Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha loyihani amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzatom” agentligi) atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialida (keyingi oʻrinlarda — Filial) 2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul parametrlari 100 oʻrin miqdorida
ilovaga muvofiq belgilansin. Bunda, Filialda bakalavrlar davlat granti asosida tayyorlanadi.
2. “Oʻzatom” agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yili uchun Filialga kirish imtihonlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari oʻtkaziladigan obyektlarda belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Kirish imtihonlarini oʻtkazish joylari ijarasi hamda abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlari jarayonini onlayn rejimda uzatish bilan bogʻliq xarajatlar (aloqa kanallari ijarasi, texnik xizmat koʻrsatish) “Oʻzatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga yuklansin.