toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Mahallabay” ishlash tizimi orqali 2021-2022-yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
2021-2022-yillarda Toshkent viloyatida “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish orqali har bir mahalla bilan manzilli ishlab “oʻsish nuqtalari”ni hayotga tatbiq etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Mahallabay” ishlash tizimi orqali 2021-2022-yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mahallabay ishlash asosida aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish;
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy oʻsishini taʼminlash;
mahalla pasportidagi mezonlar asosida “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratgan holda barcha mahallalarni “yashil” hududga oʻtkazish choralarini koʻrish.
“Temir daftar”ga kiritilgan 11,6 mingta oilaning 4,3 ming aʼzosini, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 40,7 ming nafar yoshlarni hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 37,7 ming nafar xotin-qizlarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, moddiy yordam berish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish.
2. Quyidagilar:
2021-2022-yillarda Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarining “oʻsish nuqtalari” (ixtisoslashuv yoʻnalishlari) 1-ilovaga muvofiq;
“Mahallabay” ishlash tizimi orqali 2021-2022-yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2021-yilda Toshkent viloyatida yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda mahalla pasportidagi mezonlar asosida aniqlangan “qizil” toifadagi mahallalarni, bir oy muddatda barcha mahallalarning “oʻsish nuqtalari” (ixtisoslashuv yoʻnalishlari)ni inobatga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin;
joriy yil 1-oktabrga qadar “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan oila va fuqarolarni ish bilan band qilish va ijtimoiy masalalardagi mavjud muammolarini toʻliq hal etish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov:
har haftada Toshkent viloyati hududlariga chiqib, “mahallabay” ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganib borsin;
shaharlar va tumanlarda doimiy ravishda “mahallabay” ishlash tizimining samarali ishlashini taʼminlasin;
Toshkent viloyati hokimi D.A. Xidoyatov bilan birgalikda har chorak yakuniga koʻra Toshkent viloyatining sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” ishlash tizimining samarali olib borilishiga qarab ularning oylik ish haqiga 50 foizgacha ragʻbatlantirish yoki jarima qoʻllash yuzasidan vakolatli organlarga taklif kiritib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi va Toshkent viloyati hokimligi yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritishi boʻyicha doimiy monitoring olib borsin hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Toshkent viloyati hokimi D.A. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-iyun,
337-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 337-son qaroriga
1-ILOVA
2021-2022-yillarda Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarining “oʻsish nuqtalari” (ixtisoslashuv yoʻnalishlari)

T/r

Hudud nomi

Oʻsish nuqtalari (ixtisoslashuv yoʻnalishlari)

1.

Nurafshon shahri

Sanoat (toʻqimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish materiallari), xizmat koʻrsatish, yengil sanoat, mashinasozlik.

2.

Olmaliq shahri

Sanoat (rangli va qora metallurgiya, qurilish materiallari, kimyo), kichik sanoat zonasi, qurilish,xizmat koʻrsatish.

3.

Angren shahri

Sanoat (kimyo, yoqilgʻi energetika), erkin iqtisodiy zona, xizmatlar (transport, savdo, aloqa va axborotlashtirish, umumiy ovqatlanish va h.k.).

4.

Bekobod shahri

Sanoat (metallurgiya, qurilish materiallari, tikuv-trikotaj), kichik sanoat zonasi, toʻqimachilik.

5.

Ohangaron shahri

Sanoat (oziq-ovqat, charm-poyabzal, qurilish materiallari), xizmat koʻrsatish (yoʻl infratuzilmasi), yengil sanoat.

6.

Chirchiq shahri

Sanoat (kimyo, toʻqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, charm, mashinasozlik, qurilish materiallari), kichik sanoat zonasi, xizmat koʻrsatish.

7.

Yangiyoʻl shahri

Sanoat (oziq-ovqat, toʻqimachilik va tikuvchilik, tibbiyot), kichik sanoat zonasi, xizmat koʻrsatish (yoʻl infratuzilmasi).

8.

Oqqoʻrgʻon tumani

Paxta-toʻqimachilik klasteri, paxta-gʻalla, sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirish, parrandachilik va bogʻdorchilik.

9.

Ohangaron tumani

Chorvachilik klasteri, turizm va yoʻl infratuzilmasi xizmati, sanoat (qurilish materiallari).

10.

Bekobod tumani

Meva-sabzavot va sholini qayta ishlash, chorvachilik, sanoat (toʻqimachilik, qurilish).

11.

Boʻstonliq tumani

Turizm xizmatlari, meva-sabzavotchilikva farmatsevtika, asalarichilik.

12.

Boʻka tumani

Paxta-toʻqimachilik klasteri, sabzavot va dukkakli mahsulotlar yetishtirish va qayta ishlash, xizmat koʻrsatish (yoʻl infratuzilmasi).

13.

Zangiota tumani

Sanoat (meva-sabzavot, oziq-ovqat, farmatsevtika, toʻqimachilik), issiqxona, logistika xizmati, qurilish materiallari.

14.

Qibray tumani

Meva-sabzavotchilik, issiqxona, sanoat (oziq-ovqatva yengil sanoat).

15.

Quyi Chirchiq tumani

Paxta-toʻqimachilik klasteri, baliqchilik, chorvachilik, goʻsht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, sholichilik, dukkakli mahsulotlarni yetishtirish.

16.

Parkent tumani

Uzumchilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, turizm, sanoat (farmatsevtika).

17.

Piskent tumani

Chorvachilik va parrandachilik, bogʻdorchilik va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, sanoat (toʻqimachilik), qurilish materiallari.

18.

Oʻrta Chirchiq tumani

Meva-sabzavotchilik, baliqchilik, sanoat (mebel), hunarmandchilik, kichik sanoat zonasi, turizm (Toshkent dengizi).

19.

Chinoz tumani

Paxta-toʻqimachilik klasteri, baliqchilik, xizmat koʻrsatish, yoʻl infratuzilmasi va meva-sabzavotlarni qayta ishlash.

20.

Yuqori Chirchiq tumani

Meva-sabzavotchilik, sanoat (qurilish, oziq-ovqat), issiqxona, kichik sanoat zonasi, chorvachilik.

21.

Yangiyoʻl tumani

Meva-sabzavotchilik, issiqxona va parrandachilik, sanoat (toʻqimachilik), kichik sanoat zonasi.

22.

Toshkent tumani

Meva-sabzavotchilik, sanoat (tikuv-trikotaj), uy-joy qurilishi.

Izoh. Toshkent viloyati hokimligi ushbu “oʻsish nuqtalari”ga (ixtisoslashuv yoʻnalishlariga) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 337-son qaroriga
2-ILOVA
“Mahallabay” ishlash tizimi orqali 2021-2022-yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Sarflanadigan mablagʻlar

Moliyalashtirish manbasi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

respublikadan

viloyatdan

I. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari

1.1.

Yangi kichik korxona va mikrofirmalar ta�kil etish hisobiga 10,5 mingta doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etish.

-

Tashabbuskorlar mablagʻlari

2021-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Savdo-sanoat palatasi

Viloyat hokimligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,

Davlat soliq boshqarmasi,

Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi,

Davlat xizmatlari agentligi boshqarmasi

1.2.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yoʻnaltirilgan dasturlar doirasida imtiyozli kreditlar ajratish.

677 mlrd soʻm

Tijorat banklari kreditlari

2021-yil davomida

“Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB,
AT Xalq banki

Viloyat hokimligi,

“Agrobank” ATB Toshkent viloyati filiali, “Mikrokreditbank” ATB Toshkent viloyati filiali,
AT Xalq banki Toshkent viloyati filiali

1.3.

Toshkent viloyatining 14 ta (Nurafshon shahrida 2 ta, Olmaliq shahri, Oʻrta Chirchiq, Toshkent, Ohangaron, Piskent, Qibray, Yangiyoʻl, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Boʻka, Quyi Chirchiq va Oqqoʻrgʻon tumanlarida 1 tadan) hududida kichik sanoat zonalarini kengaytirish, yangilarini tashkil etish va ish oʻrinlarini yaratish.

-

Mahalliy budjet mablagʻlari,

Tashabbuskorlar mablagʻlari

2021-2022-yillar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
“Hududgaztaʼminot” AJ,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Transport vazirligi,
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,
“Oʻzbektelekom” AK

Viloyat hokimligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi, “Hududgaz-Toshkent” gaz taʼminoti filiali,

“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

1.4

Boʻsh turgan 45 ta davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda “E-Ijro Auksion” elektron savdo maydonchasiga savdoga chiqarish choralarini koʻrish.

-

-

2021-yil davomida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Viloyat hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi

1.5.

6 188 ta faoliyat koʻrsatmayotgan kichik biznes subyektlari faoliyatini qayta tiklash.

-

Tashabbuskorlar mablagʻlari,

Tijorat banklari kreditlari

2021-yil davomida

Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi,

Davlat soliq boshqarmasi,

shahar va tumanlar hokimliklari

II. Aholi bandligini taʼminlash va ishsizlikni qisqartirish koʻrsatkichlarini taʼminlash boʻyicha

2.1.

2021-yilda Toshkent viloyatida yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi doirasida 76,5 mingta yangi ish oʻrinlarini yaratish.

-

Tashabbuskorlar mablagʻlari,

tijorat banklari kreditlari

2021-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Viloyat hokimligi, Bandlik boshqarmasi,

shaharlar va tumanlar hokimliklari

2.2.

32,0 ming vaqtincha ishlarni bajaruvchi shaxslarning oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtishi va elektron (qogʻoz) shakldagi maʼlumotnoma olishiga shart-sharoit yaratish.

-

Tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablagʻlari

2021-yil davomida

Davlat soliq qoʻmitasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Davlat soliq boshqarmasi,

Kadastr xizmati agentligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi,

Moliya bosh boshqarmasi

2.3.

5 529 nafar fuqarolarni kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirish.

2,2 mlrd soʻm

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

2021-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Viloyat hokimligi, Bandlik boshqarmasi,

shaharlar va tumanlar hokimliklari

2.4.

5 064 nafar ishsiz fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish.

30,3 mlrd soʻm

Jamoat ishlari jamgʻarmasi

2021-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Viloyat hokimligi, Bandlik boshqarmasi,

shaharlar va tumanlar hokimliklari

2.5.

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi tomonidan 18,3 mlrd soʻm mablagʻ ajratilshini taʼminlash.

18,3 mlrd soʻm

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

2021-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Viloyat hokimligi, Bandlik boshqarmasi,

shaharlar va tumanlar hokimliklari

2.6.

Aholi bandligini taʼminlash maqsadida Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali kreditlar ajratish.

2,9 mlrd soʻm

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

2021-yil davomida

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

“Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB,
AT Xalq banki

Viloyat hokimligi, viloyat Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

“Agrobank” ATB Toshkent viloyati filiali, “Mikrokreditbank” ATB Toshkent viloyati filiali,
AT Xalq banki Toshkent viloyati filiali

III. Uchta daftar bilan ishlash yuzasidan amalga oshiriladigan choralar

3.1.

11,6 mingta oilaning 4,3 ming aʼzosining muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, moddiy yordam berish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish.

-

Mahalliy budjet mablagʻlari, tijorat banki kreditlari,

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari

2021-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Viloyat hokimligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi

3.2.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 37,7 ming nafar xotin-qizlarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, moddiy yordam berish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish.

-

Mahalliy budjet mablagʻlari, tijorat banki kreditlari, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari

Doimiy ravishda

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Viloyat hokimligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi,

tumanlar hokimliklari

3.3.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 40,7 ming nafar yoshlarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, moddiy yordam berish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish.

-

Mahalliy budjet mablagʻlari, tijorat banki kreditlari, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari

Doimiy ravishda

Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi,

tijorat banklari,

shahar va tumanlar hokimliklari

IV. Viloyat mahalliy budjetiga daromadlar rejasini hamda qoʻshimcha tushumlar manbalarini taʼminlash boʻyicha

4.1.

Toshkent viloyatida foydalanilmayotgan, davlat zaxirasi hisobida turgan:

4 mln m3 sement xomashyosi;

9,3 mln m3 gʻisht xomashyosi;

16,9 mln m3 tabiiy pardozbop toshlar;

71 ming m3 keramzit xomashyosini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish boʻyicha choralar koʻrish.

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar

2021-2022-yillar davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishmaterillari” uyushmasi,

tijorat banklari

Viloyat hokimligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo boshqarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,
Qishloq hoʻjaligi boshqarmasi

4.2.

Sholi va dukkakli don mahsulotlari yetishtiruvchi dehqon va fermer xoʻjaliklariga ajratilgan yer konturlarini aniqlashtirib, ulardan olinadigan hosil miqdorini aniqlash orqali olingan daromadlarga soliq solish.

Baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklar egallab turgan maydoniga nisbatan belgilangan normativ asosida olinadigan mahsulot miqdorini aniqlash orqali olingan daromadga soliq solish.

-

-

Doimiy ravishda

Davlat soliq qoʻmitasi,

Kadastr agentligi, Moliya vazirligi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Davlat soliq boshqarmasi,

Kadastr boshqarmasi

Moliya bosh boshqarmasi,

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

4.3.

Avtomobillarga siqilgan gazni quyib sotish shoxobchalari tomonidan soliq majburiyatlari toʻliq bajarilishini nazoratga olish hisobiga aksiz soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanishi va undirilishini taʼminlash.

-

-

Doimiy ravishda

Davlat soliq
qoʻmitasi

Davlat soliq bo�qarmasi

4.4.

Faoliyat yuritmayotgan va nul hisobot topshirayotgan korxonalar faoliyatini oʻrgangan holda ularning faoliyatini qonuniylashtirish.

-

-

Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasigacha

Davlat soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi

Davlat soliq boshqarmasi,
Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi

4.5.

Noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar tomonidan soliq hisobotlarida qazib olingan mahsulotlar hajmini yashirganlik holatlarini aniqlash hamda budjetga qoʻshimcha mablagʻlarni undirish.

-

-

Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasigacha

Davlat soliq qoʻmitasi,

Davlat geologiya qoʻmitasi,

Kadastr agentligi

Davlat soliq boshqarmasi,

Davlat geologiya qoʻmitasining Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining mintaqaviy inspeksiyasi,
Kadastr boshqarmasi

4.6.

Soliq toʻlovchilarning tushumlari bankka kirim qilinishini taʼminlash uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa oʻrnatish choralarini koʻrish.

-

-

Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasigacha

Davlat soliq qoʻmitasi

Viloyat hokimligi,

Davlat soliq boshqarmasi,

shahar va tumanlar hokimliklari

V. Viloyatdagi mavjud tabiiy resurslar, xomashyo bazalari va ish kuchidan samarali foydalanish boʻyicha

5.1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash yoʻnalishida

5.1.

Boʻka tumanida faoliyat yurituvchi “Ipoteka-bank” ATIB mijozi “BOʼKA BALIQ” MChJ loyiha qiymati 9,5 mlrd. soʻmlik (bank krediti — 500 mln soʻm), Quyi Chirchiq tumanidagi “OGONYOK CLUSTER” MChJ tomonidan loyiha qiymati 1,5 mlrd soʻmlik
va “Mazzali agro product” MChJ tomonidan loyiha qiymati
50,0 mlrd soʻmlik hamda Oʻrta Chirchiq tumanida “TM ASLANBEK” MChJ QK tomonidan loyiha qiymati 300 ming AQSh dollarlik (xorijiy investitsiya) goʻsht va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan loyihalarni amalga oshirish orqali 10,0 ming tonna goʻshtni qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish, viloyatning qayta ishlash darajasini 23,1 foizdan 30 foizga yetkazish.

64 150 mln soʻm,

shundan
60 500 mln soʻm oʻz mablagʻi,
500 mln soʻm bank krediti va 300 ming dollar xorijiy investitsiya

Tijorat banklari kreditlari,

xorijiy investitsiyalar,

tashabbuskorlar mablagʻlari

Yil davomida

(tarmoq jadvali asosida)

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
“Ipoteka-bank” ATIB

Viloyat hokimligi,

Investitsiyalar
va tashqi savdo boshqarmasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,
tegishli tuman hokimliklari

5.2.

Chirchiq shahrida “Sanoat-qurilishbank” ATB mijozi “DONG DA” MChJ XK tomonidan 21,3 mlrd soʻmlik (300,0 mln soʻm oʻz mablagʻi va 2,0 mln AQSh dollarlik xorijiy investitsiya) va “KARA DERI” MChJ tomonidan 3,8 mlrd soʻmlik (681,0 mln soʻm oʻz mablagʻi va 300 ming AQSh dollarlik xorijiy investitsiya) 5 ming dona terini qayta ishlash va tayyor charm mahsulotini ishlab chiqarishni tashkil etish (50 ta yangi ish oʻrni yaratish).

25 131 mln soʻm, shundan 981 mln soʻm oʻz mablagʻi,
2,0 mln doll xorijiy kredit
va 300 ming doll. xorijiy investitsiya

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Yil davomida

(tarmoq jadvali asosida)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

“Sanoatqurilishbank” ATB

Viloyat hokimligi,

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,

Chirchiq shahar hokimligi

5.3.

30,0 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish va meva-sabzavotni qayta ishlash darajasini 27,2 foizdan 30,0 foizga yetkazish, jumladan:

Yangiyoʻl shahrida “YANGIYO'L LOGISTIK” MChJ tomonidan loyiha qiymati 1,6 mlrd. soʻmlik, Nurafshon shahrida “FOOD AGRO COMPANY BB” MChJ XK tomonidan loyiha qiymati
20,4 mlrd. soʻmlik (xorijiy investitsiya 1,4 mln AQSh dollari), Zangiota tumanida “EURO FOOD TRADE” MChJ tomonidan loyiha umumiy qiymati 12,9 mlrd soʻm (oʻz mablagʻi), Yuqori Chirchiq tumanida ATB “Qishloq qurilish bank” mijozi “Eko Agro Produkt” FX tomonidan loyiha umumiy qiymati 9,3 mlrd soʻmlik (bank krediti 6,9 mlrd soʻm) va Parkent tumanida “Parkent Shampan Sharob” MChJ tomonidan loyiha qiymati 1,2 mlrd soʻmlik va “AFADI-FRUKT” MChJ tomonidan loyiha qiymati 1,0 mlrd soʻmlik loyihalarni amalga oshirish

46,4 mlrd soʻm, shundan

24,9 mlrd soʻm

oʻz mablagʻi, 6,9 mlrd soʻm bank krediti va 1,4 mln doll xorijiy investitsiya

Tashabbuskorlar mablagʻlari tijorat banki kreditlari,

Yil davomida

(tarmoq jadvali asosida)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

ATB “Qishloq qurilish bank”

Viloyat hokimligi,

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,
shaharlar va tuman hokimliklari

5.4.

Bekobod shahrida “Bekobod white milk” MChJ tomonidan
1,0 mlrd soʻmlik (bank krediti 600 mln soʻm) va Boʻstonliq tumanida “Eko Kofe Lazzat” MChJ tomonidan loyiha qiymati 2,0 mlrd soʻmlik sutni qayta ishlash yoʻnalishida loyihalarni ishga tushirish orqali sutni qayta ishlashni 11,7 foizdan 15 foizga yetkazish.

3,0 mlrd soʻm, shundan
2,4 mlrd soʻm oʻz mablagʻi, 600 mln soʻm bank krediti

Tashabbuskorlar mablagʻlari tijorat banklari kreditlari,

xorijiy investitsiya,

Yil davomida

(tarmoq jadvali asosida)

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Qishloq hoʻjaligi vazirligi,

“Milliybank” AJ

Viloyat hokimligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi,

shaharlar va tuman hokimliklari

5.2. Sanoat mahsulotlari zaxirasidan foydalanish yoʻnalishida

5.5.

Zaxirasi aniqlangan 253,7 mln tonna sement xomashyosi, 118,1 mln m3 gʻisht xomashyosi, 54,4 mln m3 yerlarning melioratsiyasi uchun suglinok, 47,3 mln m3 qum-shagʻal aralashmasi, 34,3 mln m3 tabiiy qoplamabop toshlar, 3,1 mln tonna ohaktosh, 2,8 mln m3 qurilish toshlari, 71 ming m3 keramzit xomashyosi, 3,7 mln m3 shisha xomashyosini qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish.

-

Tashabbuskorlar mablagʻlari,

tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar

2021-2022-yillar davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi,
“Oʻzsanoatqurilish materiallari” uyushmasi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

tijorat banklari

Viloyat hokimligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi

5.6.

Ohangaron tumanida:

1. “Xin Lei” MChJ XK tomonidan sement va sement asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish (300 ta ish oʻrni yaratish);

1. 2 100 mlrd soʻm, shundan 200,0 mln dollar xorijiy investitsiya

Tashabbuskorlar mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar,

tijorat banklari krediti

2021-2022-yillar davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilish materiallari” uyushmasi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi,
AT “Aloqa bank”

Viloyat hokimligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi,

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi

2. “Axangaran sigma cement” MChJda sement va sement asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish (450 ta ish oʻrni yaratish);

2. 1 260 mlrd soʻm, shundan 120 mln dollar xorijiy investitsiya

3. “Toshkent Yasin sement” MChJda sement va sement asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish (200 ta ish oʻrni yaratish).

3. 1365 mlrd soʻm, shundan 120 mln dollar xorijiy investitsiya

5.7.

Angren shahrida “Angren Insulation” MChJ QK tomonidan kvars qumidan mineral plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish
(300 ta ish oʻrni yaratish).

171,1 mlrd soʻm, shundan 9,0 mln dollar xorijiy investitsiya

Tashabbuskorlar mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar

2021-2022-yillar davomida

Iqtisodiy taraqqiyot

vazirligi,

“Oʻzsanoatqurilish materiallari” uyushmasi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi

Viloyat hokimligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

5.8.

Olmaliq shahrida “Sheng Tang Industrial” MChJ tomonidan gips va gips bloklar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish
(36 ta ish oʻrni yaratish).

23,5 mlrd soʻm

Tashabbuskor mablagʻlari

2021-2022-yillar davomida

Iqtisodiy taraqqiyot

vazirligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi,
“Oʻzsanoatqurilish materiallari” uyushmasi

Viloyat hokimligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

5.9.

Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali yoʻl boʻyi infratuzilmasi obyektlarini barpo etishni ragʻbatlantirish maqsadida “NUBLOT GAS” MChJ tomonidan belgilangan tartibda 3,4 mlrd soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlab berilganligi, 12 mlrd soʻm miqdorda investitsiya kiritgan holda loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilish ishlari amalga oshirilganligi va tegishli asbob-uskunalar oʻrnatilganligini inobatga olib “NUBLOT GAS” MChJga Toshkent tumani Yunusobod qishlogʻi hududida 3,05 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish (25 ta ish oʻrni yaratish).

15,4 mlrd soʻm

Tashabbuskor mablagʻlari

2021-yil iyun

Kadastr agentligi,
Qurilish vazirligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Viloyat hokimligi,

Kadastr boshqarmasi, Qurilish boshqarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

5.10.

Chinoz tumanida “Tosh saralash biznes” MChJ tomonidan Noruda foydali qazilmalarni (qum-shagʻal aralashmasi, щeben) qayta ishlash loyihasini amalga oshirish (20 ta ish oʻrni yaratish).

10,4 mlrd soʻm

Tashabbuskor mablagʻlari

2021-2022-yillar davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

“Oʻzsanoatqurilish materiallari” uyushmasi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi

Viloyat hokimligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

5.11.

Oʻrta Chirchiq tumanida “Bahtiyor-Savdo” MChJ tomonidan gʻisht ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish
(30 ta ish oʻrni yaratish).

33,6 mlrd soʻm, shundan
3,2 mln dollar xorijiy investitsiya

Tashabbuskor mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar

2021-2022-yillar davomida

Iqtisodiy taraqqiyot

vazirligi, “Oʻzsanoatqurilish materiallari” uyushmasi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi

Viloyat hokimligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo boshqarmasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 337-son qaroriga
3-ILOVA
2021-yilda Toshkent viloyatida doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI

T/r

Tuman (shahar)
nomi

2021-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish

shu jumladan:

Yangi ish oʻrinlarini tashkil etish

shundan:

Aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar

shundan:

Investitsiya loyihalari va ijtimoiy infratuzilma hisobiga

shundan:

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga

shundan:

Ishsizlarni boʻsh va zaxira ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hisobiga

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholi bandligiga koʻmaklashish uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya, nafaqalar va mikrokreditlar ajratish hisobiga

Hududiy investitsiya (sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi) loyihalarini amalga oshirish hisobiga

Tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga

Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga

Yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun
yer maydonlarini ajratish va yangi ish oʻrinlarini yaratish hisobiga

Jami:

76 462

42 814

24 068

18 576

4 906

586

18 746

10 500

8 246

33 648

20 090

13 558

1.

Nurafshon shahar

2 902

1 414

926

748

154

24

488

357

131

1 488

713

775

2.

Chirchiq shahar

3 584

1 938

770

513

250

7

1 168

530

638

1 646

1 103

543

3.

Angren shahar

3 905

2 159

1 180

886

273

21

979

540

439

1 746

1 149

597

4.

Bekobod shahar

3 458

1 924

1 273

1 192

52

29

651

354

297

1 534

953

581

5.

Olmaliq shahar

2 820

1 252

429

299

100

30

823

452

371

1 568

1 104

464

6.

Ohangaron shahar

2 474

1 701

1 220

1 074

141

5

481

372

109

773

353

420

7.

Yangiyul shahar

2 853

1 834

1 027

930

88

9

807

404

403

1 019

657

362

8.

Bekobod tumani

3 767

2 421

1 705

1 626

73

6

716

394

322

1 346

744

602

9.

Boʻka tumani

2 671

1 193

486

310

169

7

707

538

169

1 478

986

492

10.

Boʻstonliq tumani

3 605

2 006

720

601

109

10

1 286

474

812

1 599

965

634

11.

Zangiota tumani

4 168

2 769

965

577

367

21

1 804

964

840

1 399

857

542

12.

Qibray tumani

4 381

2 595

1 245

903

328

14

1 350

738

612

1 786

1 134

652

13.

Quyi Chirchiq tumani

4 115

2 376

1 625

1 483

136

6

751

443

308

1 739

1 147

592

14.

Oqqoʻrgʻon tumani

3 474

1 533

866

754

78

34

667

431

236

1 941

1 024

917

15.

Ohangaron tumani

4 330

3 215

2 718

1 232

1 443

43

497

333

164

1 115

684

431

16.

Parkent tumani

4 128

2 606

1 856

1 687

133

36

750

410

340

1 522

744

778

17.

Pskent tumani

3 013

1 325

894

744

105

45

431

305

126

1 688

710

978

18.

Toshkent tumani

2 859

1 615

556

330

178

48

1 059

565

494

1 244

754

490

19.

Oʻrta Chirchiq tumani

3 118

1 413

699

459

189

51

714

450

264

1 705

1 022

683

20.

Chinoz tumani

3 402

1 541

862

649

159

54

679

420

259

1 861

1 146

715

21.

Yuqori Chirchiq tumani

3 414

1 830

892

708

150

34

938

498

440

1 584

1 053

531

22.

Yangiyoʻl tumani

4 021

2 154

1 154

871

231

52

1 000

528

472

1 867

1 088

779

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2021-y., 09/21/337/0512-son, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)