1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega boʻlish va bekor qilinishi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-610-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 201-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“identifikatsiyalovchi ID-kartasi (bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir biografik va biometrik maʼlumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki chet davlat fuqarosiga yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxsga beriladigan hujjat”;
birinchi qismining “b” bandidagi “doimiy propiskadan oʻtgan” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “doimiy propiskada turganlik” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida kamida oʻn besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Ota-onasidan biri (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Oʻzbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida hamda mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin”;
4) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud ekanligini koʻrsatuvchi boshqa hujjat Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Quyidagilar oʻn olti yoshga toʻlmagan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma (bolaning tugʻilgan joyidan qatʼi nazar) — ota-onasidan birining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjud ekanligini koʻrsatuvchi pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki boshqa hujjati koʻrsatilganda;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma (bola Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilgan taqdirda) — fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlgan ota-onaning (yolgʻiz otaning yoki onaning) Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi koʻrsatilganda”;
5) 19-moddaning ikkinchi qismi “nazarda tutilgan shart” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilgan va yashab kelayotgan yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash toʻgʻrisidagi arizasi va arizaga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi soʻrovi boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin”;
“Ariza beruvchida uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda ariza beruvchiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ushbu Qonun 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi olib qoʻyilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, u oʻzining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻn besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar”;
12) 51-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi:
ichki ishlar organi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
konsullik muassasasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl hujjati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan bolaga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi”;
13) 55-modda 1-bandi birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “Kengashining” degan soʻz “Majlisi palatalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-iyun,
OʻRQ-696-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)