tomonidan foyda (daromad)ning “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” hamda uning hududiy boʻlimlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz xodimlariga uy-joy sotib olishga foydalaniladigan qismi foyda (daromad) soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550134" id="-550134">9. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlarida uy-joy yigʻma va ssuda schyotlari ochgan uy-joy obligatsiyalari egalari uchun olingan kreditlar boʻyicha quyidagi imtiyozli stavkalar amalda boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550135" id="-550135">jismoniy shaxslar uchun — uy-joy sotib olishga uzoq muddatli kreditlar yiliga koʻpi bilan 20 foizli stavka boʻyicha beriladi, 10 yil mobaynida toʻlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550136" id="-550136">yuridik shaxslar uchun — qayta moliyalashtirishning amaldagi stavkasining 50 foizi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550137" id="-550137">Jismoniy shaxs tomonidan uy-joy sotib olish va qurishga olingan kredit muddatidan uch yilgacha oldin toʻlangan taqdirda belgilangan foiz stavkalari 50 foizga, muddatidan besh yilgacha oldin toʻlanganda 30 foizga kamaytiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550138" id="-550138">10. Har bir jismoniy shaxs koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlarni qoʻllagan holda faqat bir kvartira sotib olishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550139" id="-550139">Uy-joy sotib olingan kundan boshlab 5 yil mobaynida sotilgan yoki boshqa birovga berilgan, ijaraga berilgan taqdirda olingan kreditlar, shuningdek tegishli imtiyozlar va soliqlar sotilgan yoki birovga berilgan kunda amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha toʻliq miqdorda toʻlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-550140" id="-550140">III. OBLIGATSIYALARNI JOYLAShTIRISh TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550141" id="-550141">11. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” uy-joy obligatsiyalarining muomalada boʻlishi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550142" id="-550142">Uy-joy obligatsiyalari boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga qayta sotilmaydi yoki berilmaydi (merosxoʻrlik huquqi bundan mustasno).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550143" id="-550143">Uy-joy obligatsiyalari garovga qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550144" id="-550144">12. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini joylashtirish “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning boʻlimlari tomonidan sotishning joriy narxlari boʻyicha komission ragʻbatlantirish shartlarida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550146" id="-550146">Komission ragʻbatlantirish miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550149" id="-550149">13. Uy-joy obligatsiyalarining joriy narxi “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda uy-joylarning amalda yuzaga keladigan smeta qiymatini hisobga olgan holda belgilanadi va matbuotda eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550151" id="-550151">14. Jismoniy shaxslar uchun uy-joy obligatsiyalarini sotish va ularga xizmat koʻrsatish operatsiyalari nomi yozilgan obligatsiyalarni rasmiylashtirish yoʻli bilan naqd shaklda va shuningdek egalariga nomi yozilgan guvohnomalar berish yoʻli bilan naqdinasiz shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550154" id="-550154">Yuridik shaxslar uchun uy-joy obligatsiyalarini sotish va ularga xizmat koʻrsatish egalariga uy-joy obligatsiyalarining muayyan sonini egallaganliklari toʻgʻrisida nomi yozilgan guvohnomalarni bergan holda naqdinasiz shaklda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550156" id="-550156">Nomi yozilgan obligatsiyalar yoʻqolgan taqdirda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning boʻlimlari uning egasiga dublikatni berishlari shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-550159" id="-550159">IV. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BOZORI IShTIROKChILARI OʻRTASIDA PUL HISOB-KITOBLARI TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550162" id="-550162">15. Jismoniy va yuridik shaxslar “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” yoki uning boʻlimlaridan uy-joy obligatsiyalarini quyidagi yoʻllar bilan sotib olishadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550165" id="-550165">jismoniy shaxslar — naqd shaklda yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550168" id="-550168">yuridik shaxslar — naqdinasiz shaklda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550171" id="-550171">16. Xaridorlar tomonidan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olish schyotiga toʻlanadigan mablagʻlar “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlarida ushbu maqsadlarda ochilgan maxsus yigʻma schyotga qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550174" id="-550174">17. Jismoniy shaxslar uy-joy obligatsiyalarini “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning boʻlimlarida naqd hisob-kitob qilish yoʻli bilan sotib olishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550176" id="-550176">Naqdinasiz hisob-kitob qilingan taqdirda pul mablagʻlari “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlaridagi maxsus yigʻma schyotlarga kelib tushgandan soʻng jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan namunadagi tegishli guvohnoma beriladi hamda nomi obligatsiya egalari reyestriga kiritiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-550177" id="-550177">V. UY-JOY OBLIGATSIYALARI PULINI TOʻLASh VA SOTIB OLISh TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550179" id="-550179">18. Har bir chiqarishdagi uy-joy obligatsiyalari ushbu chiqarishdagi obligatsiyalarning tegishli emissiya prospektida belgilangan amalda boʻlish muddati mobaynida toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550182" id="-550182">19. Mazkur Nizomga muvofiq uy-joy sotib olish huquqi boʻlgan obligatsiya egalari “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimiga uy-joy sotib olishga shartnoma tuzish uchun zarur boʻlgan guvohnoma yoki nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari paketini taqdim etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550184" id="-550184">Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarining zarur paketi miqdori:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550185" id="-550185">jismoniy shaxslar uchun — sotib olinadigan uy-joyning kamida 20 foiz maydoniga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550186" id="-550186">yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs oʻz xodimi uchun sotib olishni istayotgan uy-joyning kamida 50 foiziga muvofiq kelishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550187" id="-550187">20. Uy-joy obligatsiyalarining talab etiladigan paketi egalari “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari bilan uy-joy sotib olish yoki uy-joyning xususiyati va uning joylashgan tumanini koʻrsatgan holda qurishga shartnoma tuzadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550188" id="-550188">21. Shartnomada koʻrsatilgan uy-joy “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari tomonidan uy-joy sotib olishga shartnoma tuzilgan vaqtdan keyin olti oy mobaynida yoki uy-joy qurishga shartnoma tuzish chogʻida tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra belgilangan muddatda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550189" id="-550189">22. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari pulini toʻlash uchun moʻljallangan xonadonlar joylashgan tumanlar tegishli chiqarishdagi emissiya prospektida belgilanadi va “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550190" id="-550190">23. Uy-joy qiymatining qolgan qismini toʻlash uchun jismoniy yoki yuridik shaxsga “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimida maxsus ssuda schyoti ochiladi hamda kredit bitimi rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550191" id="-550191">Maxsus uy-joy ssuda schyotini ochish hamda kredit berish olinadigan kreditni tavakkalchiliklarning barcha turlaridan majburiy sugʻurtalash sharti bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550192" id="-550192">24. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari tomonidan obligatsiya egalariga kredit quyidagi imtiyozli shartlarda beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550193" id="-550193">jismoniy shaxsga — uy-joy qiymatining qolgan qismiga, unga uy-joy qiymatining 50 foizi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishini hisobga olib — ssuda qarzi sifatidagi kredit 10 yil muddatga yiliga koʻpi bilan 20 foizli stavka bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550194" id="-550194">yuridik shaxsga — sotib olinayotgan uy-joy qiymatining qolgan 50 foiziga — amaldagi qayta moliyalashning 50 foizlik stavkasi boʻyicha bir yilgacha muddatda qisqa muddatli kredit.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550195" id="-550195">Kredit kredit summasi, toʻlash muddatlari va foiz stavkalari belgilangan holda shartnoma asosida rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550197" id="-550197">Kredit kvartira berish chogʻida jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan sotib olinadigan uy-joyga garov rasmiylashtirish sharti bilan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550199" id="-550199">25. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari tomonidan jismoniy shaxsga maxsus uy-joy ssudasi ochilganligi va kredit rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor etilganda, shuningdek obligatsiya egasining arizasiga asosan u ishlaydigan korxona yoki tashkilot ssuda qarzini har oyda toʻlab boradi. Bunda yigʻma schyotga yoki kreditni toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar daromad soligʻidan ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550201" id="-550201">26. Uy-joy obligatsiyalari egalari ushbu chiqarishdagi obligatsiyalarning amalda boʻlish muddati tamom boʻlgandan keyin ularni navbatdagi chiqarishdagi uy-joy obligatsiyalariga almashtirishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550202" id="-550202">27. Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz xohishlariga koʻra sotib olingan uy-joy obligatsiyalarini “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlariga sotish uchun taqdim etishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550203" id="-550203">Taqdim etilgan uy-joy obligatsiyalari qiymatini toʻlash “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari tomonidan ularning nominal qiymati boʻyicha toʻlov summasini berishni ikki yil muddatga kechiktirgan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-550206" id="-550206">VI. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BOZORI QATNAShChILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-550209" id="-550209">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550210" id="-550210">28. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550211" id="-550211">jismoniy va yuridik shaxslarga Toshkent shahrida, viloyat markazlari va viloyat boʻysunishidagi shaharlarda uy-joy qurish va sotib olish huquqini beruvchi uy-joy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550213" id="-550213">maxsus uy-joy yigʻma, ssuda schyotlari va “depo” schyotlari boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550215" id="-550215">uylarning turlari va joylashgan oʻrni boʻyicha obligatsiyalar egalarining buyurtmalarini hisobga olib uy-joyni foydalanishga tayyor holda qurishga buyurtmalarni pudratchi tashkilotlar orasida tanlov asosida joylashtirish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550216" id="-550216">29. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550218" id="-550218">uy-joy obligatsiyalari emissiyasi prospektini ishlab chiqishga va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga, unda ushbu chiqarishdagi obligatsiyalar soni va boshqa koʻrsatkichlari, uy-joylar quriladigan tumanlar aks ettiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550219" id="-550219">muomalaga chiqarilgan uy-joy obligatsiyalari reyestrini yuritish, shuningdek obligatsiyalarni hisobga olish, saqlash va ular harakatini amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550220" id="-550220">ochilgan maxsus uy-joy yigʻma va ssuda schyotlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550223" id="-550223">muomalaga chiqarilgan nomi yozilgan obligatsiyalarni hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun depozitariy tashkil etishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550225" id="-550225">uy-joy sotib olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga imtiyozli shartlarda kreditlar berishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550235" id="-550235">maxsus uy-joy yigʻma, ssuda schyotlari ochishga va olinadigan kredit tavakkalchiliklarning barcha turlaridan majburiy sugʻurta qilinishi sharti bilan kredit berishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550237" id="-550237">uy-joy obligatsiyalari egalarining hohishiga koʻra mazkur Nizom shartlariga muvofiq ulardan obligatsiyalarni sotib olishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550239" id="-550239">30. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari bilan “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari oʻrtasida uy-joy sotib olishga shartnoma tuzilgandan keyin bank shartnoma tuzilgan paytdan boshlab olti oydan kechikmay yoki tomonlarning oʻzaro ahdlashuvi boʻyicha belgilangan muddatda obligatsiyalar turkumi egalariga shartnomada koʻrsatilgan uy-joyni uylar turi joylashgan oʻrni boʻyicha berishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550242" id="-550242">Tegishli hokimliklar kvartiralar berish boʻyicha majburiyatlar bajarilishi yuzasidan “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlarining kafili hisoblanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550245" id="-550245">Tuzilgan shartnoma boʻyicha belgilangan muddatlarda uy-joy berilmagan taqdirda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” obligatsiya egalariga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun obligatsiyalar turkumi qiymatining 0,5 (oʻndan besh qismi) foizi miqdorida jarima toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550247" id="-550247">Uy-joyni kontraktda belgilangan muddatlarda topshirish boʻyicha shartlar bajarilmagan taqdirda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Bosh pudratchidan muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun ushbu uy-joy kontrakt qiymatining 0,1 (oʻndan bir qismi) foizi miqdorida jarimani soʻzsiz undirib olish huquqiga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550249" id="-550249">31. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” har yili, 20-oktabrdan kechikmay, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida navbatdagi yilga talab etiladigan uy-joy hajmlari prognozini tuzishi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550250" id="-550250">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu takliflarni koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda talab etiladigan summani, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joy qurilishi hajmining 50 foizi doirasida, navbatdagi kalendar yilning Davlat budjeti loyihasiga kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550252" id="-550252">Mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmi Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” bilan birgalikda tasdiqlanadigan tegishli tartibda belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-550255" id="-550255">Uy-joy obligatsiyalari egalarining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550257" id="-550257">32. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari uy-joy obligatsiyasining amal qilishi muddati davomida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550260" id="-550260">uy-joy obligatsiyalarini bir yoʻla yoxud “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlarida maxsus uy-joy yigʻma schyotlarida mablagʻlarni jamlash yoʻli bilan qismlarga boʻlib sotib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550262" id="-550262">uy-joy sotib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun zarur boʻlgan obligatsiyalar turkumi haqini toʻlashga taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550264" id="-550264">uy-joyning qolgan qiymatini toʻlash uchun mazkur Nizomga muvofiq imtiyozli shartlarda kredit olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550267" id="-550267">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”dan oʻz xususiyatlari va joylashgan oʻrni, shuningdek kvartirani berish muddatlariga koʻra shartnomada koʻrsatilganiga muvofiq boʻlgan uy-joy olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550270" id="-550270">joriy chiqarish uy-joy obligatsiyalarini navbatdagi chiqarish obligatsiyalariga, obligatsiyalar emissiyasi prospektida belgilanadigan tartibda, almashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550273" id="-550273">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlarining uy-joy obligatsiyalarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda sotish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550275" id="-550275">sotib olingan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlariga sotib olish uchun taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550277" id="-550277">uy-joy obligatsiyalarini meros boʻyicha berish huquqiga egadirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550279" id="-550279">33. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550281" id="-550281">uy-joy obligatsiyalarini sotib olish, ularning muomalada boʻlishi va qaytarilishining belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550284" id="-550284">olingan kredit uchun toʻlov summasini maxsus uy-joy ssuda schyotlariga oʻz vaqtida belgilangan muddatlarda toʻlashga majburdir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-550287" id="-550287">VII. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BILAN OPERATSIYALARNI HISOBGA OLISh TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550290" id="-550290">34. Uy-joy obligatsiyalari bilan naqdina va naqdinasiz shakllardagi operatsiyalarni hisobga olish chiqarilgan operatsiyalarning turiga, obligatsiyalar egalari reyestri joriy etilishiga bogʻliq ravishda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan ochiladigan maxsus depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550293" id="-550293">35. Uy-joy obligatsiyalari egalari reyestriga kiritilgan shaxs obligatsiya egasi deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550296" id="-550296">Uy-joy obligatsiyalari turkumi egalariga obligatsiyalarga egalik toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi, unda guvohnoma berilgan sanada obligatsiyalar egasi shaxsiy schyotining holati aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550297" id="-550297">36. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” oʻz boʻlimlariga mazkur Nizomda belgilangan tartibda uy-joy shaklida qiymati qaytarilgan uy-joy obligatsiyalari toʻgʻrisida axborot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550298" id="-550298">37. Uy-joy obligatsiyalari blanklari qatʼiy hisobot beriladigan blanklar hisoblanadi va tegishli balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550299" id="-550299">Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari blanklari pul saqlanadigan joylarda yoki yonmaydigan poʻlat sandiqlarda saqlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-550300" id="-550300"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-550301" id="-550301">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 366-son <a href="/mact/-549447">qaroriga</a><br />2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-550302" id="-550302">“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma banki tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-550303" id="-550303">TARTIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-550304" id="-550304"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550305" id="-550305">1. Mazkur tartib “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma banki tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish mexanizmi va uni amalga oshirish shartlarini tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550306" id="-550306">2. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” koʻchmas mulkning shakllanayotgan bozor konyunkturasidan kelib chiqib nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalariga ularning xohishiga koʻra Toshkent shahrining qulay tumanlarida joylashgan va (yoki) past qavatli uylarda joylashgan yaxshilangan tuzilishdagi komfort bezakli kvartiralarni tijorat shartlarida ushbu uy-joy qurilishiga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan sarflangan 50 foiz xarajatlarni qoplamasdan sotish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550307" id="-550307">3. Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni sotib olish huquqiga “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar sotib olinayotgan uy-joy maydonining 50 foiziga muvofiq miqdorda uy-joy obligatsiyalari turkumi mavjud boʻlishi sharti bilan tijorat shartlarida ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550308" id="-550308">4. Uy-joy qiymatining qolgan qismiga 2 yil ichida toʻlash muddati bilan 20 foizdan koʻp boʻlmagan stavkali kredit rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-550309" id="-550309">5. Toshkent shahrida tijorat shartlarida yaxshilangan tuzilishdagi kvartira sotib olish istagini bildirgan shaxslarga nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olish tartibi, pul hisob-kitoblari, uy-joy berish, shuningdek “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-549447#-549880">Nizom </a>bilan belgilangan imtiyozlar tizimi ham tatbiq etiladi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
