toggle_night_mode
Hujjat 17.06.1997 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VILOYATLAR VA TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur hujjatga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-dekabrdagi 568-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlarining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimini kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish va uning bozor usullariga asoslangan (zamonaviy tamoyillarini hayotga keng joriy etish, boshqarishning tarmoq tizimidan funksional tizimiga oʻtishni taʼminlash va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatida boshqarishning tarmoq tizimidan funksional tizimiga oʻtish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatlari tashkiliy tuzilmasi va masʼul xodimlarining cheklangan shtatlari soni 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va hukumat dasturlarini amalga oshirish, xalq xoʻjaligi tarmoqlarida islohotlarni chuqurlashtirish va xalq farovonligini oshirishni taʼminlash;
joylarda xoʻjalik yuritish shakllarini takomillashtirish, moliya va toʻlov intizomini mustahkamlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish;
qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining ijrosini taʼminlash;
vazirliklar, respublika idoralari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahalliy hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning ishini nazorat qilish.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tizimida Axborot-tahlil guruhlari tashkil etilsin va ularning ish faoliyati Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 16-apreldagi 199-son qaroriga muvofiq olib borilsin. Axborot-tahlil guruhi boshligʻi maqomiga koʻra hokimning oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot-tahlil guruhining tashkiliy tuzilmasi 3a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Axborot-tahlil guruhining asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilansin:
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tashkil etish, ularning tuman va shaharlarda oʻtkazilish monitoringini amalga oshirish;
Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish va ularning izchillik bilan amalga oshirilishini taʼminlash;
viloyat hokimiyati kotibiyatlari, guruhlari va boshqa boʻlinmalarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borishini tahlil qilish va muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasi va hokimiyat rahbariyatiga axborot berib turish.
7. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kotibiyatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
hududlarda oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan dasturlarning amalda bajarilishini taʼminlash;
hokimiyat muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarining hokim va uning oʻrinbosarlari koʻrib chiqishi uchun mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilishini tashkil qilish;
hokim va uning oʻrinbosarlari topshiriqlariga binoan hokimlikning qaror loyihalari va boshqa tegishli hujjatlarini tayyorlash;
yuqori tashkilotlar hamda hokimiyat qaror va farmoyishlarining mahalliy boshqaruv organlari va idoralari tomonidan oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash va hokimlikka tushgan axborot, taklif va mulohazalarni umumlashtirish.
8. Belgilab qoʻyilsinki, hokimliklar kotibiyatlarida tayyorlanadigan qarorlar loyihalari va hujjatlar Axborot-tahlil guruhi tomonidan albatta maʼqullangan boʻlishi kerak.
9. Viloyatlar va Toshkent shahrining hududiy komunal-foydalanish boshqarmalari boshliqlari maqomi boʻyicha, tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi toʻlash boʻyicha guruhlar jadvali va tarif razryadlari 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining ushbu masalaga oid avval qabul qilingan qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 17-iyun,
301-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga
1-ILOVA
Viloyat hokimliklarining tashkiliy
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga
2-ILOVA
Toshkent shahar hokimligining tashkiliy
TUZILMASI
 LexUZ sharhi
2-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-fevraldagi 82-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan.
 LexUZ sharhi
2-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 3-avgustdagi 303-sonli “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy-kadrlar xizmati maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan.
 LexUZ sharhi
2-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 455-sonli “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalari tuzilmasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan
2-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-apreldagi 147-sonli “Toshkent shahar qurilish kompleksini boshqarishni takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga
3-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparat masʼul xodimlarining cheklangan shtatlari
soni
Andijon‎

63‎

Buxoro‎

56‎

Jizzax‎

51‎

Qashqadaryo‎

63‎

Navoiy‎

56‎

Namangan‎

56‎

Samarqand‎

63‎

Surxondaryo‎

56‎

Sirdaryo‎

51‎

Toshkent‎

63‎

Fargʻona‎

63‎

Xorazm‎

56‎

Toshkent shahri‎

62‎

JAMI‎

759‎

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga
3a-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot-tahlil guruhining tashkiliy
tuzilmasi
Rahbar‎‎

— 1‎

Bosh mutaxassislar:‎‎

Quyidagi masalalar boʻyicha‎‎

— iqtisod‎

— 1‎

—‎ moliya

— 1‎

—‎ xususiylashtirish

— 1‎

—‎ chet el investitsiyalari‎

— 1‎

Yetakchi mutaxassislar:‎‎

Quyidagi masalalar boʻyicha:‎‎

— iqtisod‎‎

— 1‎ ‎

—‎ moliya‎

— 1‎ ‎

—‎ xususiylashtirish‎

— 1‎

—‎ chet el investitsiyalari ‎‎

— 1‎‎‎

Referent‎‎

— 1‎‎

Jami‎

— 1‎0‎

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga
4-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparat va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi toʻlash boʻyicha guruhlar
jadvali
Andijon‎

I‎

Buxoro‎*

II‎

Jizzax‎

III‎

Qashqadaryo‎

I‎

Navoiy‎

II‎

Namangan‎

II‎

Samarqand‎

I

Surxondaryo‎

II‎

Sirdaryo‎

III

Toshkent‎*

I‎

Fargʻona‎

I‎

Xorazm‎

II‎

Toshkent shahri‎

guruhdan tashqari‎

* Buxoro va Toshkent viloyati hokimliklarining hozirgi davrda ishlab turgan xodimlariga mehnat haqi toʻlashning oldingi razryadlari saqlab qolinadi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga
5-ILOVA
Viloyatlar hokimliklari tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan oʻzgartishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga asosan viloyatlar guruhlariga qarab mehnatga haq toʻlash boʻyicha
RAZRYADLAR

Guruhdan
‎tashqari‎

Birinchi
‎guruh‎

Ikkinchi
‎guruh‎

Uchinchi
‎guruh‎‎

Axborot -tahlil guruhi‎

18‎

17‎

16‎

15‎

Ishlar boshqaruvchisi‎

16‎

15‎

14‎

13‎

Kotibiyat mudiri‎

16‎

15‎

14‎

13‎

Guruh rahbari‎

16‎

15‎

14‎

13‎

Bosh mutaxassis‎

14‎

13‎

12‎

11‎

Yetakchi mutaxassis‎

13‎

12‎

11‎

10‎

Referent‎

12‎

11‎

10‎

9‎

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Viloyat va Toshkent shahar hokimliklarining xodimlari soni va taxminiy tuzilishi toʻgʻrisida” 1992-yil 7-fevraldagi 55-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 22-iyuldagi 371-son qarori 4-bandining 3 qismi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tarkibida xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 4-apreldagi 117-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 420-son qarorining 3-ilovasi.