Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyundagi 368-son qaroriga
2-ILOVA| Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbai | Bajarish uchun masʼullar | |
| I. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish | |||||
| 1. | Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi (keyingi oʻrinlarda — koʻllar) hududining turistik xaritasini yaratish. | 1. Yagona turistik xaritani ishlab chiqish. | 2021-yil 1-dekabr | Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi |
| 2. Turistik xaritani elektron shaklini mutasaddi idoralarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish. | 2021-yil 20-dekabr | ||||
| 2. | Koʻllar hududida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish. | 1. Koʻllar hududida turizm infratuzilmalarini tashkil etish istagida boʻlgan tashabbuskor tadbirkorni aniqlash. | 2021-yil noyabr | Tashabbuskor mablagʻlari hisobidan | Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi |
| 2. Koʻllar hududida munosib yer maydonini aniqlash. | 2022-yil yanvar | ||||
| 3. | Koʻllar tizimiga yoʻlovchilarni tashish uchun temir yoʻllarni yotqizish boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga ega taklif tayyorlash. | 1. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga” kiruvchi eng yaqin temir yoʻl stansiyalarini aniqlash. | 2021-yil iyul | - | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 2. Temir yoʻlni yotqizish boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga ega taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil avgust | ||||
| 4. | Koʻllar hududiga doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish. | 1. Toshkent — Arnasoy yoʻnalishi boʻyicha avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish yuzasidan taklif ishlab chiqish. | 2021-yil iyul | Tashabbuskor mablagʻlari hisobidan | Jizzax viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Turizm va sport vazirligi |
| 2. Avtobus qatnovini belgilovchi qatnov jadvalini ishlab chiqish. | 2021-yil avgust | ||||
| 5. | “E-IJRO AUKSION” elektron savdo tizimi orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid qilingan yer maydonlarida barpo etilgan turistik maskanlar infratuzilmasini yaxshilash. | 1. Yer maydoniga tutash suvli qirgʻogʻidan koʻlning ichki qismi yoʻnalishi boʻyicha hududni tadbirkorga biriktirish. | 2021-yil noyabr | Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan | Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, Turizm va sport vazirligi |
| 2. Biriktirilgan suvli maydonda toza plyaj hududini tashkil etish. | 2021-yil dekabr | ||||
| 6. | Koʻllar tizimi Tuzkon koʻli qirgʻogʻining 97 va 98-sonli konturlari boʻylab velosiped, kvadratsikl, ot va tuyada sayr qilish hududlarini tashkil qilish. | 1. 10 kilometr masofada 3 metr enlikdagi veloyoʻlaklarni barpo etish. 2. Veloyoʻlaklar boʻylab elektr chiroqlarini oʻrnatish. 3. Milliy va boshqa taomlarni tayyorlovchi koʻchma va tez pishar oshxonalarni tashkil etish. 4. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini targʻib qiluvchi suvinir va hunarmandchilik buyumlar savdosini yoʻlga qoʻyish. 5. Hududda sayohat marshrutlari mavjud oʻsimlik va hayvonot dunyosini ifodalovchi peshlavhalarni oʻrnatish (oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillarda). 6. Hududda dam olish oʻrindiqlari va chiqindi quti idishlarini barpo etish. 7. Velosiped, kvadratsikl, ot va tuyalarda sayir qilish uchun ular ijarasini tashkil etish. | 2023-yil mart | Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan | Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
| 7. | Koʻllar tizimining turistik salohiyatini koʻrsatuvchi targʻibot materiallarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan turistik va boshqa tadbirlarda taqdimotlar oʻtkazish. | 1. Xorijiy mamlakatlar uchun koʻllar tizimining turistik salohiyatini koʻrsatuvchi targʻibot materiallarini tayyorlash. 2. Xorijiy mamlakatlarda oʻtadigan koʻrgazmalarda koʻllar tizimining turistik salohiyatini targʻib qilish. | Doimiy | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
| 8. | Koʻllar tizimi hududida 97 va 98-sonli konturlarda suvda sayr qilish va choʻmilish hududlarini barpo etish. | 1. Choʻmilish hududi chegarasini belgilash va xavfsizlik choralarini koʻrish. 2. Suvda suzish qurilmalarini barpo etish. 3. Choʻmilish anjomlarining ijarasini tashkil etish. 4. Choʻmilish hududi qirgʻogʻiga soyabonlar oʻrnatish. 5. Yaxna ichimliklar, muzqaymoqlar va boshqa xizmat turlarini tashkil etish. | 2023 aprel | Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Jizzax viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Turizm ?a sport vazirligi |
| 9. | Avtotransportlar uchun avtoturargohlarni tashkil etish. | 1. Avtotransport vositalari uchun kamida 0,2 ga maydonda avtoturargohlarni tashkil etish. 2. Avtoturargoh atrofida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarni tashkil etish. | 2022-yil oktabr | Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
| 10. | Koʻllar tizimi hududida tozalash, sanitariya, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish. | 1. Har oyning oxirgi shanbasida sanitar tozalash tadbirlarini tashkil etish. | Doimiy | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Jizzax viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
| 2. Hudud atrofida iqlimga moslashuvchi daraxt va boshqa oʻsimlik turlarini ekish. | 2022-yil mart | ||||
| 11. | Koʻllar tizimi hududida infratuzilma bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 1. Forish tumani “Uchquloch” MFYdan Aydarkoʻl koʻligacha boʻlgan 10 km masofada elektr taʼminotining qoʻshimcha liniyalarini barpo etish. 2. Arnasoy tumani “Navroʻz” MFYda 1 dona qoʻshimcha transformator podstansiyasini oʻrnatish. 3. Koʻllar tizimi hududidan tanlangan 97 va 98-sonli kontur hududlariga toza ichimlik suv quvirini olib borish. 4. Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan elektrenergiya manbalarini qoʻllash choralarini koʻrish. | 2023-yil sentabr | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi |
| 12. | Xalqaro va respublika darajadagi madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish. | 1. Havaskorlik baliq ovlash sport tadbirlarini oʻtkazish. | Loyiha ishga tushgandan soʻng | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ |
| 2. Baydarkada suzish musobaqalarini oʻtkazish. | Doimiy | ||||
| 13. | Koʻllar tizimi hududida havo sharlarida ekskursiyalarni tashkil qilish, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti (“karavaning”) xizmatlari, “Baliqchilik” maktabi hamda “Zorbing-markaz” attraksionini tashkil qilish boʻyicha loyiha taklifini ishlab chiqish. | 1. Takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil sentabr | Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar |
| 2. Takliflar asosida belgilangan turistik-koʻngilochar obyektlarni tashkil qilish choralarini koʻrish. | 2022-yil avgust | ||||
| 14. | Maktab oʻquvchilari va talabalar uchun yozgi taʼtil davrida ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish va sayohatlar tashkil qilish. | Tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2022-yil sentabrdan boshlab doimiy | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
| 15. | Koʻllar tizimining turistik salohiyatini targʻib qilish boʻyicha reklama mahsulotlari (buklet, broshyura, video) tayyorlanishini, turistik tashkilotlar va OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etilishini taʼminlash. | 1. Koʻllar tizimining jozibadorligi toʻgʻrisida reklama va videoroliklar tayyorlash. | 2022-yil avgust | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
| 2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan targʻibot materiallari (buklet, broshyura va boshqalar)ni tayyorlash. 3. Turizm sohasi subyektlari va OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish. | 2022-yil sentabr | ||||
| 16. | Koʻllar tizimida baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish, ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlarini tashkil etish, turizmni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish. | 1. Baliq va baliq mahsulotlarini yetishtiruvchi investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish. | 2022-yil mart | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar direksiyasi |
| 2. Koʻllar tizimida turizmni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish. | 2022-yil aprel | ||||
| 17. | Koʻllar tizimining turizm salohiyatidan kelib chiqib, turpaketlar ishlab chiqish. | 1. Hududning turizm salohiyatini inobatga olgan holda, turpaketlar (maʼlum vaqtga moʻljallangan va toifalangan narxlarda) yaratish. 2. Turpaketlarni internet tarmoqlari hamda sayohat tashkil qiluvchi korxonalarga taqdim qilish. | 2022-yil sentabr | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
| 18. | Tashrif buyuruvchilar vaqtini samarali oʻ?kazish va mahalliy aholi daromadini oshirish uchun turli xizmatlarni tashkil qilish. | 1. Mahalliy aholini tadbirkorlikka jalb qilgan holda ovqatlanish, koʻngilochar, suvenir mahsulotlarini ishlab chiqishga jalb qilish. 2. Veloprokat, otda sayr qilish, baliq ovlash kabi xizmatlarni tashkil qilish. 3. Mahalliy aholi va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun xizmat sifatini oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. | 2022-yil sentabr | Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan | Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 19. | Koʻllar tizimi atrofidagi mahallalarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish. | 1. Mahallalarda targʻibot ishlarini amalga oshirish. 2. Tashabbuskorlar murojaatini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va amaliy ishlarda koʻmaklashish. | 2022-yil iyul | - | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
| 20. | Koʻllar tizimi hududida turizm obyektlari toʻgʻrisida oʻzbek, rus va ingliz tillarida maʼlumot beruvchi axborot koʻrsatkichlarini tashkil qilish. | 1. Axborot koʻrsatkichlarini umumiy koʻrinishini (dizayn) tayyorlash. | 2022-yil sentabr | Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm obyektlari va turistlarga koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi axborot koʻrsatkichlarini oʻrnatish. | 2023-yil mart | ||||
| 21. | Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlari atrofida plyaj hududlarini tashkil qilish maqsadida kamida 50 ga boʻsh yer maydonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrish. | 1. Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi boʻsh turgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi boʻsh turgan kamida 50 ga yer maydonida har tomonlama qulay boʻlgan hududdan ajratish choralarini koʻrish. | 2021 — 2023-yillar | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Kadastr agentligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ |
| 22. | Tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida, Aydarkoʻl suv havzasida tashkil etilishi mumkin boʻlgan investitsion loyihalarning loyiha pasporti va smeta xarajatlarini ishlab chiqish. | 1. “Aydarkoʻl” suv havzasiga tashkil etiladigan investitsion loyihalar roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxatga asosan loyiha pasporti, eskizlari hamda smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2021-yil avgust | Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 23. | Aydarkoʻl suv havzasidagi boʻsh yer maydonlari hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozlar haqida doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar va OAVlar orqali keng yoritib borish. | 1. “Aydarkoʻl” suv havzasidagi boʻsh yer-maydonlari roʻyxatini shakllantirish. | 2021-yil avgust | Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 2. Suv havzalarida hamda yengil konstruksiya (kemping, oʻtovli lagerlar, koptiner)lar bilan tashkil etiladigan obyektlar uchun beriladigan subsidiya va grantlar haqida doimiy ravishda OAVlarida yoritib borish. | 2021-yil sentabrdan boshlab doimiy | ||||
| 24. | Aydarkoʻl suv havzasida investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish. | 1. Xorijiy davlatlar elchixonalariga koʻllar tizimida tashkil etilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalarni taqdim etgan holda xorijiy investorlarni jalb qilish. 2. Mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish choralarini koʻrish. | 2022-yil noyabr | Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 25. | Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻogʻi atrofida koʻllar tizimi uchun tanlangan boʻsh yer maydonida elektr energiyasi, isteʼmol gazi hamda ichimlik suvi kabi manbalarini tashkil etish choralarini koʻrish. | 1. Maxsus loyiha instituti bilan birgalikda oʻrganish oʻtkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2022-yil yanvar | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Suv xoʻjalik vazirligi |
| 2. Elektr tarmoqlari uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish. | 2022-yil sentabr | ||||
| 3. Elektr tarmoqlarini taʼmirlash. | |||||
| 4. Mavjud transfarmatorlarni taʼmirlash va yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish. | |||||
| 5. Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan elektr energiya manbalarini qoʻllash choralarini koʻrish. | |||||
| 6. Markazlashgan ichimlik suvi nuqtasini tashkil etish. | |||||
| 7. Tadbirkorlik subyektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilishini taʼminlash. | 2023-yil iyun | ||||
| 26. | Aydarkoʻl suv havzasiga hamda sohil boʻyi dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish choralarini koʻrish. | 1. 4R-57 Konimex-Aydarkoʻl avtomobil yoʻlining 121 qismidan Aydarkoʻl hududiga olib boruvchi 10 km yoʻlini taʼmirlash choralarini koʻrish. 2. Nurota va Konimex tumanlaridan Aydarkoʻl suv havzasiga olib boruvchi ichki avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, shagʻal toʻkish va asfalt yotqizish. 3. Nurota va Konimex tumanlaridan Aydarkoʻl suv havzasigacha boʻlgan avtomobil yoʻllarda turistik yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish. | 2023-yil avgust | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Navoiy viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
| 27. | Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlari atrofida dam olish hamda plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish choralarini koʻrish. | 1. Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlarida plyaj turizmini rivojlantirish. 2. Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlarida plyaj turizmini rivojlantirish maqsadida xorijdan suv transport vositalari (karter, suv skuter va boshqalar)ni olib kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil iyun | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 28. | Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning Aydarkoʻl suv havzasi hududiga tashrif sonini oshirish hamda ularga bir qancha qulaylik yaratish maqsadida Aydar-Arnasoy suv havzasining Navoiy viloyati qismidan Jizzax viloyati qismiga qadar boʻlgan masofada kemada sayr qilish xizmatini tashkil etish hamda Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlarida yangi texnologiyalarga asoslangan turli hildagi suv transportlari uchun mini portlar tashkil qilish. | 1. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida suv marshrut reyslarini tashkil yetish maqsadida, Navoiy viloyatidan Jizzax viloyatigacha boʻlgan masofada suv sathini aniqlash. 2. Aydarkoʻl suv havzasida suv transportlaridan iborat mini portlar tashkil qilish. 3. Mazkur suv transportlarini Respublika hududiga olib kirish yuzasidan joriy qilingan imtiyozlardan keng foydalanish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish ishlarini olib borish. | 2023-yil iyun | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Transport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Jizzax viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 29. | Aydarkoʻl suv havzasiga tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy sayyohlarni uzoq muddat qolishlarini taʼminlash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida kechki madaniy-koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish. | 1. Aydarkoʻl suv havzasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda kechki madaniy-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish. 2. Havaskorlik baliq ovlash sport tadbirlarini oʻtkazish. 3. Suv sport musobaqalarini oʻtkazish. | 2022-yil iyul | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 30. | Aydarkoʻl suv havzasi atrofida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish va mavjudlarining holatini yaxshilash. | 1. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish nuqtalari roʻyxatini shakllantirish. | 2021-yil dekabr | Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan | Navoiy viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga boʻsh yer maydonlarini ajratish. | 2022-yil mart | ||||
| 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishini taʼminlash. | 2023-yil aprel | ||||
| 31. | Aydarkoʻl suv havzasi atrofida mavjud hamda tashkil etilayotgan dam olish maskanlarining “Turistik xaritasi”ni ishlab chiqish. | 1. Aydarkoʻl suv havzasi hududidagi obyektlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Turistik xaritaga tegishli maʼlumotlar bazasini kiritish. 3. Xaritani yaratish uchun namunaviy dizayn loyihasini ishlab chiqish va tayyorlash choralarini koʻrish. 4. Turistik xaritani elektron shaklini mutasaddi idoralarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish. | 2022-yil may | Turizm sohasini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 32. | Aydarkoʻl suv havzasi atrofida turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida chiqindi tashlash qutilari sonini koʻpaytirish ishlarini amalga oshirish. | Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida uning umumiy sigʻimini inobatga olgan holda chiqindi qutilar sonini belgilash va oʻrnatishni tashkil qilish. | 2022-yil mart | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, Navoiy viloyati hokimligi, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi |
| 33. | Aydarkoʻl suv havzasi atrofida internet sifatini yaxshilash hamda Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish choralarini koʻrish. | Suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida hamda qirgʻoq boʻyi sohillarida Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish hamda tezligini oshirish. | 2022-yil iyul | Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 34. | “Aydarkoʻl” suv havzasining turizm salohiyatini yoritib beruvchi videorolik, turli tillardagi targʻibot hamda tarqatma materiallari (flayer, buklet va hokazo)ni tayyorlash. | “Aydarkoʻl” suv havzasining turizm salohiyati hamda mazkur hududda mavjud dam olish maskanlari toʻgʻrisida vediorolik, turli tillardagi targʻibot hamda tarqatma materiallari (flayer, buklet va hokazo)ni tayyorlash. | 2022-yil dekabr | Turizm sohasini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 35. | Yuz berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tizimini qurish, mavjudlarini takomillashtirish, shuningdek yuz berishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oʻchirish uchun suv gidrantlari yoki suv hovuzlarini qurish va ularni jihozlash borasidagi vazifalarni belgilash. | 1. Hududda joriy holatni oʻrganish. 2. Tashkiliy ishlar rejasini, talab etiladigan mablagʻlar hajmini va amalga oshirish muddatlarini aniqlash. | 2021-yil avgust | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 36. | “Aydarkoʻl” suv havzasi boʻylab “kruiz” — suvda sayohat turlarini tashkil etish. | 1. Xorijiy va mahalliy tajribani oʻrgangan holda kruiz xizmatlarini tashkil etish yoʻnalishlarini belgilash; 2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda kemalarda sayohat tashkil etish choralarini koʻrish; 3. Tashkil etilgan kruizlarning keng targʻibotini amalga oshirish; 4. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining tanishtiruv sayohatlarini tashkil etish. | 2023 yil may | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 37. | “Abu Vakkos”, “Temir Darvoza”, “Zomin” milliy tabiat bogʻi, Nurota togʻ tizmalari, Xoji nuriddin madrasasi, “Aydarkul” koʻli manzillarini nazarda tutuvchi turizm mahsulotlarini ishlab chiqish. | 1. Tadbirkorlik subyektlari bilan yangi turizm mahsulotlarini ishlab chiqish; 2. Ishlab chiqilgan mahsulotlarni turizm sohasi subyektlari oʻrtasida keng targʻib qilish; 3. Marshrut boʻylab qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilishini shakllantirish; 4. Yangi marshrut boʻylab umumiy yoʻlovchi tashuvchi transport harakatlanishini yoʻlga qoʻyish. | 2022 yil may | - | Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Transport vazirligi |
| II. Toʻdakoʻl koʻli hududini rivojlantirish | |||||
| 38. | “Toʻdakoʻl” suv havzasi qirgʻoqlari atrofida turizm infratuzilmasini tashkil qilish uchun kamida 50 gektar boʻsh yer maydonini ajratish. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi har tomonlama qulay boʻlgan hududdan kamida 50 gektar boʻsh turgan yer maydonini ajratish choralarini koʻrish. | 2022 yil mart | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Kadastr agentligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 39. | “Toʻdakoʻl” suv havzasi qirgʻoqlari atrofida bir necha yillar avval aholiga ajratilgan yer maydonlaridan samarasiz foydalanilayotganlarini aniqlash hamda mazkur yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondiga qaytarish choralarini koʻrish. | “Toʻdakoʻl” suv havzasi qirgʻoqlari atrofida qonuniy va noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan va bir necha yillar avval fuqaroga ajratilgan mazkur yer maydonlarida hech qanday turizm obyekti qurilmaganlarini roʻyxatdan oʻtkazib mazkur yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondiga qaytarish va ularni lotlarga boʻlib “E-IJRO AUKSION” elektron tizimi orqali turizm sohasidagi tadbirkorlarga ajratish. | 2022 yil may | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Navoiy viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi |
| 40. | “Toʻdakoʻl” suv havzasi qirgʻoqlari atrofida turizm infratuzilmasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan boʻsh yer maydonlarini lotlarga boʻlib “E-IJRO AUKSION” elektron tizimi orqali tadbirkorlarga ajratish choralarini koʻrish. | Ajratilgan yer maydonini lotlarga boʻlib qisqa muddatlarda “E-IJRO AUKSION” tizimi orqali tadbirkorlarga ajratish va turistik infrastrukturani yaratish natijasida atrofdagi mahalliy aholini ish bilan taʼminlash hamda daromadini oshirish. | 2022 yil dekabr | Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Navoiy viloyati hokimligi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi |
| 41. | Toʻdakoʻl suv havzasi qirgʻogʻi atrofida tanlangan boʻsh yer maydonida elektr energiya, isteʼmol gazi hamda ichimlik suvi kabi manbalarini tashkil etish choralarini koʻrish. | 1. Elektr tarmoqlari uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish. 2. Elektr tarmoqlarini taʼmirlash. 3. Mavjud transformatorlarni taʼmirlash va yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish. 4. Markazlashgan ichimlik suvi nuqtasini tashkil etish. 5. Isteʼmol gazi uchun markaziy gaz taqsimlash punktini tashkil etish. | 2023 yil aprel | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 42. | Navoiy shahridan Toʻdakoʻl suv havzasiga olib boruvchi 4R-69 yoʻl qismidagi uzunligi 85 km yoʻlning qoplamasi holatini toʻliq yaxshilash choralarini koʻrish. | 1. Avtomobil yoʻllarini asfalt qilish. 2. Ichki koʻchalarni tekislash va shagʻal yotqizish. 3. Yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish. 4. Yoritgichlar uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish. | 2023-yil iyul | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Navoiy viloyat hokimligi |
| 43. | Toʻdakoʻl suv havzasi qirgʻoqlari atrofini sayyohlar tashrifi uchun qulay maskanga aylantirish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda qoʻshimcha xizmatlar (yengil konstruksiyali dam olish maskanlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va koʻngilochar maskanlar, ekstremal turizm xizmatlari)ni tashkil etish choralarini koʻrish. | 1. Toʻdakoʻl suv havzasida tashkil etiladigan loyihalar roʻyxatini shakllantirish. | 2022-yil may | Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Qurilish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 2. Loyihalarning smeta hujjatlari va proyektlarini ishlab chiqish. | 2022-yil iyul | ||||
| 3. Mazkur loyihalarni tashkil etish maqsadida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish. | 2022-yil oktabr | ||||
| 4. Loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini joriy etish. | 2022-yil dekabr | ||||
| 44. | Toʻdakoʻl suv havzasi qirgʻoqlarida yangi texnologiyalarga asoslangan turli hildagi suv transportlari mavjud mini port tashkil qilish. | Toʻdakoʻl suv havzasida suv transportlaridan iborat mini port tashkil qilish uchun mazkur suv transportlarini Respublika hududiga olib kirish yuzasidan joriy qilingan imtiyozlardan keng foydalanish hamda tadbirkorlarga mazkur imtiyoz haqida tushunchalar berish. | 2023 yil iyul | Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 45. | Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning Toʻdakoʻl suv havzasi hududiga tashrif sonini oshirish hamda ularga bir qancha qulaylik yaratish maqsadida mazkur hududda temir yoʻl stansiyalarini tashkil etish choralarini koʻrish. | Qiziltepa tumanining temir yoʻl stansiyasidan Buxoro viloyati temir yoʻl stansiyasiga qadar boʻlgan oraliqda Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidan oʻtuvchi stansiya tashkil qilish boʻyicha loyihalarning smeta hujjatlari va proyektlarini ishlab chiqish hamda uni qisqa fursatlarda amalga oshirish. | 2023 yil mart | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy viloyati hokimligi |
| 46. | Toʻdakoʻl suv havzasi qirgʻoqlari atrofida dam olish hamda plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish choralarini koʻrish. | 1. Plyaj turizmini rivojlantirish boʻyicha ijobiy sinovdan oʻtgan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish. | 2021-yil noyabr | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 2. Toʻdakoʻl suv havzasining oʻziga xosligini inobatga olgan holda hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib, plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2022-yil fevral | ||||
| 47. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi barcha dam olish maskanlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda 10 ga yaqin samarasiz faoliyat yuritayotgan katta va kichik davlat obyektlarini xususiylashtirish choralarini koʻrish. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi barcha qonuniy va noqonuniy dam olish maskanlarini inventarizatsiya qilish hamda samarasiz va foydalanilmasdan kelayotgan 10 ga yaqin katta va kichik davlat obyektlarini xususiylashtirish choralarini koʻrish. | 2022 yil iyul | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi |
| 48. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish va mavjudlarining holatini yaxshilash. | Sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish nuqtalari roʻyxatini shakllantirish. | 2022 yil oktabr | Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| Sanitariya-gigiyena shoxobchasini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga boʻsh yer maydonlarini ajratish. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishini taʼminlash. | 2023-yil mart | ||||
| 49. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida “Turizm xaritasi”ni ishlab chiqish. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etiladigan dam olish maskanlari roʻyxatini shakllantirgan holda xorijiy va mahalliy turistlarni oʻziga jalb qiluvchi innovatsion texnologiyalarga asoslangan yagona “Turizm xaritasi”ni joriy qilish hamda buning natijasida sayyohlarga bir qator qulayliklar yaratish. | 2023 yil noyabr | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 50. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil etilayotgan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida chiqindi tashlash qutilari hamda oʻrindiqlar oʻrnatish, sonini koʻpaytirish va yoʻlaklarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida uning umumiy sigʻimini inobatga olgan holda oʻrindiqlar hamda chiqindi qutilar sonini belgilash va oʻrnatish shuningdek velosipedda harakatlanish oson boʻlishi uchun maxsus yoʻlaklarni tashkil qilish. | 2022-yil oktabr | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Navoiy viloyati hokimligi, “Toza hudud” DUK |
| 51. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun hunarmandchilik mahsulotlari mavjud boʻlgan suvenir doʻkonlarini tashkil etish. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil qilingan dam olish maskanlarida sayyohlar gavjum boʻladigan nuqtalarida hunarmandchilik mahsulotlari mavjud boʻlgan suvenir doʻkonlarini tashkil etish. | 2023 yil aprel | Ijrochi va tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi |
| 52. | Mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida internet sifatini yaxshilash hamda Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish choralarini koʻrish. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil qilingan dam olish maskanlarida sayyohlar gavjum boʻladigan nuqtalarida hamda qirgʻoq boʻyi sohillarida Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish hamda tezligini oshirish. | 2022 yil iyul | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 53. | Navoiy shahridan Toʻdakoʻl dam olish hududiga olib boruvchi yangi yoʻnalishni tashkil qilish hamda Navoiy shahar avtoshohbe?atda mazkur yoʻnalishda qatnovchi avtotransport vositalari uchun boʻsh maydon ajratish choralarini koʻrish. | Navoiy shahridan Toʻdakoʻl dam olish hududiga kuniga ikki marta qatnaydigan yangi transport qatnovi yoʻnalishini tashkil qilish hamda avtoshoxbekatda mazkur yoʻnalish uchun alohida hudud ajratish. | 2022 yil noyabr | Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan | Transport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi |
| 54. | Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida velosiped yoʻlaklarini tashkil qilish, yoʻlaklar boʻylab tungi koʻcha yoritish tizimini oʻrnatish choralarini koʻrish. | Velosipedda harakatlanish uchun maxsus yoʻlaklarni tashkil qilish hamda ushbu yoʻlaklarda tungi yoritgichlarni oʻrnatish. | 2022 yil noyabr | Ijrochi mablagʻlari hisobidan | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Navoiy viloyati hokimligi |