Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son
qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
b)
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1997-yil 1-yanvardan boshlab, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar uchun markazlashtirilmagan eksportdan tushgan valyuta tushumining 30 foizi, uni birjadan tashqari valyuta bozorida savdoga albatta qoʻygan holda, vakil qilingan banklarga majburiy ravishda sotilishi belgilab qoʻyilsin”.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 18-martdagi 146-son qarorning
10-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy valyutaning ichki erkin muomalada boʻlishi uchun resurslarni koʻpaytirish toʻgʻrisida” 1994-yil 8-noyabrdagi 540-son qarorning
1-bandi.