Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 4-apreldagi 53-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2367, 2012-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 238-modda) bilan tasdiqlangan Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) organlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibini belgilaydi.”.
3. 4-bandning
birinchi xatboshisidagi “2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4 yoki 4a-ilovalariga” degan soʻzlar “2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3 yoki 4-ilovalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.