|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari | |||||
|
1. |
“Yangi Oʻzbekiston” universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash. |
1. Universitet ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Universitetni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 3. Universitet tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash. |
2021-yil iyul |
- |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) |
|
2. |
Universitet faoliyatini tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish. |
1. Universitet faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarini aniqlash. 2. Aniqlangan oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish. |
2021-yil iyul |
- |
Agentlik (H. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
3. |
Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. |
1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish. |
2021-yil iyul |
- |
Agentlik (H. Umarova), Universitet, Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
2. Universitet taʼlim jarayoniga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish. |
2021-yil avgust | ||||
|
4. |
Universitetga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish. |
1. Universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari kesimida qabul parametrlarini belgilash. |
2021-yil iyul |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
2. Qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. |
|||||
|
3. Kirish imtihonlarini oʻtkazish va talabalarni oʻqishga qabul qilish. |
2021-yil avgust-sentabr | ||||
|
5. |
Universitetda iqtidorli talabalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat grantini berish tartibini ishlab chiqish. |
1. Davlat grantini b?rish tartibini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyul |
- |
Agentlik (H. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
6. |
Universitetni rivojlantirish va xalqaro tan olingan reyting tashkilotlari roʻyxatiga kiritish strategiyasini ishlab chiqish. |
1. Strategiyani ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va hamkor oliy taʼlim muassasalari mutaxassislarini jalb etish. |
2021-yil iyul |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Agentlik (H. Umarova), Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
2. Universitetni oʻrta muddatda eng yaxshi 1000 ta, uzoq muddatda eng yaxshi 500 ta oliy taʼlim muassasalari qatoriga kiritish strategiyasini ishlab chiqish. |
2021-yil noyabr | ||||
|
7. |
Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
1. Xalqaro tashkilotlarning akkreditatsiyadan oʻtkazish talablarini oʻrganish. |
2023-yil iyun |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitet mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
2. Universitetni xalqaro akkreditatsiya talablari darajasida tayyorlash. |
2026-yil yanvar | ||||
|
3. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish ishlarini tashkil etish. |
2027-yil iyun | ||||
|
8. |
Universitetning xalqaro reytinglarda ishtirokini tashkil etish. |
1. Universitet ishtirok etishi kutilayotgan xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatini tasdiqlash. |
2023 may iyun |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Agentlik (H. Umarova), Universitet |
|
2. Roʻyxat boʻyicha xalqaro tashkilotlarning reyting oʻtkazish talablarini oʻrganish. |
2024-yil avgust | ||||
|
3. Universitetni xalqaro reyting tashkilotlari talablari darajasida tayyorlash. |
2027-yil iyul | ||||
|
4. Universitetning xalqaro reyting baholash jarayonida ishtirok etishini tashkil etish. |
2029-yil dekabr | ||||
|
9. |
Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga taʼlim uzluksizligi va sifatini taʼminlash borasida Universitet tomonidan metodik yordam koʻrsatish. |
1. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini oʻrganish. 2. Maktablarning oʻquv jarayoni tahlili asosida ularda ilgʻor pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga koʻmaklashish. 3. Universitet tomonidan maktablarda mahorat darslarini tashkil qilish. |
Doimiy |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Agentlik (H. Umarova), Universitet |
|
II. Universitetning oʻquv jarayonini tashkil etish | |||||
|
10. |
Oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida taʼlim yoʻnalishlarini belgilash, oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash. 2. Bakalavriat va magistraturada oʻqish muddatlari va talabalarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish tartibini belgilash. 3. Malakali, jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash. |
2021-yil avgust |
- |
Universitet, Agentlik (H. Umarova) |
|
11. |
Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish. |
1. Xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini oʻrganish va joriy etish choralarini koʻrish. |
2021-yil sentabr |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish. |
Doimiy | ||||
|
12. |
Oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, talabalar uchun ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish. |
1. Oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli oʻquv-metodik, ilmiy-metodik qoʻllanmalar va ilmiy nashrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. |
2021-yil sentabr |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Agentlik (H. Umarova), Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
2. Talabalar taʼlim jarayonida foydalanishi uchun ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalariga ulanish. |
2021-2022-yillar | ||||
|
3. Talabalar uchun zamonaviy, jumladan raqamli shaklda kutubxona tashkil etish va uni zamonaviy adabiyot va axborot resurslari bilan boyitib borish. |
|||||
|
13. |
Universitet talabalarining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha amaliy mashgʻulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkazilishini tashkil etish. |
1. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish. 2. Shartnoma shartlariga muvofiq amaliy mashgʻulotlar va malakaviy amaliyotni oʻquv jarayoni jadvali asosida tashkil etish, ushbu jarayonni nazorat qilish uchun Universitet va tashkilotlar vakillarini biriktirish. |
Reja jadvalga muvofiq |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari |
|
14. |
Universitetda talabalar boʻsh vaqtining mazmunli oʻtishini tashkil qilish va ularning ijtimoiy hayotini faollashtirish. |
1. Talabalar uchun sport toʻgaraklari va sanʼat studiyalarini tashkil qilish. |
2021-yil oktabr |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova) |
|
2. Talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etish, turli trening va madaniy uchrashuvlar oʻtkazish. |
Reja jadvalga muvofiq | ||||
|
15. |
2021 — 2024-yillar uchun Universitet taʼlim jarayonini tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. |
1. Fakultetlar sonini 5 taga, yoʻnalishlar sonini 10 taga yetkazish. |
2021-yil sentabr |
- |
Universitet, Agentlik (H. Umarova) |
|
2. Magistratura bosqichiga qabul kvotasini 50 taga yetkazish. |
2022-yil sentabr | ||||
|
3. Ilmiy unvon va xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar sonini 124 nafarga yetkazish. |
2023-yil sentabr | ||||
|
4. Bakalavr bosqichi talabalari sonini 500 nafarga, doktorantlar sonini 10 nafarga yetkazish. |
2024-yil sentabr | ||||
|
16. |
2025 — 2028-yillar uchun Universitet taʼlim jarayonining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. |
1. Fakultetlar sonini 6 taga, yoʻnalishlar sonini 12 taga yetkazish. |
2025-yil sentabr |
- |
Universitet, Agentlik (H. Umarova) |
|
2. Magistratura bosqichida talabalar sonini 400 nafarga yetkazish. |
2027-yil sentabr | ||||
|
3. Ilmiy unvon va xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar sonini 587 nafarga yetkazish. |
2028-yil sentabr | ||||
|
4. Bakalavr bosqichi talabalari sonini 4700 nafarga, doktorantlar sonini 100 nafarga yetkazish. |
2028-yil sentabr | ||||
|
17. |
Xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va talabalarning amaliy koʻnikmalarini orttirish tizimini joriy etish va takomillashtirish. |
1. Xalqaro kompaniyalar va korxonalarda amaliyot oʻtash tizimini joriy etish. 2. Yirik kompaniyalar faoliyatini oʻrganish. 3. Talabalarni ixtisoslik sohasiga amaliyot orqali oʻrgatish tizimini joriy etish. |
2022-yil yanvar — may |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova) |
|
18. |
Agrotexnologiyalar fakultetini tashkil etish. |
1. Fakultetni tashkil etishda xalqaro tajribalarni oʻrganish. Bunda, “Gen muhandisligi”, “Atrof-muhit muhandisligi”, “Biotizimlar muhandisligi” va “Agroiqtisodiyot” sohalarini tahlil qilish. |
2022 — 2024-yillar |
- |
Universitet, Agentlik (H. Umarova) |
|
2. Agrotexnologiyalar fakultetiga talabalarni qab?l qilish. |
2024/2025 oʻquv yilidan | ||||
|
III. Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish | |||||
|
19. |
Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish. |
1. Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish. 2. Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish. |
Har oʻquv yilining sentabr-oktabr oylari |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
3. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori boʻlgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda natijalarni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish. |
Doimiy | ||||
|
20. |
Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish. |
1. Professor-oʻqituvchilarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirokini taʼminlash. |
2022-yil yanvar oyidan boshlab doimiy |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, falsafa fanlari doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish. 3. Yetakchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish. |
2023-yil yanvar oyidan boshlab doimiy | ||||
|
21. |
Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini va qoʻshma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish. |
1. Yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil noyabr |
Universitet mablagʻlari, Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov) |
|
2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash. |
2023-yil martdan boshlab doimiy | ||||
|
22. |
Innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish. |
1. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. 2. Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tahlil qilish. 3. Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari salohiyatdan foydalanib tijorat hamda notijorat tashkilotlar tuzish. |
Doimiy |
- |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), Innovatsion rivojlanishvazirligi (I. Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
23. |
Universitet ilmiy maktablarini shakllantirish va respublika ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilish. |
1. Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy maktablarini yoʻlga qoʻyish. 2. Ilmiy maktablar faoliyatini ommalashtirish va qoʻlga kiritilgan yutuqlar boʻyicha xalqaro konferensi??ar tashkil qilish. 3. Mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
- |
Universitet, Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
24. |
Universitet talabalarini amaliyot oʻtash obyektlariga biriktirish. |
1. Tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha amaliyot oʻtash obyektlari bazasini shakllantirish. 2. Davlat organlari va davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari roʻyxatini tasdiqlash. |
Har yili 1-martga qadar |
Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish | |||||
|
25. |
Universitet binosini barpo etish va uning hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish. |
1. Universitet binosini barpo etish uchun yer maydoni ajratish. 2. Universitet uchun bino va inshootlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan bajarish. 3. Talabalar turar joyini qurish va jihozlash ishlarini bajarish. 4. Universitet hududini zamonaviy landshaft dizayni asosida obodonlashtirish. |
2022/2023 oʻquv yiliga qadar |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Vazirlar Mahkamasi, Agentlik (H. Umarova), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) |
|
26. |
Universitetning oʻquv binolarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash. |
1. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatini hisobga olgan holda auditoriyalarni jihozlash uchun zarur vositalar roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil iyul |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
2. Universitetni oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash. |
Reja jadvalga muvofiq | ||||
|
27. |
Universitet sport kompleksini tashkil etish va uni zamonaviy inventarlar bilan jihozlash. |
1. Sport kompleksi uchun zarur inventarlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. 2. Sport inventarlari bilan doimiy taʼminlash choralarini koʻrish. |
2022-yil sentabr |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Universitet, Agentlik (H. Umarova), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |