toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-610-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 201-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“identifikatsiyalovchi ID-kartasi (bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir biografik va biometrik ma’lumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki chet davlat fuqarosiga yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladigan hujjat”;
oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi qismining “b” bandidagi “doimiy propiskadan o‘tgan” degan so‘zlar “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “doimiy propiskada turganlik” degan so‘zlar “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
O‘zini O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida hamda mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin”;
4) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjat O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Quyidagilar o‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda”;
5) 19-moddaning ikkinchi qismi “nazarda tutilgan shart” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan va yashab kelayotgan yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismidagi “fuqaroligi olinganligi” degan so‘zlar “fuqaroligiga qabul qilinganligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “fuqaroligi olinganligi” degan so‘zlar “fuqaroligiga qabul qilinganligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 37-moddaning ikkinchi qismidagi “yashash joyidagi” degan so‘zlar “yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi)”;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “pasporti” degan so‘zdan keyin “yoki identifikatsiyalovchi kartasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi “pasport” degan so‘zdan keyin “yoki identifikatsiyalovchi karta” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 39-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi “pasport” degan so‘zdan keyin “yoki identifikatsiyalovchi karta” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshisi “pasporti” degan so‘zdan keyin “yoki identifikatsiyalovchi kartasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi arizasi va arizaga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi so‘rovi bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ariza beruvchida uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda ariza beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi”;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ushbu Qonun 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi olib qo‘yilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, u o‘zining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli”;
11) 45-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘n besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar”;
oltinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
12) 51-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi:
ichki ishlar organi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
konsullik muassasasi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yo‘l hujjati beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi”;
13) 55-modda 1-bandi birinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “Kengashining” degan so‘z “Majlisi palatalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-iyun,
O‘RQ-696-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)