toggle_night_mode
Hujjat 28.09.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Notariat toʻgʻrisida
I BOʻLIM. NOTARIAT FAOLIYATINING TASHKILIY ASOSLARI
1-bob. ASOSIY QOIDALAR
Keyingi tahrirga qarang.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notariat
Oʻzbekiston Respublikasida notariatning vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish yoʻli bilan himoya qilishni taʼminlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlarni ushbu Qonunga muvofiq davlat notarial idorasida ishlovchi yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar amalga oshiradi.
Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar idoralarining reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi.
Notariuslar boʻlmagan aholi punktlarida ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan notarial harakatlarni fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) amalga oshiradi.
Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining ushbu harakatlarni amalga oshirish vakolati berilgan mansabdor shaxslari amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notarius
Oʻzbekiston Respublikasida notarius lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan, davlat notarial idorasida yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius huzurida kamida bir yillik muddatli stajirovkani oʻtab, malaka imtihonini topshirgan, notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tayinlanadi. Bu talab ushbu Qonunning 1-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Notariusning oliy yuridik maʼlumotli stajyori va yordamchisi boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli davlat notarial idorasiga stajyor va yordamchini ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar orasidan stajyorni, shuningdek yordamchini mustaqil tarzda ishga qabul qilishga haqlidir.
Yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar uchun stajirovka muddati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan kamaytirilishi mumkin. Bunday hollarda stajirovka muddati olti oydan kam boʻlmasligi kerak. Stajirovkadan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Notariuslar davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanishidan qatʼi nazar, notarial harakatlarni amalga oshirishda teng huquqlarga va bir xil majburiyatlarga egadir. Notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya
Notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Litsenziya berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilab qoʻyiladi. Litsenziya berish rad etilganligi ustidan sudga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori olingan kundan boshlab bir oy ichida shikoyat qilish mumkin.
Litsenziya olgan, lekin uch yil mobaynida notarius lavozimida ish boshlamagan fuqaroning malaka imtihonini qayta topshirganidan keyingina notarius lavozimida ishlashiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Malaka va apellyatsiya komissiyalari
Stajirovkadan oʻtgan va notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya olish toʻgʻrisida belgilangan tartibda ariza bergan shaxslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qoshida tashkil etiladigan malaka komissiyasiga imtihon topshiradilar.
Malaka komissiyasining qarori ustidan shikoyatlar ushbu komissiyaning qarori manfaatdor shaxsning qoʻliga topshirilgan kundan boshlab bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi apellyatsiya komissiyasiga beriladi.
Malaka komissiyasining imtihonidan oʻta olmagan shaxslar ushbu komissiya qarori chiqqan kundan boshlab kamida bir yildan soʻng qayta imtihon topshirishga qoʻyiladi.
Malaka va apellyatsiya komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Notariusning mustaqilligi
Notarius oʻz faoliyatida mustaqil boʻlib, bu faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻi bilan amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuraturaning, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklashlar
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius:
Keyingi tahrirga qarang.
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
shartnomalar tuzishda vositachilik xizmati koʻrsatishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Davlat notarial idorasi. Notariuslarning maxsus unvonlari
Davlat notarial idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ochiladi va tugatiladi.
Davlat notarial idoralarida ishlaydigan notariuslarga qonun hujjatlariga binoan maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yuridik shaxsdir. U oʻz idorasiga ega boʻlish, bankda hisob-kitob varagʻi va boshqa hisobvaraqlar ochish, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarga ega boʻlish, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni toʻxtatish, tushgan daromadni tasarruf etish, sudda oʻz nomidan qatnashish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunda belgilangan tartibda tuziladigan notarial palataga birlashishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius taʼtilga chiqish va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarning barcha turini olish huquqidan foydalanadi. Notariusga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa tayinlash va toʻlash, uning davlat pensiya taʼminoti va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-8-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 37-38-son, 280-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik
Notariuslar notarial ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasdiqlaydigan qoidalarga muvofiq yuritadilar.
Davlat notarial idoralarining notariuslari, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar belgilangan buxgalterlik va statistika hisobotlarini yuritadilar, moliya va soliq organlariga budjetga toʻlanadigan soliqlarni hisoblash va ularni toʻlash bilan bogʻliq maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til
Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida davlat tili boʻlib oʻzbek tili hisoblanadi.
Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ning 6-bandi.
12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qogʻozlari
Notarius Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi aks ettirilgan, notarius ismi-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi va joylashgan manzili yoki davlat notarial idorasining nomi koʻrsatilgan shaxsiy muhri, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplari, shaxsiy ish qogʻozlari yoki davlat notarial idorasining ish qogʻozlariga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Notariuslarning kasbiy majburiyatlarini bajarishi ustidan nazorat
Notariuslarning oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. NOTARIAL IDORALAR TARMOGʻI, NOTARIUS LAVOZIMIGA TAYINLASH VA LAVOZIMDAN OZOD ETISH
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Davlat notarial idoralari tarmogʻi va shtatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat notarial idoralari tarmogʻi, ularning shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralarida notariuslardan biri katta davlat notariusi etib tayinlanadi va uning zimmasiga ushbu notarial idoraning maʼmuriy-tashkiliy ishlarini nazorat qilish vazifasi yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish tartibi. Notarius vakolatlarini berish va ularni bekor qilish
Notarius lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼsis etiladi va tugatiladi.
Notarial okrugdagi notariuslar lavozimining soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Notariusga muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning topshirigʻiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki tegishli adliya boshqarmasi tomonidan litsenziyasi boʻlgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov oʻtkazish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydi.
Davlat notarial idorasida ishlayotgan notarius bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius oʻz xohishi bilan zimmasidagi vakolatlarni soqit qiladi yoki uning vakolatlari quyidagi hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek sudning notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqlaridan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori asosida bekor qilinadi:
(15-moddaning beshinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan taqdirda — hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng;
qonunda belgilangan tartibda muomala layoqati cheklangan yoki muomala layoqatiga ega emas deb topilgan taqdirda;
qonun hujjatlarini buzgan, nosogʻligi tufayli (tibbiy xulosa boʻlsa) kasbiy majburiyatlarini bajarishining imkoniyati boʻlmagan taqdirda va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda litsenziya bergan organning iltimosnomasiga binoan.
Notariusning vakolatlari bekor qilingan taqdirda, tegishli adliya organi unda saqlanayotgan hujjatlarni boshqa notariusga topshirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab boʻlmaydi, uning ayrim harakatlarini belgilangan tartibda noqonuniy deb topish hollari bundan mustasno.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonunga muvofiq yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug)
Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga muvofiq belgilanadi. Tumanlarga boʻlingan shaharlarda tegishli shaharning butun hududi notarial xizmat koʻrsatish hududi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki tegishli adliya boshqarmasi sodir etilish joyi qonun hujjatlarida belgilangan notarial harakatlarni bajarish yuzasidan notarius oʻz vazifalarini amalga oshirishga haqli boʻlgan hududni belgilab beradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi aniq holatlarni hisobga olib, notariusning vakolatlari amal qiladigan hududni oʻzgartirishi mumkin. Koʻrsatilgan hudud doirasida notariusning oʻz ish joyi boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Har bir fuqaro yoki yuridik shaxs notarial harakatlarni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir, ushbu Qonunning 37, 44, 51, 52, 59, 62, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos boʻlmaydi.
Notarius mavjud boʻlmagan hududdagi vasiyat qiluvchi ogʻir kasal boʻlgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius oʻzi xizmat koʻrsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir.
3-bob. NOTARIUSNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI
17-modda. Notariusning huquqlari
Notarius quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Notariusning majburiyatlari
Notarius:
jismoniy va yuridik shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;
yuridik jihatdan bexabarlik jismoniy va yuridik shaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirishi;
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi;
notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonunchilik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda meros yoki hadya tartibida oʻtayotgan mol-mulkdan undiriladigan soliqni hisoblab chiqish uchun fuqarolarning mulkiga aylanayotgan mol-mulkning qiymati toʻgʻrisida soliq organiga maʼlumotnoma berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Notariusning javobgarligi
Davlat notarial idorasida ishlovchi yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etsa, shuningdek ushbu Qonun 18-moddasining yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotni soliq organlariga taqdim etmasa, belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius amalga oshirilgan notarial harakat haqidagi maʼlumotlarni qasddan oshkor qilgan boʻlsa yoki qonun hujjatlariga zid boʻlgan notarial harakatlarni amalga oshirgan boʻlsa, buning oqibatida yetkazilgan ziyonni sud qaroriga binoan qoplashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyatini sugʻurta qilish
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius oʻz faoliyatini sugʻurta qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart. Notarius sugʻurta shartnomasini tuzmasdan oʻz majburiyatlarini bajarishga haqli emas.
Sugʻurta summasi belgilangan eng kam oylik ish haqining yuz barobaridan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY TAʼMINOTI
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan koʻrsatilgan boshqa xizmatlar uchun haq toʻlash
Davlat notarial idorasida ishlovchi notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik hamda hujjatlardan nusxa (dublikat) berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiradi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida notarial shaklda boʻlishi majburiy qilib qoʻyilgan harakatlarni bajarganlik uchun xuddi shu harakatlarni davlat notarial idoralarida bajarganlik uchun olinishi nazarda tutilgan davlat boji miqdorlariga muvofiq tariflar boʻyicha haq undiradi.
Davlat boji haqidagi qonun hujjatlarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar ham, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ham notarial harakatlarni bajarganlarida, hujjatlar loyihalarini tuzganlarida, hujjatlarning nusxalarini berganlarida va boshqa texnik ishlarni bajarganlarida mazkur shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius notarial harakatni bajarish uchun oʻz ish joyidan tashqariga chiqqanida manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar uning amaldagi transport xarajatlarini qoplaydilar.
Notariusga murojaat qilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar bilan notarius oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilganligi uchun haq undirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Notarial faoliyatni mablagʻ bilan taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idoralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablagʻ bilan taʼminlanadi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning notarial harakatlarni amalga oshirganlik hamda huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar koʻrsatganlik uchun olgan pul mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa moliyaviy tushumlari uning faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbai hisoblanadi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan olingan pul mablagʻlari davlat budjetiga soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ajratmalar oʻtkazib boʻlingandan keyin notariusning mulkiga oʻtadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Depozit hisobvaraqlarda turgan pul mablagʻlari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning daromadi hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II BOʻLIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA OSHIRISH QOIDALARI
5-bob. NOTARIAL HARAKATLAR
23-modda. Davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar
Davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni tasdiqlaydi;
2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
4) mol-mulkni oʻzga shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyadi va taqiqni bekor qiladi;
5) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi;
8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
10) koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
16) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
18) pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi;
19) ijro xatlarini yozadi;
20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;
22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi.
Davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshiradi, mol-mulkni oʻzga shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish va meros mol-mulkni qoʻriqlash chora-tadbirlarini koʻrish bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
Aholi punktida notarius mavjud boʻlmagan taqdirda shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
2) ishonchnomalarni tasdiqlaydi, avtotransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
3) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
4) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi, maʼlumot haqidagi hujjat nusxalari bundan mustasno;
5) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi.
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalar
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi:
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar boʻlmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxslarning, ular oila aʼzolarining hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari va ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari va ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
(26-moddasi birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-56-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 39-son, 385-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiyatnomalar va ishonchnomalarni ushbu moddada aytib oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab qoʻyadigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni davlat notarial idorasiga berish
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar oʻzlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash uchun kechiktirmay yuborishlari shart.
Agar vasiyat qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki uning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydigan davlat notarial idorasiga yuboriladi.
Davlat notariusi saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib koʻrishi va uning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu xususda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasidagi uy-joylarni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
7) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;
9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan koʻchirmalar toʻgʻriligini shahodatlaydi;
10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;
11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
12) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;
14) ijro xatlarini yozadi;
15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi
Notariuslarning, notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH QOIDALARI
30-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish joyi
Notarial harakatlar notarial idora yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi joylashgan binoda amalga oshiriladi.
Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra davlat notarial idorasiga, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius huzuriga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Qonun hujjatlarida notarial harakatlar notarial idoralarning hamda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining binolaridan tashqarida amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
31-modda. Notarial harakatni amalga oshirish va toʻxtatib turish muddatlari
Notarial harakatlar haq toʻlanganidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
Notarial harakatni amalga oshirish qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur boʻlganida kechiktirilishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga eʼtiroz bor-yoʻqligini soʻrash zarur boʻlganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning talabiga koʻra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi toʻgʻrisida suddan maʼlumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va toʻxtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ning 10-bandi.
32-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsini aniqlash
Notariuslar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishilarning shaxsini aniqlaydi.
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsi uning shaxsiga nisbatan har qanday shubhalarni istisno etadigan pasporti yoki boshqa hujjatlariga asosan aniqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. Bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish
Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 4 — 5-bandlari.
34-modda. Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlarni imzolash tartibi
Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari yozib qoʻyilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Basharti notarial idoraning yigʻmajildlarida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlari tekshirilganligi haqida maʼlumotlar, imzolarining shaxsan murojaat qilingan vaqtda olingan namunasi boʻlsa va ularning imzolari haqiqiyligiga shubha tugʻilmaydigan boʻlsa, notarius bu mansabdor shaxslarning oʻzlari kelishini talab qilmasligi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 8-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
35-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan hujjatlarni, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlarni qabul qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial tasdiqlanadigan bitimlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi kerak, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, yuridik shaxslarning nomlari esa — ular organlarining manzillarini koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq yozilib, yashash joyi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Bir varaqdan ortiq boʻlgan hujjat ip oʻtkazib tikilgan, varaqlari raqamlangan va muhr bosib tasdiqlangan boʻlishi kerak.
36-modda. Tasdiqlovchi yozuvlarni yozish va guvohnomalar berish
Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi.
Merosga boʻlgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.
37-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish huquqini cheklashlar
Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek mazkur davlat notarial idorasining xodimlari yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning qoʻlida ishlovchi shaxslar nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
38-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish
Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
39-modda. Notarial harakat ustidan, notarial harakatni kechiktirish yoki uni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni notoʻgʻri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda davlat notarial idorasi yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
40-modda. Notarial harakatlarni roʻyxatga olish
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi. Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi.
Notariuslar ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning yozma arizasiga binoan notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrlaridan koʻchirmalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
41-modda. Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, tasdiqlovchi yozuvlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shakllari
Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, bitimlar va tasdiqlanuvchi hujjatlardagi tasdiqlovchi yozuvlarni roʻyxatga olish reyestrlarining shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
42-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.
Dublikatlarni berish ushbu Qonunning 6 va 40-moddalari talablariga rioya etgan holda bajariladi.
7-bob. BITIMLARNI TASDIQLASH
43-modda. Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitimlar
Notariuslar qonun hujjatlariga binoan notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qoʻyilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga koʻra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
44-modda. Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash
Roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yoki garovga qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga yoki garovga qoʻyuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Uy-joyni (uy-joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bogʻ hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshoot yoki imoratni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar shu mol-mulk joylashgan hududda tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasida garov bilan bogʻliq munosabatlar “Garov toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
45-modda. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
Notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilgan va ularning oʻzlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlaydi. Vasiyatnomalarni vakillar orqali tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish talab qilinmaydi.
46-modda. Vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
Notariuslar, vasiyatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza olingan taqdirda, shuningdek vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi yangi vasiyatnoma olingan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga va notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestriga bu xususda belgi qoʻyadi. Vasiyatnomani bekor qilish haqidagi arizaga qoʻyilgan imzo notarial shahodatlanishi lozim.
47-modda. Ishonchnomalarni tasdiqlash
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi.
Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi koʻrsatib qoʻyilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma boʻyicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur boʻlganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma boʻyicha berilganidan koʻproq huquqni qamrab olmasligi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Biroq vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qoʻyish, turar joyni va boshqa koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan bittasi notarial idoraning yigʻmajildlarida qoladi.
8-bob. MEROS MOL-MULKNING QOʻRIQLANISHIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR KOʻRISH, MEROSGA BOʻLGAN HUQUQ TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH
49-modda. Merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish
Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va ish joyi oʻziga maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni xabardor qilishi shart.
Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora maʼlum qilish yoki xabar berish yoʻli bilan ham merosxoʻrlarni chaqirishi mumkin.
50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qilish
Meros ochilgan joydagi notarius qonun hujjatlariga muvofiq merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
51-modda. Meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qilish
Meros ochilgan joydagi notarius qonun hujjatlariga muvofiq meros qoldiruvchining kreditorlaridan daʼvolarni qabul qiladi. Daʼvolar yozma ravishda bayon etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
52-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash
Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxoʻrlarning, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi.
53-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq berish
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida boʻlsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yigʻinining raisiga (oqsoqoliga) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrgan notarius yoki fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) meros ochilgan joydagi notarial idoraga koʻrilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk roʻyxatining nusxasini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
54-modda. Meros mol-mulkni roʻyxatga olish va uni saqlash uchun topshirish
Meros mol-mulkning qoʻriqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni roʻyxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxoʻrlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi.
Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar merosni qabul qilib olgunga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi. Davlat notarial idorasi boʻlmagan joylarda fuqarolarning tegishli oʻzini oʻzi boshqarish organi yuqorida koʻrsatilgan hollarda meros mol-mulk ustidan meros boshqaruvchisini tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik yoki yashirganlik uchun va merosxoʻrlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
55-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar, agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
56-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlarni toʻxtatish
Meros mol-mulkni qoʻriqlash merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, qonunda belgilab qoʻyilgan merosni qabul qilib olish muddati oʻtgunga qadar davom etadi.
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar toʻxtatilishi haqida merosxoʻrlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga oʻtsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni toʻlash
Notarius merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, davlatga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan:
meros qoldiruvchi kasal boʻlgan vaqt mobaynida unga qarab turish, shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish;
meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan fuqarolarni taʼminlash;
ish haqi boʻyicha daʼvolarni va ularga tenglashtirilgan daʼvolarni qanoatlantirish;
meros mol-mulkni qoʻriqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxoʻrlarni chaqirish haqidagi xabarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Qonunlarda meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
58-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish joyi va muddatlari
Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi.
Guvohnomalar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
59-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Merosni qabul qilib olish muddatini oʻtkazib yuborgan merosxoʻrlar merosni qabul qilib olgan boshqa barcha merosxoʻrlarning roziligi bilan merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar qatoriga kiritilishi mumkin. Bu rozilik merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilguniga qadar yozma ravishda bildirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma barcha merosxoʻrlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bogʻliq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin.
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilganligi haqida merosxoʻrlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi.
Mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtgan taqdirda merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga beriladi.
60-modda. Qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishning shartlari
Notarius qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishni soʻrab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun boʻyicha vorislikka chaqirish uchun asos boʻladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib koʻradi.
Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos boʻladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxoʻrlarning yozma roziligi bilan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin.
61-modda. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish shartlari
Notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yoʻqligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi.
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini ham aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Meros bilan bogʻliq munosabatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V boʻlimi bilan ham tartibga solinadi.
9-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUSHGA BOʻLGAN MULK HUQUQI TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH. MOL-MULKNI BOSHQA SHAXSGA OʻTKAZISHNI TAQIQLAB QOʻYISH VA TAQIQNI BEKOR QILISH
62-modda. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish
Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Uy-joyga (uy-joyning bir qismiga), kvartiraga, dala hovliga, bogʻ hovliga, garajga, shuningdek boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma shu mol-mulklar joylashgan yerdagi notarius tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
63-modda. Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berish
Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
64-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish qonunlarda belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10-bob. HUJJATLAR NUSXALARINING VA HUJJATLARDAN OLINGAN KOʻCHIRMALARNING TOʻGʻRILIGINI, IMZONING HAQIQIYLIGINI VA TARJIMANING TOʻGʻRILIGINI SHAHODATLASH
65-modda. Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini ushbu hujjatlar qonunga zid boʻlmagan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamda ularning nusxalari va ulardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash qonun bilan taqiqlanmagan holdagina shahodatlaydi.
Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
Fuqaroning hujjatdagi imzosi haqiqiyligi uning ish, oʻqish yoki yashash joyidagi notarius yoki korxona, muassasa, tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan shahodatlangan hollarda notarius fuqaro bergan hujjatning nusxasi toʻgʻriligini shahodatlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
66-modda. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini shahodatlash
Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning ish qogʻozida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash
Notarius mazmuni qonun hujjatlariga zid boʻlmagan hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi.
Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
68-modda. Tarjimaning toʻgʻriligini shahodatlash
Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
11-bob. FAKTLARNI TASDIQLASH
69-modda. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
70-modda. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
71-modda. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi.
72-modda. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-bob. JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING ARIZALARINI TOPSHIRISH. PUL SUMMALARI VA QIMMATLI QOGʻOZLARNI DEPOZITGA QABUL QILIB OLISH
Keyingi tahrirga qarang.
73-modda. Arizalarni topshirish
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. Arizalar topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo chektirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalarni uzatish uchun texnik vositalardan foydalanishga ketgan xarajatlarni notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs toʻlaydi.
Ariza bergan shaxsning iltimosiga koʻra unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
74-modda. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish
Notarius qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius pul summalari va qimmatli qogʻozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi boʻyicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshiradi.
Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi notarius qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
75-modda. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishi
Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
13-bob. IJRO XATLARI YOZISH
76-modda. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish
Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.
77-modda. Qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati
Ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar Roʻyxati”.
78-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari
Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
79-modda. Ijro xatining mazmuni
Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi;
undirib oluvchining nomi va manzili;
qarzdorning nomi va manzili;
Keyingi tahrirga qarang.
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan toʻlanishi kerak boʻlgan penya, foizlar;
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
notariusning muhri.
80-modda. Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati boʻyicha undirib olish tartibi
Ijro xati, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
Ijro xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati boʻyicha undirishni tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14-bob. VEKSELNI PROTEST QILISH. CHEKNI TOʻLOVGA TAQDIM ETISH VA CHEKNING TOʻLANMAGANLIGINI TASDIQLASH
81-modda. Vekselni protest qilish
Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonun hujjatlariga muvofiq protest qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
82-modda. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash
Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 814-moddasi.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi.
15-bob. HUJJATLARNI SAQLASH UCHUN QABUL QILIB OLISH VA ULARNI QAYTARIB BERISH
83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
84-modda. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlarni qaytarish
Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoxud sudning qarori boʻyicha qaytarib beriladi.
16-bob. DENGIZ PROTESTLARINI AMALGA OSHIRISH
85-modda. Dengiz protestlari haqidagi ariza
Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi.
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart.
86-modda. Dengiz protestlari haqida ariza berish muddatlari
Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak.
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak.
87-modda. Dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzish
Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi.
17-bob. CHET EL HUQUQI NORMALARINING QOʻLLANILISHI. XALQARO SHARTNOMALAR
88-modda. Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining qoʻllanilishi
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, xalqaro shartnomalarga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi.
Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
Keyingi tahrirga qarang.
89-modda. Meros mol-mulkni qoʻriqlash va merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish
Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qoʻriqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli boʻlgan mol-mulkni qoʻriqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga boʻlgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bogʻliq harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
90-modda. Chet elda amal qilishga moʻljallangan ishonchnomalar
Notarius tomonidan tasdiqlangan, chet elda amal qilishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnomalar ularni bergan shaxs tomonidan bekor qilinguniga qadar oʻz kuchida qoladi.
91-modda. Notariusning chet elda tuzilgan hujjatlarni qabul qilishi
Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
92-modda. Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan oʻzaro munosabatlari
Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan oʻzaro munosabatlari tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
93-modda. Xalqaro shartnoma
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida notarial harakatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-dekabr,
343-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2006-y., 39-son, 385-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son; 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son; 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)